Musiqa madaniyati
I O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI
Download 193.88 Kb.
|
kurs ishi G`ofurova metodika
I O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI
O’ZBEK XALQ QO’SHIQLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA Qo’shiq – qadimiy lirik janr hisoblanib, kuyga solib aytishga mo’ljallab yoziladi. Qo’shiq, odatda, ikki xil bo’ladi: xalq qo’shiqlari va yozma adabiyot namunasi bo’lgan qo’shiqlar. Xalq qo’shiqlari juda qadimiy tarixga ega. Ular dastlab mehnat jarayonida paydo bo’lgan. Qo’shiqlarda xalqning orzuumidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. Qo’shiq yozma adabiyot janri sifatida ham mashhur. Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Feruz, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa mumtoz shoirlarimizning she’rlari xalqimizning sevimli qo’shiqlariga aylanib ketgan. Hamza, Hamid Olimjon, Turob To’la, Po’lat Mo’min, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matchon, Usmon Azimov, Muhammad Yusuf kabi ijodkorlar asarlarining qo’shiq qilib kuylanishi yozma adabiyot bilan qo’shiq janrining bir-biriga naqadar aloqadorligini isbotlaydi. Xalq qo’shiqlarida ko’pchilikning his-tuyg’ulari umumlashtirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi. Bu borada bolalar og’zaki ijodi ham salmoqli o’rinni egallaydi. Dastlab, kattalar tomonidan bolalar uchun qo’shiqlar ijod qilingan bo’lsa, keyinchalik bolalarning o’zlari kuylagan qo’shiqlari, termalar vujudga kelgan. Masalan, bahor elchisi boychechakka bag’ishlangan qo’shiqlarni, qizaloqlar aytadigan «Chittigul» kabi qo’shiqlarni bolalar maroq bilan kuylaganlar. Bolalar qo’shiqlari shakl jihatdan nihoyatda oddiy, o’ziga xos ohangdorlikka egadir. Bolalar tilidan aytilgan qo’shiqlar o’z ma’no-mohiyati bilan aytuvchilarning ruhiy olamida yuz berayotgan tovlanishlarni, qo’shiq mazmunida ifodalangan sodda, samimiy, beg’ubor tuyg’ularni tarannum etadi. Shuning uchun ham ular o’z soddaligi bilan dilga yaqin, ta’sirchan. Marosim qo’shiqlarida to’y, aza va boshqa marosimlar bilan bog’liq holatlar tasvirlanadi («Yor-yor», «Kelinsalom», «Kuyovsalom» kabi). Mehnat qo’shiqlari esa turli mehnat jarayonlari bilan bog’liq. Masalan, xirmon yanchishda «Xo’p hayda», «Maydagul», sigir, qo’y, echkilarni sog’ishda, buzoq, qo’zi, uloqlarni emizishda «Xo’sh-xo’sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi xalq qo’shiqlari dehqon va chorvadorlar ish faoliyatini o’zida aks ettiradi. «Boychechak» qo’shig’i, odatda, bahor faslida ijro etilgan. Boychechak gulining qo’shiqqa solib aytilishi tasodifiy emas. Chunki bu gul – bahor darakchisi. Qishloq bolalari ushbu gulni ko’tarib uyma-uy qo’shiq bilan suyunchi so’rab borishgan, xonadon sohiblari bolalarga hadyalar berishgan. Boychechakni ko’rgan keksalar uni ko’zlariga surtishgan. Negaki boychechak bahorga yetib kelganlik, shukronalik belgisi sifatida qabul qilingan Boychechak – ijobiy obraz, u yoshlik, jo’shqinlik ramzi. U bolalarning bahor faslidagi birinchi qo’shig’i hisoblanadi. Bu qo’shiq baland ovoz bilan aytiladi. Naqorat tarzida takrorlanadigan qismi jamoa bo’lib kuylanadi. Ma’lumki, xalqimizda tut daraxti muqaddas hisoblanadi. Xalq tut daraxti mevasini sevib iste’mol qiladi. Uning tanasidan taroq, bola uchun beshik yasashadi. Boychechak xalq orasida ramziy ahamiyatga ega bo’lib, unda chuqur ma’no bor. Xalqda o’z kuchi bilan qiynalib maqsadga erishsa: «Axir, u qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechakning o’zida», – deyishadi. Bu ifodalarning barchasida boychechak mehnatkash inson ramzi ekaniga ishora qilinadi. Siz o’rganishingiz kerak bo’lgan «Chittigul» qo’shig’i ham bolalar ijodiga xos bo’lib, kichik yoshdagi qizaloqlar ijro etishadi. Bu qo’shiq bahorni eslatgani uchun ham mavsum qo’shig’i hisoblanadi. Qizlar bu qo’shiqni ijro etganda uning ohangiga mos harakatli o’yin o’ylab topadilar. Qizlar juft-juft bo’lishib, kaftlarini bir vaqtda bir-biriga urib, aylanishib, yana urishtirib qo’shiq aytadilar. «Chittigul-o chittigul» deyilganda qizlar yuzma-yuz turadilar. Qo’llari ma’lum tartib bilan bir-birlariga qarsillab tegib, chiroyli ohang kasb etadi. «Hay-yu, chittigul» deyilganda, qizlar bir xil maqom bilan turgan joylarida gir aylanadilar. Qo’shiq matni juft-juft matn va naqoratdan iborat bo’ladi. Xullas, bolalarning mavsumiy qo’shiqlari aytilishi, ijro uslubi bilan ko’plab o’ziga xosliklarga ega, ya’ni ma’lum faslda o’tkaziladigan marosimlar, harakatli o’yinlar bilan bog’liqdir. Muhimi, bu xildagi qo’shiqlar o’tmishimizni, uzoq ajdodlarimizning turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu-istaklarini o’rganishda katta ahamiyatga ega. 1.2 4-SINF O’QUVCHILARINI O`ZBEK XALQ RAQSLARI BLAN TANISHTIRISH To'rtinchi sinf o'quvchilari o'zlarining psixologik-fiziologik xarakleriga ko'ra hayotiy tajribaga boy, fanlarga qiziquvchan bo'ladilar. Diqqat-e’tibori turg'unlashgan bo‘ladi. Jiddiy bo'lgan masalalar ustida fikrlash, hajm jihatdan kattaroq boMgan musiqa asarlarini eshitishga qodir bo'ladilar, izlanish, mushohada qilish qobiliyatiga ega bo'ladilar. Bu xususiyatlami barchasini o'qituvchi nihoyatda o'ylab, oqilona ish tutishi lozim. Har bir darsdan unumli foydalanishi lozim. Bundan maqsad bolalami tezroq dasturdagi musiqa asarlariga, dars uslubiga, musiqa san’atiga qiziqishidan iboratdir. 4-sinf o‘quvchilarining vokal — xor malakalari bir xilda rivojlangan bo'lmaydi. Chunki ba’zi boshlang‘ich sinflarda musiqa fanidan mutaxassislar dars berishmaydi. Mutaxassis ish olib borgan joyda esa o‘quvchilar sof unisonda kuylash, ansambl va qo'shiqlami me’yoriga yetkazib, ikki ovozda kuylash darajasiga ega bo'ladilar. 4-sinf oquvchilarining ovoz diapazoni (dol - mi2). 4- sinfda ham o‘qituvchilami diffirensial guruhlarga bo'lib o‘tkazish lozim boladi. Chunki ulaming bu davrda ovozlari jarangdor, yoqimtoy, kuliminatsion rivojlangan davri hisoblanadi. Shuning uchun, darsda ko'proq kuylatish maqsadga muvofiqdir. Milliy raqs xalqimizning eng munavvar qadriyati, o'sib kelayotgan yosh avlod ongu shuuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma'naviy kamolotga muhabbat tuyg'ularini singdirishda o'zbek milliy raqs san'atining o'rni hamda ahamiyati beqiyos. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an'analari ifodalanadi. O'zbekiston Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi “Raqs san'ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda “Milliy raqs san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari madaniyat va san'at taraqqiyotida o'ziga xos tarixiy voqea bo'ldi. Ayni qarorlar asosida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta'lim muassasasi shaklida Madaniyat vazirligi tizimida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi. Ushbu akademiyada o'qitishning zamonaviy va ilg'or uslublaridan keng foydalanish, o'quvchilar iqtidorini har tomonlama rivojlantirish ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san'at sohasida ilm-fan bo'yicha erishilgan ilg'or yutuqlarni tatbiq etish hamda ilmiy tadqiqotlar natijalari bo'yicha ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish bugungi kunning muhim masalalari sanaladi. Bundan maqsad — raqs ta'lim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlashga bo'lgan ehtiyojni to'la qamrab olish, yangi avlod darsliklari yaratishdan iborat. Ayni paytda akademiya rektori SH.Toxtasimov rahbarligida ayni kunlarimizgacha etib kelgan madaniy-ma'rifiy merosni dunyo xalqlariga yaqindan tanishtirish, o'zbek milliy raqs san'ati va madaniyatini keng targ'ib qilish borasida jiddiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar zamonaviy o'zbek xoreografiyasining, o'zbek milliy raqs san'atining nazariy masalalari va echimlari bayon etilgani bilan qimmatlidir. Shu o'rinda bir ma'lumotni keltirib o'tmoqchimiz. Taniqli san'atshunos, O'zbekiston xalq artisti R.Karimova “O'zbek raqslari” kitobida “O'zbek xalqining milliy iftixori bo'lgan raqs san'ati necha-necha asrlar davomida shakllandi, rivoj topdi. Lekin bu san'at turi yozma ravishda o'z aksini topmagan”, degan edi. O'zbekiston milliy entsiklopediyasida esa: “O'zbekistonda garchi raqs asrlar davomida yashab, rivojlanib kelgan bo'lsa-da, o'tmishda raqs yozilmagan. Natijada qanchadan-qancha mumtoz va xalq raqslari izsiz yo'qolib ketgan. etnograf Iraida Baxta Farg'ona raqs turkumini so'z bilan yozib olganligi ta'kidlanadi. Umuman, ko'pchilik raqsshunos mutaxassislarning tadqiqotlarida “o'zbek raqslarini yozib olish XX asrning 30-yillaridan boshlandi”, degan fikr ilgari surilgan. Iste'dodli xoreograf-san'atshunos SH.Toxtasimovning “G'olibo ul raqs aning ixtiroidur...” (hammuallif H.Hamroeva) maqolasida milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil odimlayotgan mamlakatimizda xalqimizning ma'naviy kamolotini, estetik saviyasini belgilovchi ko'plab badiiy qadriyatlarimizning yangi qirralarini kashf etishga, ularning tarixiy ildizlarini tizimli o'rganishga alohida e'tibor berilgan. Mamlakatimizda milliy va umumbashariy ahamiyatga molik milliy raqs san'atini yanada yuksak mavqega ko'tarishga xizmat qiladigan, tarixiy ahamiyatga ega islohotlar amalga oshirilmoqda. Milliy raqsimiz millat tarixini, ruhiyati, orzu-umidlari va armonlarini aks ettiradigan san'at namunasi hisoblanadi. Uning tarixini o'rganish xalqning urf-odatlari, an'analarini, buguni va kelajagini o'rganish, tadqiq qilish demakdir. Akademiya ilmiy jamoasi sa'y-harakati milliy raqs millatning o'zligini, qadim orzu-umidlarini aks ettirishini yoshlarga tushuntirish milliy raqslarimizni bebaho madaniy merosimiz, mamlakatimizning tashrif qog'ozlaridan biri sifatida asrab-avaylashga qaratilgan. SHuningdek, o'zbek raqs san'atini targ'ib qilishga, iste'dodli talabalarning xorijdagi nufuzli oliy dargohlarda tahsil olishlariga, bu borada xalqaro aloqalarni kuchaytirishga alohida e'tibor berilmoqda. Ayni kunlarda O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Moskva davlat lingvistika universiteti bilan o'zaro hamkorlik haqida shartnoma “Raqs” fani raqs san’atining asosiy unsurlarini, o‘ziga xosliklarini, O`zbekiston va qardosh davlatlarning turli vohalari, ularning ijro yo‘sinlarini, tarixini o'rgatadi. Alohida harakatlar tayyorlanmoqda. Zero, milliy raqs san'atining madaniy hayotimizdagi o'rnini belgilash, uning yo'qolib borayotgan turlarini tiklash va noyob namunalarini asrab-avaylash, yanada rivojlantirish, dunyo miqyosida tanitish va targ'ib qilish eng ustuvor vazifalardan biridir. “Raqs” fanining asosiy maqsadi - talabalarga milliy va zamonaviy raqslarining yuksak namunalari asosidatarixiy, nazariy va amaliy bilim berish, shuningdek, talabalarda yuqori badiiy did bilan birga milliy musiqiy tafakkurni shakllantirishdan iboratdir. Raqs fani yuqori saviyadagi professional ijrochi bo‘lish uchun bakalavriatga kirgan talabalarga sahnada talab qilinayotgan artistik mahorat haqida mukammal bilimlarni o‘rgatadi, Bu fan o‘quv rejalariga muvofiq belgilangan semestrlarda amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tiladi va mutaxassislikning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘zlashtirib olishlariga katta yordam beradi. Fanning vazifasi - mashg‘ulotlarda rango-rang raqs ijro uslublari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarda raqs harakatlarni ko‘rsata olishlari zarur. Raqsning turli xil badiiy uslublarini oTganish, bir-biriga solishtirish va taqqoslash yo‘llari talabalarning dunyoqarashini, bilim chegarasini kengayib borishiga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga raqs san’ati ijrochi-talabalarga kasbiy mahoratini oshirishga, yangi ijro uslublarni o‘zlashtirishga, o‘zbek milliy musiqa san’atimizdan bahramand bo‘lishiga puxta zamin yaratadi, umumiy bilim darajasini yuksalishiga xizmat qiladi. Ushbu “Raqs” darsligi o‘z ichiga o‘zbek raqsining uchta asosiy maktabini, bundan tashqari, zamonaviy raqslarini o‘z ichiga qamrab oladi va talabalar harakatning nafisîigini, maromiyligini, bir-biriga mutanosibligini farqlay oladilar. Talabalarga o‘zbek xalqining sevimli san’atkorlari, o‘zbek xalq raqs san’ati asoschilari Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, M.Turg‘unboyeva hamda o‘zbek raqs san’atini rivojlanishda va shu yuksak darajaga yctishishida o'zlarining samarali mehnatlari bilan hissa qo‘shgan OVbekiston xalq artistlari Roziya Karimova, Isohor Oqilovlar ijodi o‘rgatiladi. Raqs san’ati talabalarda faqat harakat malakalarini egallash uchungina emas, balki ularning ijodiy topshiriqlami mustaqil bajarish ko‘nikmasi shakllanadi. Raqs mazmuni ularni o‘ylashga, (ikrlashga va ongida paydo bo‘lgan fikrlarni og‘zaki bayon etishga undaydi. Taîabalaming fikrlash doirasi kengayadi. Harakatlarni bajarish orqali esa musiqani eshitish va harakatlami yodlash uchun ziyrakligini oshirish, diqqatini jamlash, jismoniy mehnat qilish shakllanadi. Natijada taîabalaming aktyorlik va ijrochilik inahoratini oshishiga erishiladi. Ularning ongida voqealikka munosabat, estetik qarashlar va rang-barang tuyg‘u-kechinmalar muhrlanadi. Download 193.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling