Musiqa madaniyati


Bastakorning sozandalik san’ati


Download 70.14 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi70.14 Kb.
#1472620
1   2   3   4   5
Bog'liq
N.B. MUSHTARIY

2. Bastakorning sozandalik san’ati
O‘zbek an’anaviy musiqa ijrochiligi tarixida Faxriddin Sodiqov eng kо‘zga kо‘rinarli о‘rinlardan birini egallaydi. Uning sozandalik iqtidori va salohiyati shu qadar baland bо‘lganki, barcha kasbiy qobiliyatlarini batafsil tariflab berishning o‘zi amri mahol. Bastakor sifatida esa uning ijodkorlik ko‘lami shunchalik keng va serqirradirki, ilgari an’anaviy uslubda bunday noyob musiqiy kashfiyotlarga urinishda hatto tasavvur bo‘lmas edi.
U Respublikamiz musiqa jamoatchiligi orasida 1930 yillarning ikkinchi yarmidan etiboran tengi yo‘q yakkanavoz hamda jo‘rnavoz changchi, orombaxsh kuy, qо‘shik, yalla va ashulalarning hassos muallifi sifatida tanildi va juda katta shuhrat qozondi. Shu bilan birga sozanda va bastakor beqiyos mahoratga ega dutorchi bo‘lgani rost. U butun umri bо‘yi an’anaviy musiqa jamoalarining jonkuyar ijodiy rahbari va zukko navosoz-yо‘lboshchisi bо‘lib xormay- tolmay xizmat qildi. Bu о‘rinda Faxriddin Sodiqov о‘nlab sozanda, xonanda va bastakorlarning chuqur kasbiy bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishiga sababkor, xamda mexribon va talabchan ustozlardan biri bо‘lgan.
Faxriddinning musiqa dunyosiga qiziqishi juda erta uyg‘ondi. Shu tufayli sexrli musiqa olamga u avvaliga qadimiy dutor, sо‘ngra chang cholg‘ularidan taralgan sadolariga mahliyo bо‘lib kirib keldi. Mayin tabiatli dutorda erkin chalishni о‘smirligidayoq yaxshigina о‘zlashtirib oldi. Biroq, u keyinchalik xam dilkash dutorni о‘zidan zinhor uzoqlashtirmadi. Ijodiy izlanishlari ham ko‘proq dutor yordamida о‘tdi. Har gal uni sog‘inib qо‘lga olganida qalbi oromga tо‘lardi. Nafis tuyg‘ularini tanish va yangi kuylarga solib, jarangini yaqinlariga saxiylik bilan ulashardi.
Faxriddin Sodiqov dutor chalishda nodir uslubiy mukammallikka erishgan tengi yо‘q sozandalardan bо‘lgani aniq. Bu о‘ziga xos uslub, lo‘ndagina ta’rif beriladigan bо‘lsa, bir nechta xal qiluvchi tamoyillarni о‘zida mujassam etgan. Shu jumladan:

  • pardalarni quyuq bezatish, ya’ni torlarni yuqori va pastga tomon tortib chalish yordamida ifodali kuychanlikni hosil etish;

  • ikkala tor о‘zaro uyg‘un-hamsado bо‘ladigan nuqtalarini topib ishlatish:

  • cholg‘uning qopqog‘iga qо‘l barmoqlarini deyarli urmay-tekkizmay, mayin va burro zarblardan foydalanish kabilardan iborat.

Bunday uslubiy sifat dutorchining chap va о‘ng qо‘llari harakatlanishida о‘zaro teng va mukammal ishlovi natijasida yuzaga keltirilgan deyish mumkin.
Faxriddin Sodiqov qayerda ijro etmasin, benuqson changini eshitgan sozandalar unga tan berib, ofarinlar yog‘dirishgan. Hatto chang chalishni bilganlardan bunday chalishni о‘zlashtira olishiga kо‘zi yetmay, changchilikdan voz kechganlar ham bо‘lgan ekan. E’tirof etish joizki, chang ixtisosligi bо‘yicha ham milliy, ham zamonaviy mezonlar nazarda tutilgan taqdirda uning ijro yо‘li andoza etib qabul qilinishi kerak. Hech mubolag‘asiz, Faxriddin Sodiqov XX-asr chang dahosi bо‘lgan!
Faxriddin Sodiqov ishtirokidagi sozandalar ansamblida changning ustuvorligi doimo yaqqol sezilib turardi. Aynan shu cholg‘u jarangi tufayli umummusiqiy bayon sayqal topgan, kuy ohanglarining о‘zaro ulanishi silliq va sadolanishi mantiqan ravon yо‘lga qо‘yilgan bо‘lardi. E’tiborli tomoni yana shundaki, qо‘shiq, ashula va yallalarning jо‘rligida ularning cholg‘u muqaddi- masi hamda jumla о‘rtalaridagi naqarotlari alohida uyushqoqligi bilan ajralib turadi. Ansambl rahbari sifatida Faxriddin Sodiqovning Yakkanavozlik hamda turfa jо‘rnavozliklar muvozanatini ushlay bilishi, barqarorlashtirish iqtidori benihoya kuchli bо‘lgan. Shuningdek, benazir sozanda bastakorning xonanda ovozi hamda cholg‘u tovushlarining sadolanish kuchi о‘zgartishlariga, ya’ni dinamik mantiqqa diqqat va e’tibori nihoyatda baland bо‘lgan.
Misol uchun, taniqli xonandalardan Alijon Hasanov Furqat she’riga aytgan «G‘o‘zalim senga» nomli ashulasining ijrosi о‘z vaqtida radio uyi studiyasida magnit tasmasiga yozib olingan. Unga ixchamgina sozandalar guruhi jо‘rlik qilgan. Aynan Faxriddin Sodiqov bu jo‘rnavozlikda ishtirok etib, о‘z changi ila mohirlik bilan yetakchilik qilgani tufayli asarning yangrashi shirador va jozibali chiqqan.
Atoqli sozanda va bastakor Saidjon Kalonov ilhomiga mansub “Armug‘o” kuyi ham aynan Faxriddin Sodiqov boshqargan cholg‘u ansambli tomonidan yangi jilolar bilan boyitilgan darajada talqin etilgani ma’lum.
Faxriddin Sodiqovning chang chalish uslubidan kelib chiqqan bir nechta atama, ibora va tushunchalar keyingi avlod changchilar iste’moliga kirdi. Xususan, usta changga xos ikki xil rez (bilak va barmoqlar yordamida erishiladigan)ni ajratar, “о‘rab”, “kvarta- kvintalab”, “о‘tkazib”, “maydalamay” chalish kabi iboralarni о‘rinli ishlatgan.
О‘ziga ma’qul bо‘lmagan harakatlarni tanqid ostiga olar ekan, zukko san’atkor о‘ziga yarasha о‘xshatishlar bilan uning badiiy timsolini xam topar edi. Bulardan, masalan, u “oyoqlariga yong‘oq pо‘chog‘ini о‘rnashtirib tunka tomga qо‘yib yuborilgan mushukning yugurishidan chiqqan “chaqir-chuqur” ovozi kabi eshitilishi yoqimsiz”, deya jonli ta’riflashni yaxshi kо‘rar edi.
Shu kabi oliy malaka va fazilatlar 1950-yillarning о‘rtalarida keng omma uchun beriladigan konsert dasturlarini tuzishda ham qо‘l keldi. Faxriddin Sodiqov dastxati bilan saqlangan namunali andozalardan biri asosan о‘z asarlaridan tuzilgan. Unga nafaqat odatiy zarur ma’lumotlar kiritilgan, balki tinglovchilarning diqqat-e’tibori inobatga olingan xolda har bir namunaning janr yо‘nalishi va ijroviy xususiyatlari belgilangan.
Faxriddin Sodiqov rahnamonlik qilgan yoki ishtirok etgan barcha cholg‘u jо‘navozliklari tiniq va shirador yangragani rost. Buning boisi har gal noyob topilma-yu vositalarni qо‘llashda kuzatiladi. Shu jumladan chang chalishda ana shunday bilim va kasbiy maxsus kо‘nikmalarga ega bо‘lishni talab qiluvchi choradan mohirona foydalana olishda ham bо‘lgan.
Hozirda akademik Yunus Rajabiyning tabarruk nomi bilan yuri- tilayotgan О‘zbekiston Teleradiokompaniyasi huzuridagi Maqom ansambli faoliyatining dastlabki davri ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi. Zero mumtoz musiqiy qadriyatlarimizni jonli va tо‘liq holda tiklab olish, audio vositalar yordamida muhrlash, tinglovchilar ma’naviy ehtiyojlarini qondirish borasida mohiyatan tarixshumul ilmiy-ijodiy va amaliy-ma’rifiy yutuqlar qо‘lga kiritildi. Ushbu ibratli amallar tufayli Faxriddin Sodiqovning nomi о‘z-о‘zidan abadiylashgan kо‘rinadi.
О‘zbek maqomi ravnaqining keyingi bosqichlari ham Faxriddin Sodiqov shaxsiyati bilan uzviy bog‘landi. Xususan, Toshkent konservatoriyasi tarkibida tashkil topgan Sharq musiqasi kafedrasida o‘quv-uslubiy ishlarning yо‘lga qо‘yilishi, maxsus musiqa o‘quv yurtlarining о‘rta bо‘g‘inida an’anaviy ijrochilik ta’lim yo‘nalishining joriy etilishi yorug‘ istiqbolni belgiladi. Amalga oshirilgan ishlarning natijasida Respublikamizda milliy cholg‘uchilik va xonandalik bo‘yicha ta’lim tizimi usluban uzil-kesil tiklandi. Bu о‘rinda О‘zbekiston davlat konservatoriyasi an’anaviy ijrochilik kafedrasining talabalar va yosh muallimlar maqom ansambli Faxriddin Sodiqov nomi bilan atalishida katta ma’no va mazmun bor.
Qolaversa, 1983 yildan to shu kunga qadar xar tо‘rt yilda muttasil о‘tkazib kelinayotgan Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqom ijrochilarining tanlovlari ham milliy-musiqiy qadriyatlarimiz kelajagi bilan tutashdir. О‘zbekiston bо‘ylab milliy musiqa ijrochiligi borasidagi ijodiy hamda konsert-ijrochilik jarayoni harakatlanishning dalili bо‘lishi mumkin. Bu kabi ijodiy va ma’rifiy ishlar yosh avlodni nafosat olamiga oshno qilishda muhim omil bо‘lib xizmat qilmoqda.



Download 70.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling