Murojaat etuvchi
-bob. Ruxsat etuvchi talablar va shartlar
Download 286.46 Kb. Pdf ko'rish
|
hgggjj
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish
2-bob. Ruxsat etuvchi talablar va shartlar
7. Quyidagilar avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismini tayyorlashni amalga oshirishda ruxsat etuvchi talablar va shartlar hisoblanadi: qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish; YHXBB bilan kelishilgan tegishli tashkilot standarti (Ts) talablariga, qonun hujjatlari va ekologiya sohasidagi normativ hujjatlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga majburiy rioya qilish; tegishli harakatni va (yoki) belgilangan faoliyatni bajarish yoki amalga oshirish uchun ishlab chiqarish-texnika bazasining (binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari, texnologik jihozlar, tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar) mavjud bo‘lishi; yong‘in xavfsizligiga, avtotransport vositasining saqlanishiga, texnika xavfsizligiga rioya qilishga oid talablarni bajarish; faqat tegishli hujjatlari (egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat, taqdim etilgan avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki avtomototransport vositasi mazkur shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat) mavjud bo‘lgan avtomototransport vositasi egalariga xizmat ko‘rsatish; davlat reyestrida ko‘rsatilgan doirada tegishli harakatni bajarish va (yoki) belgilangan faoliyatni amalga oshirish. 3-bob. Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish tartibi 8. Tadbirkorlik subyektlari avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganligi yoki tugatganligi haqida 15 kun muddat ichida Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali YHXBBni mazkur Nizomga 2- ilovadagi sxemaga muvofiq xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi va YIDXPning davlat xizmatlaridan foydalanishda, tadbirkorlik subyektida elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) bo‘lishi shart. Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida YHXBBni xabardor qilish uchun mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi xabarnoma to‘ldiriladi. 9. YHXBB xabarnomalarni hisobga oladi va avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlagan yoki tugatgan tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini yuritadi. 10. Davlat reyestrida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart: soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; tadbirkorlik subyektining to‘liq va qisqartirilgan nomi, tashkiliy-huquqiy shakli; faoliyatini boshlagan sanasi va Reyestr raqami; tadbirkorlik subyekti faoliyatining ixtisoslashuvi; pochta manzili, telefoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar; faoliyat bo‘yicha mas’ul shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; mas’ul shaxsning ma’lumoti (diplom raqami, sanasi va mutaxassisligi). 11. YHXBB avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyat boshlanganligi yoki tugatilganligi haqida Davlat xizmatlari markazlari va YHXBB o‘rtasida ERIni qo‘llagan holda, maxsus yaratilgan tizim orqali idoralararo xabardor qilinadi. 12. Murojaat etuvchidan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi xabarnomada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 13. Xabarnoma va unga ilova etiladigan hujjatlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar YHXBB tomonidan uning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarida joylashtiriladi. 14. YHXBBni avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyat boshlanganlik yoki tugatilganlik haqida xabardor qilishda tadbirkorlik subyekti mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar va shartlarga amal qilishi lozim. 15. Tadbirkorlik subyekti xabarnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan so‘ng o‘zining ERIsi bilan tasdiqlaydi. 16. Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Davlati xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi. 17. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda: 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga; 30 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga; 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; 28,125 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi. 18. Xabarnomada to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Bunday holatda tadbirkorlik subyektining tegishli bosqichda xabarnomani to‘g‘irlab yoki to‘ldirib, qayta yuborish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. 19. Tadbirkorlik subyekti davlat xizmatlaridan foydalanishdan o‘zi haqidagi ma’lumotlar YHXBB tomonidan tegishli davlat reyestriga kiritilgunga qadar bosh tortish huquqiga ega. Tadbirkorlik subyekti davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning xabarnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. 20. Tadbirkorlik subyekti (uning ishonchli vakili) tomonidan barcha hujjatlar to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirilgan holda Davlat xizmatlari markazi, “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali YHXBBga elektron shaklda yuboriladi. 21. Tadbirkorlik subyekti (uning ishonchli vakili) Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning habarnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirilib, tadbirkorlik subyekti (uning ishonchli vakili) tomonidan tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar bir soat mobaynida YHXBBga elektron shaklda yuboriladi. YHXBB mas’ul xodimi xabarnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 15 ish kuni ichida: kelib tushgan xabarnoma va unga ilova etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda, tadbirkorlik subyekti bilan birgalikda ma’lumotlar to‘liq bo‘lishini; O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan berilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi hamda ishonchliligini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha laboratoriyaning texnik jihatdan malakali ekanligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasini olish bo‘yicha so‘rovnomani yuborib, javobi olinishini; tadbirkorlik subyektining avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganligi yoki tugatganligi bo‘yicha ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinishini; ma’lumotlarning davlat reyestrida qayd etilishini ta’minlaydi. Bunda mazkur davlat tashkilotlari vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi. 22. Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlagan yoki tugatgan tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestri YHXBBning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi. Davlat reyestridagi ma’lumotlar barcha foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi. 23. Tadbirkorlik subyektining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, ixtisoslashuvi va joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yigirma ish kuni mobaynida tegishli ma’lumotlarni davlat reyestriga o‘zgartirishlar kiritish uchun belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali YHXBBga taqdim etishi lozim. Bunda tadbirkorlik subyektidan yig‘im summasi undirilmaydi. Download 286.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling