Murojaat etuvchi


Download 286.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana14.05.2023
Hajmi286.46 Kb.
#1462184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hgggjj

tadbirkorlik subyekti — mazkur Nizomda belgilangan tartibda YHXBBni xabardor
etgan holda, avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi
va (yoki) uning qismlarini tayyorlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki
jismoniy shaxs;
tashkilot standarti (Ts) — avtomototransport vositasini qayta jihozlashning aniq turi
va (yoki) aniq marka va modeldagi avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini
tayyorlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektiga belgilangan
tartibda berilgan hujjat;
foydalanishga oid hujjatlar — avtomototransport vositasidan foydalanishda qo‘llash
uchun mo‘ljallangan hujjatlar.
3. Avtomototransport vositasini qayta jihozlash tadbirkorlik subyektlari tomonidan
qayta jihozlashning mazkur turini amalga oshirish uchun davlat reyestrida ko‘rsatilgan, qayta
jihozlashning mazkur turi davlat reyestrida mavjud bo‘lmagan hollarda berilgan ruxsatnoma
asosida amalga oshiriladi.
Bunda avtomototransport vositasini qayta jihozlash deb hisoblanadigan o‘zgarishlar
ro‘yxati mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
4. Raqamlangan agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi
avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning
foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini
(qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.
Bunda raqamlangan agregat (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va
modeldagi 
avtomototransport 
vositasiniki 
bilan 
almashtirilgandan 
keyin 
mazkur
avtomototransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l
harakati xavfsizligi xizmati organlarida belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tayyorlovchi tashkilotning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan
avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirishda texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.


5. Avtomototransport vositasini tayyorlovchi tashkilot tomonidan raqamlangan
agregatlarga qo‘yilgan markirovkaning o‘zgarishi yoki yo‘qolishiga olib keladigan tarzda qayta
jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan avtomototransport vositasidan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 286.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling