Murojaat etuvchi


-bob. Yakunlovchi qoidalar


Download 286.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana14.05.2023
Hajmi286.46 Kb.
#1462184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hgggjj

6-bob. Yakunlovchi qoidalar
39. Tegishli davlat reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyekti o‘zi tomonidan qayta
jihozlangan avtomototransport vositasi egasiga qayta jihozlash amalga oshirilganligi haqida
yozuv kiritilgan va tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanib, uning
muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnomani beradi.
Mazkur ma’lumotnoma qayta jihozlangan avtomototransport vositasini O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) uchun
asos hisoblanadi, bunda ushbu tadbirkorlik subyekti faoliyati turi davlat reyestrida ko‘rsatilgan
bo‘lsa.
40. Arizani ko‘rib chiqish, ruxsatnomani berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal
qilish muddatini uzaytirish va dublikatini berish uchun yig‘im undirilmaydi.
41. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish
“Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda
amalga oshiriladi.
42. Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish
bilan bog‘liq faoliyatni boshlagani yoki tugatgani, shuningdek, o‘zi va tadbirkorlik faoliyati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarda o‘zgarishlar bo‘lganligi haqida tegishli tartibda YHXBBni xabardor
qilmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligiga
sabab bo‘ladi.
43. Davlat xizmatlari markazlari va YHXBB o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida
olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
44. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi,
uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Nizom talablarining
tegishli bandlari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan
doimiy monitoringni amalga oshiradi.
45. Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-
harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
46. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda javob beradilar.
Avtomototransport vositasi
konstruksiyasining va (yoki) uning
qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq
faoliyatni boshlaganlik yoki
tugatganlik haqida xabarnomani
taqdim etish va avtotransport
vositasini qayta jihozlashga
ruxsatnoma berish tartibi
to‘g‘risidagi nizomga 
1-ILOVA



Download 286.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling