Murodulla mirzaev
XYI–XYIII asrlarda Usmoniylar madaniyati
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
XYI–XYIII asrlarda Usmoniylar madaniyati
Usmoniylar davlatida falsafa diniy va dunyoviy qarashlar o'rtasidagi raqobat bilan xarakterlanadi. Mamlakat madrasalarbda dunyoviy fanlarni o'qitish juda yomon ahvolda bo'lib, darslar asosan diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotni o'z ichiga olgan shariat va fiqh fanlari bilan cheklangan edi. XYII asrdan Yevropaning ilg'or g'oyalari ta'siri ostida yirik shaharlar, asosan Istambulda dunyoviy fanlarni rivojlantirishga harakat boshlangan. O'z davrining ilg'or kishilari – sivaslik Abdulmajid Nuri kabilar madrasalarda dunyoviy bilimlarni ham o'qitish tarafdorlari bo'lib chiqqan. Shunday kishilarning tashabbusi va ta'siri tufayli mamlakatdagi mavjud diniy jaholatga qaramasdan, dunyoviy bilimlar sohasida ham olimlar yetishib chiqqan. Ulardan biri buyuk olim Koshib Chalabiydir (1609 –1657 yy). U o'zining “Eng to'g'risini topish uchun haq tarozisi” nomli asarida dunyoviy bilimlarning ahamiyatini va diniy mutaassiblikning salbiy tomonlarini ochib berishga harakat qilgan, tarix, geografiya va manbashunoslikka bag'ishlangan yuzlab asarlar yaratgan. Matematika va astronomiya sohasida Xizir Xalifa Tabariy, Mulla Mehmet Chalabiy, Koshipzoda Mustafo kabi olimlar barakali faoliyat ko'rsatgan. Bu davrda turk adabiyotida ham o'ziga xos faollik kuzatilib, yirik asarlar yaratilgan. Shulardan Avliyo Chalabiyning (1682-yili vafot etgan) “Sayohatnoma” asari tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega. Tarixiy yo'nalishdagi shunday asarlardan yana biri Sulton Ibrohim I kotibi Koch Bekning “Risola” nomli asaridir. Asarda davlat xazinasi va soliqlar tizimi to'g'risida batafsil ma'lumot berilgan. Fan va adabiyotdagi ba'zi yutuqlarga qaramasdan XYII asrdagi siyosiy va iqtisodiy inqiroz barcha sohaga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Inqiroz, ayniqsa adabiyot va me'morchilikda yaqqol ko'zga tashlangan. XYII asr oxiriga kelib fors va arab tilining ta'siri tufayli adabiyot turk xalqi uchun tushunarsiz holga keladi. Tilni “tozalash” uchun qilingan ko'plab harakatlardan so'ng “Usmoniycha” deb nomlangan adabiyot yaratilgan. Me'morchilikda ham XYII asr oxiri-XYIII asr boshlarida tushunarsiz, milliylikdan yiroq bo'lgan uslublar yaratilgan. Vaholanki, XY–XYII asrlarda turk me'morlari buyuk tarixiy obidalar yaratganiga tarix guvoh. Ayniqsa XYI asrning buyuk me'mori Sinon o'zining betakror binolari bilan turk me'morchiligi rivojiga katta hissa qo'shgan. Boburiylarning Dehli, Laxur va Agradagi saroylari turk me'morlari tomonidan bunyod etilgan edi. Sinon Osiyoda birinchi bo'lib binolar qurilishida “barokko” uslubini qo'llagan usta edi. Undan so'ng me'morboshi lavozimida ishlagan Dalgich Ahmad va Sadafkar Mehmet og'alar ham Sinonning ilg'or g'oyalarini davom ettirgan, uning uslubida binolar qurdirgan. Ular Istambuldagi Sulton Ahmad I jome masjidini va “Yangi jome” ni bunyod etganlar. XYII asr turk me'morchiligining ajoyib namunalari sifatida sultonning To'pqopi saroyidagi Bag'dod va Ravon ko'shklarini ham aytib o'tish lozim. Bu binolarning ustasi o'sha davrdagi me'morboshi Hasan Og'a bo'lgan. XYI–XYII asrlarda Usmoniylar imperiyasida naqqoshlik va miniatyura san'ati ham yaxshi rivojlanadi. Naqqoshlikda bezak vositasi sifatida asosan miniatyura rasmlaridan va yozuvlardan foydalanilgan. XYI asr oxiri – XYII asr boshlarida yashagan mashhur naqqosh va xattot Naqqosh Usmon ayniqsa, bu san'atning rivojiga katta hissa qo'shgan. U o'zining “Hunarnoma” va “Surnoma” kabi asarlarida bu san'at sirlari haqida batafsil fikr yuritadi. Uning bu ikki asarida 600 ga yaqin risolasi jamlangan. Yevropa va arab madaniyatlari qanchalik ta'sir etmasin, XYI–XYIII asrlardagi turk madaniyati asosan milliylik va o'ziga xoslikni saqlab qola olgan. Ammo yuqorida aytilganidek, imperiyada boshlangan siyosiy va iqtisodiy inqiroz madaniyat rivojiga ham ta'sir etmasdan qolmagan. Usmoniylar imperiyasi yangi davr boshlarida ham mintaqaning eng kuchli harbiy-feodal davlati bo'lib qolayotgan edi. Ammo Yevropa davlatlarining jadal iqtisodiy taraqqiyoti ularning harbiy-texnik imkoniyatlarini ham oshirdi va bu hol Turkiyaning siyosiy mavqeiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Natijada islohotlar uchun qilingan qator urinishlarga qaramasdan, XYII asrda boshlangan inqiroz holatini yengib o'tishning iloji bo'lmagan. XYIII asrning oxiriga kelib, inqiroz imperiya hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan. Abdullaxon II vafotidan keyin Buxoroda hokimiyat uchun kurash avj olib ketadi. Bundan foydalangan Eron Mashhad va Hirot shaharlarini to'la o'z tasarrufiga kiritadi. 1598-yilda hukmronlik ashtarxoniylar sulolasi vakili Boqi Muhammad qo'liga o'tganidan keyin vaziyat o'nglana boshlaydi. 1602-yili u Istanbulga elchi jo'natib, Xurosonni qaytarib olish uchun harbiy yordam so'raydi. Sulton Mehmed III Buxoroga elchilar orqali 20 dona to'p va sovg'a-salomlar jo'natadi. Keyinroq Sulton Murod IY (1609-1640 yy) ham Buxoro xoni Imomqulixonga elchi yuborib, Eronga qarshi kurashda hamkorlikka chaqiradi. Buxoro hukmdorlari Nadir Muhammadxon (1642-1645 yy), Abdulazizxon (1645-1680 yy), Subhonqulixon (1680-1702 yy) davrlarida ham o'zaro munosabatlar barqaror davom etgan. Masalan, 1690-yilda Subhonqulixon Istanbulga elchi jo'natadi. Usmoniylar davlati ham 1691-yili Mustafo Chovush boshchiligidagi elchilarini Buxoroga jo'natadi. Subhonqulixon vafotidan keyin taxtga chiqqan o'g'li Ubaydullaxon (1702-1711 yy) ham 1707 yili Xo'ja Amin boshchiligidagi elchilarini Sulton Ahmad III huzuriga jo'natadi. Yo'llangan maktubda qalmoqlarga qarshi kurashda hamkorlik qilish so'ralgan edi. Usmonli sultoni xat uchun minnatdorlik bildirib, “bizlar bir-birimizning yordamimizga muhtojmiz” deb ta'kidlaydi. Ubaydulloxondan keyin taxtga chiqqan Abulfayzxon ham 1719-yili Ollohberdini Istanbulga elchi qilib jo'natadi. Ikki o'rtadagi diplomatik munosabatlarning uzluksiz davom etishiga boshqa bir sabab ham bor edi. 1517-yili Bag'dod shahri Usmonli askarlari tomonidan egallanib, so'nggi xalifa - uchinchi Al-Mutavakkil Istanbulga olib kelingan va u xalifa bo'lish huquqini Sulton Salimga topshirgan edi. O'shandan buyon Usmonli sultonlari diniy peshvo sifatida ham e'tirof etilardi. Bu haqda Ye.Mayendorf o'zining “Orenburgdan Buxoroga sayohat” nomli kitobida shunday yozadi: “Buxoro xoni (Amir Haydar) o'ta xudojo'y musulmon – sunniy bo'lganligi uchun har yili Istanbulga, Usmonli podshohiga xalifalarning vakili va izdoshi sifatida anchagina katta pul mablag'i yuboradi va unga o'zining hurmati, do'stligi va sadoqatini izhor etadi. Buyuk sulton bunga javoban 1818-yili maxsus elchi bilan birga bir necha sharif kitoblarni yubordi. Bu kitoblar amir tomonidan katta ehtirom bilan qabul qilindi…O'zbeklar haqiqiy turkiylar bo'lib, ularning urf-odatlari bilan Istanbul usmonlilarining urf-odatlari o'rtasida juda ko'p o'xshashliklar bor. Xalifa qiladigan barcha ishlar, Istanbulda ro'y beradigan barcha voqealar Buxorodagi musulmonlarning tahsiniga sazovor bo'ladi”. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling