Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet59/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Ijtimoiy-siyosiy hayot

Bu davrga kelib imperiyaning ichki ahvoli ancha yomonlashgan. XYII asr 40-yillarida xazinaga kelib tushayotgan soliq yig'imlarining miqdori ellik yil oldingi miqdorni - 360 mln aqchani tashkil etgan. Hunarmandchilik taraqqiyoti sekinlashgan. Harbiy mulk tizimi buzilgan.

Yerga xususiy mulkchilikning shakllanishi qishloq xo'jalik mahsulotlarining ko'payishiga, ayni paytda bu jarayon dehqonlarning xonavayron bo'lishi va ular xarid quvvatining pasayishiga ham olib kelgan.

Usmoniylar imperiyasi iqtisodiyotidagi o'zgarishlar ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalariga ta'sirini o'tkazgan. Ayniqsa, armiyada kuchli sezilgan. Muntazam qo'shin soni oshgan. Bu o'z navbatida davlat byudjetiga og'ir ta'sir qilgan. Armiya xarajatlarining oshishi byudjet tanqisligiga va xazinaning bo'shab qolishiga olib kelgan. Natijada, norozilik harakatlari kelib chiqqan. Ko'p marotaba yanicharlarning qurolli qo'zg'olonlari bo'lib o'tgan. Bu holatdan bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan feodal guruhlari uchun ayni muddao bo'lgan va bundan ustalik bilan foydalangan. 1617-1623 - yillarning o'zida yanicharlar isyonlari natijasida to'rt marta sulton almashgan.

XYI asr oxirlarida imperiyaning turli viloyatlarida ayirmachi (separatchi)lar chiqishlari kuchaygan. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvidan foydalanib, yirik feodallar mustaqil hukmdorlarga aylana boshlagan. Odatda, bu davrda sulton hokimiyati faqat viloyatlardan keladigan soliq tushumlaridangina manfaatdor bo'lganligi uchun, ularning ichki boshqaruviga ko'p holatda aralashmagan.

XYII asr birinchi yarmida Usmoniylar olib borgan urushlar uning harbiy quvvati zaiflashganligini bildirar edi. Armiyaga yirik mablag'lar ajratilayotgan bo'lishiga qaramasdan, rivojlanayotgan davlatlardan harbiy-texnik jihatdan tobora ortda qolmoqda edi.

1606-yilda sulton Ahmad I bilan Sitvatorokeda Vengriya qiroli Rudolьf II Avstriyskiy o'rtasida o'n to'rt yil davom etgan avstriya-turkiya urushiga yakun yasagan tinchlik shartnomasi imzolangan. Bu shartnomaga ko'ra, Avstriya nafaqat 1547-yildan beri har yili to'lab kelayotgan 30 ming dukatlik xirojdan ozod qilingan, balki birinchi marta u Usmoniylar tarafidan teng huquqli mustaqil davlat sifatida tan olingan. Bu shartnoma shartlari 1615 va 1616 – yillarda yana ikkita shartnoma bilan mustahkamlangan. Oradan bir necha yil o'tgach, Avstriya jahon savdosida ham bir qancha yengilliklarga ega bo'lgan.

Turk feodallari Eron bilan uzoq vaqt urush olib borgan. XYII asr boshlarida Eron shohi Abbos usmonlilardan Kavkaz ortidagi ko'pgina hududlarni va Iroqni tortib olgan. Lekin tez orada sulton Murod IY harbiy harakatlarni boshlab, to'rt yil davom etgan urush nihoyasida 1639-yili Qasri Shirinda ikki davlat o'rtasida tinchlik shartnomasi imzolangan. Unga ko'ra Iroq Bag'dod bilan birga yana Usmoniylarga o'tgan. Bundan tashqari, G'arbiy Gruziya, G'arbiy Armaniston va Kurdistonning bir qismi ham Usmoniylarda qolgan.

Usmoniylar bir vaqtning o'zida Polьshaga qarshi ham harbiy harakatlar olib borgan. Ular o'rtasidagi mojaroning asosiy sababi, ukrain yerlari masalasi edi. 1620-yilda usmoniylar polyak qo'shinlarini yengib, Ukrainaga kirgan. 1621-yili Xatin yaqinida bo'lib o'tgan jangda Usmoniylar mag'lubiyatga uchragan. Shunday bo'lsa-da, Usmoniylar Polьshaga bosimni susaytirmagan, Ukrainaga qarshi agressiyani kengaytirgan.

XYII asr birinchi yarmida Rossiya hukumati Usmoniylar bilan tinch munosabatlarni qo'llab, umumiy dushman bo'lgan Polьshaga qarshi birlashgan. Usmoniylar bilan yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini saqlab qolish uchun harakat ayniqsa, Azov uchun olib borilgan kurashlarda yaqqol ko'ringan. 1637-yili Don kazaklari Usmoniylarning Eron bilan urushda band ekanligidan foydalanib, Azovni qurshab olgan va ikki oylik qamaldan so'ng qal'ani egallagan.

1641-yil yozida turklar Eron bilan urushni tugatib, Azovga qarab yurgan. Qamal to'rt oy davom etgan. Olti mingga yaqin kazak qal'ani qattiq turib himoya qilgan. Anchagina talofot ko'rgan va hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmagan Usmoniylar qamalni to'xtatishga majbur bo'lgan. Biroq Usmoniylar bilan munosabatlarning keskinlashuvini istamagan rus hukumati Azovni turklarga qaytarib berish to'g'risida kazaklarga buyruq bergan.

XYII asr 50 yillari boshida rus-turk munosabatlari yangi bosqichga ko'tarilgan. 1654-yili Ukrainaning Rossiyaga qo'shilishi bilan yakun topgan ukrain xalqining Bogdan Xmelьnitskiy boshchiligidagi ozodlik harakatiga qarshi kurashish maqsadida polyak panlari Usmoniylar va Qrim xoni bilan til biriktirgan. Ukrainani o'zining bosqinchilik ob'ekti hisoblagan Usmoniylar ukrain xalqining hayotiga ochiq qurolli aralasha boshlagan. Hatto, ayirmachi o'ng qanot ukrain getmanlarini qurollantirgan. Mana shu aralashuv Rossiya va Usmoniylar o'rtasidagi urushni keltirib chiqargan. Harbiy jihatdan susaygan Usmoniylar imperiyasining xalqaro mavqei shu tarzda zaiflasha boshlagan.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling