Murojaat etuvchi
-bob. Ruxsatnoma berish tartibi
Download 286.46 Kb. Pdf ko'rish
|
hgggjj
4-bob. Ruxsatnoma berish tartibi
24. Ruxsatnoma YHXBB tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq 1 yil muddatga beriladi. 25. Tadbirkorlik subyektiga avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma YHXBBga avtomototransport vositasi egasining (yuridik yoki jismoniy shaxsning) mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda quyidagi hujjatlarni ilova qilingan holda taqdim etiladigan arizasiga asosan beriladi: egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi — jismoniy shaxslar uchun (fuqarolik pasporti, 16 yoshga to‘lmaganlar uchun — tug‘ilganlik haqida guvohnoma, harbiy xizmatchilar uchun — harbiy qism va harbiy muassasa qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnoma yoki harbiy guvohnoma (harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari bundan mustasno), chet el fuqarolari uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki chet el fuqarosining ichki ishlar organlari tomonidan doimiy yoki vaqtincha yashash joyi haqida belgi qo‘yilgan milliy pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi); avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi (texnik pasport, texnik talon) yoki avtomototransport vositasini uning egasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi. Ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat o‘tgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Avtomototransport vositalarining kuzov va dvigatellarini huddi shu rusumdagi kuzov va dvigatellarga almashtirish bundan mustasno. Avtomototransport vositalarining kuzov va dvigatellarini huddi shu rusumdagi kuzov va dvigatellarga almashtirishga ruxsatnoma olish uchun arizaga yuqoridagi hujjatlardan tashqari avtomototransport vositasining uzoq muddat foydalanilganligi sababli eskirib, yaroqsiz holatga kelib qolgan bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, zarur shart-sharoitlarga va texnik diagnostika vositalariga ega bo‘lgan xususiy texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari yoki hududiy DYHXXning diagnostika stansiyalarida avtomototransport vositasining texnik holati tekshirilganligi bo‘yicha ma’lumotnoma, shuningdek, avtomototransport vositasining old, orqa va ikki yon tomon ko‘rinishini tasvirlovchi fotosuratlar taqdim etiladi. Avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun tadbirkorlik subyekti uning egasi tomonidan tanlanishi mumkin, bu haqda arizada ko‘rsatiladi. 26. Murojaat etuvchidan mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 27. Ruxsatnoma olish uchun zarur ma’lumotlar YHXBB tomonidan uning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 28. Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar YHXBBga murojaat etuvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. 29. Ruxsatnoma olish uchun YHXBBga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, mazkur ro‘yxat hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qo‘ygan holda murojaat etuvchiga darhol beriladi (yuboriladi). 30. YHXBB arizani mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab o‘n besh ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqadi. 31. Murojaat etuvchining arizada ko‘rsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash (arizada ko‘rsatilgan hollarda), shuningdek, ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish YHXBB tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. 32. Murojaat etuvchiga ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda YHXBB ushbu qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda: mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda ruxsatnomani rasmiylashtiradi; murojaat etuvchiga ruxsatnoma beradi (yuboradi) yoki uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi; qayta jihozlash o‘tkazilgandan keyin qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mazkur avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalariga ruxsatnomaning nusxasini yuboradi. 33. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin: murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi; tadbirkorlik subyekti tomonidan ruxsat etuvchi talablar va shartlarga rioya etilmasligi; murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi; mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq tayyorlangan tadbirkorlik subyektining arizada ko‘rsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash natijalariga ko‘ra tayyorlangan YHXBBning asoslangan salbiy xulosasi. Ruxsatnoma berishni boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 34. Ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan rad etish haqidagi xabarnoma yuboriladi (beriladi). Murojaat etuvchi ruxsatnoma berishni rad etish haqida yozma xabarnoma olgandan keyin o‘n kun muddatda rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli. 35. Ruxsatnoma berishda rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uning berilishini rad etish YHXBB tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. 36. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda YHXBB tomonidan murojaat etuvchiga avval yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon etilmagan rad etish sabablarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno. 37. Mazkur Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin berilgan takroriy ariza yangi berilgan hisoblanadi va YHXBB tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 38. Murojaat etuvchi ruxsatnoma berish rad etilganligi, shuningdek, YHXBB mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. Download 286.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling