Musiqa madaniyati


MEHNAT VA MAVSUMIY QO’SHIQLAR HAQIDA MA’LUMOT


Download 193.88 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi193.88 Kb.
#1480532
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi G`ofurova metodika

MEHNAT VA MAVSUMIY QO’SHIQLAR HAQIDA MA’LUMOT

Musiqiy madaniyat o‘zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o‘zining chuqur ildizlari qadimgi davrlarga yetib boradigan o‘zbek xalqining boy musiqa merosi hozirgi kundalik hayotimizdan ham tushgani yo‘q. U xalq ijodining yuksak namunalari, folklor ijrochiligi, kuy tuzilishi, mazmunan rivojlangan cholg‘u va ashula asarlari, dostonlar ijro­chi­li­gi hamda murakkab ijrochilik turkumi atalmish maqom musi­qa­sini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, xalq musiqiy mada­niya­tida o‘zlarining barcha davrlarda sezilarli hissalarini qo‘shib kelayotgan xalq bastakorlarining ijodi ham salmoqli o‘rin tutadi. .Marosim, urf-odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bevosita bog’langan, fol’klor, xalq ijodi.
Urf-odat, marosim va bayramlar tarkibiga mehmondo‘stlik an'analari, axloq-odob bilan bog‘liq urf-odatlar, farzand tarbiyasi bilan bog‘liq marosimlar, beshik to‘yi, ism qo‘yish marosimi, sunnat to‘yi, sovchilikka borish, kelin salom, milliy va mahalliy miqyosda o‘tkaziladigan sayllar, hasharlar, tomoshalar, bayramlar va boshqalarni kiritish mumkin.
Marosim Qo`shiqlari. Marosim inson hayotida muhim hodisalar sodir bo‘lganida vujudga keladi va kishilar hayotidagi eng muhim voqyealarni (masalan, tug‘ilish, uylanish, o‘lim) qayd etadi, rasmiylashtiradi. O‘zbek oilalarida yosh oilalarni tarbiyalash uchun o‘ziga xos ma'naviy “zina” sifatida xizmat etadigan, chaqaloq tug‘ilgandan, to ulg‘ayib, yangi oila qurgungacha bo‘lgan hayotiy muhim voqyealarni qayd qiladigan marosimlar tizimi (“Chaqaloq dunyoga kelishi”, “Ism berish”, “Chaqaloq chilla”, “Beshik to‘y”, “Soch to‘y”, “Tish to‘y”, Birinchi qadam”, “Sunnat to‘y”, “Muchal yosh”, “Nikoh to‘y” kabilar) vujudga kelgan.
Beshik to‘yi - o‘zbeklar oilasida to‘ng‘ich farzand tug‘ilishi sharafiga o‘tkaziladigan tantanali marosim hisoblanadi. Bu udum O‘zbekiston viloyatlarida o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Beshik bilan bog‘liq turli xil urf-odatlar bor. Masalan, beshikni hyech qachon ikki kishi ikki tomonidan ko‘tarmaydi, uni faqat bir kishi ko‘tarishi lozim. Beshik doimo toza joyda saqlanadi. Undan foydalanilmaganda ham asbob-anjomlari bilan yig‘ib toza joyga qo‘yib qo‘yiladi. Oilada tug‘ilgan keyingi farzandlarning hammasi ana shu beshikdan foydalanadi, ya'ni oilada tug‘ilgan keyingi farzandga boshqa yangi beshik olinmaydi.
Chaqaloqning yaqinlari davrasida beshikka solish xalq tilida “beshik to‘yi” marosimi ham deyiladi. Bu udum O‘zbekistonning turli hududlarda turlicha tartibda o‘tkaziladi. Odatda beshik to‘ng‘ich farzandga qizning ota-onasi tomonidan beriladi. Marosim oilaviy marosim shaklida o‘tkaziladi.Unda kelin va kuyov tomonning eng yaqin qarindoshlari qatnashadi va yoshi ulug‘ momolar yosh onaga bolani beshikka solish (belash) tartibini o‘rgatishadi.
Boychechak marosimi – turkiy xalqlarda ko‘klam kelishi bilan bahorning ilk guli – boychechak chiqqanligi munosabati bilan o‘tkaziladi. Bahor bilan bog‘liq «Lola», «Gul» kabi ko‘plab sayillarning ibtidosida «Boychechak» marosimi turadi. Boychechak sayli qish qahratonidan omon chiqqan xalqning shukronalik bayrami hamdir. Qadimda bu marosim qish va ko‘klamning kurashini ifodalagan. Bunday marosim va bayramlar tog‘ bag‘rida, qir-adirlarda, bog‘larda o‘tkazilgan. Marosim yerli xalq hayotida muhim sanalgan va unga maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan. Boychechak sayli dastlab kattalar va bolalar ishtirokida o‘tkazilgan. Hozirgi kunda faqat bolalar tomonidan nishonlanadi. Bolalar guruh-guruh bo‘lib qishloq yaqinidagi qir-adirlardan boychechak terib kelishadi. Bunda guruhlar o‘rtasida raqobat ham kechishi mumkin. Qaysi guruh qishloqqa birinchi bo‘lib boychechak keltirsa eng ko‘p sovg‘a-salomlar ularga beriladi.
Darvishona - Bahor faslida o‘tkaziladigan marosimlar ichida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi, dasht joylarda o‘troq yashaydigan aholi tomonidan o‘tkaziladigan Darvishona marosimi alohida o‘rin tutadi. Bu marosim o‘tkaziladigan kun yerli aholining oqsoqollari tomonidan belgilanadi va erta tongdan boshlab qishloq atrofidagi ma'lum joyga erkaklar yig‘ilishadi. Bu yerda kun davomida amalga oshiriladigan obodonchilik va tozalash ishlari taqsimlanadi. Asosan, qabriston, suv keladigan ariqlar, quduqlar, zovurlar, yo‘llar va boshqa aholi umumiy ravishda foydalanadigan ob'ektlarda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Qishloq yig‘iladigan ma'lum joy yoki ochiq havoda qishloq aholisidan yig‘ilgan pulga sotib olingan mol (yoki qo‘y)lar so‘yilib, taomlar tayyorlanadi. Ishlar yakunlangandan keyin bu ishlarda ishtirok etgan barcha aholi yana to‘planib, taom tortilishidan oldin yil davomida qilinadigan ishlarni kelishib olishadi.
Yomg‘ir chaqirish – qurg‘oqchilik munosabati bilan bahor faslida o‘tkaziladigan marosim hisoblanadi. Asosan lalmi (faqat qor va yomg‘ir suvlari bilan sug‘oriladigan) yerlarda dehqonchilik qiluvchi aholi tomonidan o‘tkaziladi. Marosim turli viloyatlarda turlicha “So‘z xotin”, “Sut xotin”, “Suv xotin”, “Sust xotin” nomlari bilan yuritiladi. “Sust xotin” marosimi O‘zbekistonning Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan viloyatlaridagi ayrim qishloqlarda ayollar, Sho‘rchi, Koson tumanlarida va o‘zbek laqaylarida erkaklar ishtirokida o‘tkazilgan. Bunda belgilangan vaqtda o‘n-o‘n besh nafar ayollar maxsus yasalgan qo‘g‘irchoqqa keksa ayolning kiyimini kiydirishgan. Uni bir ayol ko‘tarib olgan va qolganlar uning orqasidan ergashib, qishloqdagi uylarga birma-bir kirib chiqishgan. Xonadon egasi esa mamnuyat bilan ularga atagan narsalarini hadya etishgan. Marosim so‘ngida ramziy qo‘g‘irchoq qishloq ahli tomonidan yaqin oradagi suv havzasiga oqizib yuborilgan.
Kelin salom-Nikoh to‘yidan keyingi katta marosimlardan biri “kelin salom” udumidir. Marosimdan maqsad kelinni kuyov tomonning qarindoshlari bilan tanishtirish. Marosim turli hududlarda turlicha o‘tkaziladi.
Muchal to‘yi – inson hayotida (aslida) har o‘n ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan marosim bo‘lgan. Muchal yoshlari (o‘n ikki yillik sikl tugab, u yana takrorlana boshlanish davri) qadimdan Navro‘z bayrami kunlari nishonlanib kelingan. Ayniqsa birinchi muchal almashish – o‘n ikki yoshdan o‘n uch yoshga o‘tish (boshqa muchal yoshlariga qaraganda) katta tantana bilan nishonlangan. Qadimda muchal yoshini nishonlayotgan inson o‘zining kiyimlarini yaqin qarindosh-urug‘lari yoki qo‘ni-qo‘shnilarga hadya qilgan. Bu odat muchal davriyligini saqlashga xizmat qiladi deb ishonishgan.
Navro‘z (forscha – yangi kun) – shamsiy (quyosh) yil hisobi bo‘yicha yangi yilning birinchi kuni. O‘rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy an'anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka (21 yoki 22 mart), ya'ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to‘g‘ri keladi. Navro‘z dehqonchilik ishlarini boshlash bayrami hisoblanadi. Bayramda ommaviy xalq sayillari uyushtirilib, yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishiriladi, bahorgi ekinlarni ekish boshlanadi.
MEHNAT QO`SHIQLARI.
Mehnat qo’shiqlari xalq ijodiyotining eng qadimiy shakllaridan xisoblanadi. Bu qo’shiqlar ibtidoiy insonning mehnat faoliyati bilan bevosita aloqadorlikda vujudga kelib, ana shu jarayonda taraqqiy etgan. Eng qadimiy mehnat qo’shiqlari vazn, qofiya va boshqa poetik shakllar e’tibori jixatidan mukammal uyushmagan, so’zlar ham ongli tarzda bo’lib, ular ko’proq mehnat jarayonida muayyan harakat ritmiga mos keluvchi undov, xitob va nidolar xarakteridagi poetik parchalardan iborat tuzilishga ega bo’lgan. Mehnat turlari ko’p va xilma-xil bo’lganidek, uning qo’shiqlari ham turli-tumandir. Mehnat qo’shiqlarining g’oyaviy-mavzu va janr xususiyatlariga qarab uch guruhga bo’lib o’rganish mumkin.

  1. Dehqonchilik bilan bog`liq qo`shiqlar

  2. Chorvachilik bilan bog`liq qo`shiqlar

  3. Hunarmandchilik bilan bog`liq qo`shiqlar

Mehnatning bu turi bilan bog’liq, qo’shiqlar rang- barang bo’lib, ulardan bizga qadar «Qo`sh haydash», «O’rim va o’rimchilar qo’shig’i», «Xirmon qo’shiqlari» yoki «Xo’p mayda» kabi mehnat qo`shiqlari o`rin olgan. Dehqonchilik qo`shiqlari mehnat jarayonida salmoqli o1rinni tashkil etadi. Dehqonchilik qo`shiqlariga oid namunalar mehnat jarayonining turli jabhalarida ijod qilingan. Hunarmandchilik qo`shiqlari mehnat jarayoniga mansub bo`lib, asosan xoyin-qizlar tomonidan ijro etiladi. Bu namunalar asosan charx yig`irish, do`ppi tikish, gilam to`qish jarayonida ijro etiladi. Chorvadorlik va dehqonchilik qo`shiqlariga nisbatan hunarmandchilik qo`shiqlari keng tarqalgan bo`lib, lirik qo`shiqlarg mansub. Xotin-qizlar mehnat jarayonida,ya`ni gilam to`qish, charx yig`irish, do`ppi tikish singari davomli mehnatni bajarish bilan birgalikda shaxsiy hayotlari bilan bog`liq ruhiy kechinma, dard va ichki tuyg`ularini qo`shiqlar orqali izhor qilganlar.


Download 193.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling