Musiqa madaniyati


Faxriddin Sodiqovning bastakorlik ijodi sahifalari


Download 70.14 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi70.14 Kb.
#1472620
1   2   3   4   5
Bog'liq
N.B. MUSHTARIY

3. Faxriddin Sodiqovning bastakorlik ijodi sahifalari
Zamondosh hamkasblari Imomjon Ikromov, Komiljon Jabborov, Saidjon Kalonov, Nabijon Hasanov, G‘anijon Toshmatov, Muhammadjon Mirzayev, Muxtorjon Murtazoyev va boshqalar singari Faxriddin Sodiqov о‘z musiqiy yaratuvchiligini asosiy mehnat faoliyati, cholg‘u ijrochiligi bilan uzviy bog‘liqlikda olib bordi. Shuningdek, u yosh sozanda va xonandalarga yangi-yangi asarlarini о‘rgatish jarayonida ustozlik qilishni davom ettirdi. Xassos bastakor asosan о‘zbek milliy qо‘shik, ashula, yalla, lapar, kata ashula, cholg‘u va ashula maqom yо‘llari, о‘tmish va hozirgi zamon bastakorlikning kо‘rkam tajriba va an’analari zamirida izlandi. Shu bilan bir qatorda changchi bastakor ayniqsa ovrо‘pocha marsh, vals, xor, romans kabilarning janr, shakl va uslubiy xususiyatlariga befarq bо‘lmagan. Ammo ularga kо‘r- ko‘rona yoki taqlid qilib emas, chuqur tahliliy sinchkovlik bilan yondoshib, tom ma’noda ijodkorona о‘zlashtira oldi.
Sirasini aytganda, bastakor nozik ta’bi va baland didiga loyiq keladigan yangicha, navobaxsh vositalarni tanlab, о‘z о‘rnini topib ishlata olishda kо‘pchilikka о‘rnak kо‘rsatib kelgan. Ularni о‘zbekona о‘zlashtirishda, shuningdek, ochiq yoki yashirin qayta ishlash yoki ovozga moslashtirishda esa kamdan-kam ijodkor Faxriddin Sodiqovga teng kela olgan.
Yurtimizda bu atoqli changchi va bastakorning tabarruk nomi xamon deyarli har kuni takror-takror tilga olinadi. Haqiqatan, respublikamiz radio tо‘lqinlari va telekо‘rsatuvlari orqali muntazam taraladigan, u muallif bо‘lgan yorqin milliy, xalqchil, ommabop dilrabo kuy, qo‘shiq va ashulalar о‘z jо‘rnavozligida magnit tasmalariga yozib olingan son-sanoqsiz xalq musiqa namunalari, mumtoz cholg‘u va ashula maqom yо‘llari san’at ixlosmandlari qalbiga necha о‘n yilliklardan buyon olam-olam zavqu-shavq bag‘ishlab kelmoqda.
Faxriddin Sodiqovning kuy va qо‘shiqlari, yalla va ashulalari, vals va marshlari, о‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun moslab yozgan asarlari xalqona ohang va usullar bilan yо‘g‘rilgan. Ularda milliy musiqa merosimizdagi ommaviy va ommabop, ayniqsa ustozona musiqiy janrlarning andoza va qonuniyatlari puxta asos, mustahkam poydevor bо‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda bastakor yangi zamon ohanglarini, ularga mos keluvchi talqin etish yо‘llarini izlagan va topa olgan. Milliy zamonaviy kuy rivoji yо‘lida, yakka va jo‘rovozlik ijrochiligida talaygina cholg‘ular va ovozlar yordamida u ajib о‘lmas sadolarni kashf eta olgan. Bu ma’noda Faxriddin Sodiqov qalamiga mansub musiqiy asarlarning aksariyatini bir tahliliy tinglashdayoq boshqa misollar orasidan ajrata olish har holda qiyin ish emasga о‘xshaydi.
Ma’lumki, Faxriddin Sodiqovning cholg‘u kuylarida, qо‘shiq va ashulalarida garmonik asos bazida о‘zini namoyon qilsa-da, shakllantiruvchi vositalar qatorida yetakchi bо‘lib xizmat qilmaydi. Chunonchi, ularda milliy uslubiyotning an’anaviy, asl monodiyali tabiati ustuvor о‘rin egallaydi. Bunday bosh xususiyatlardan, birinchi navbatda, parda tuzilish qonuniyatlari, she’riyat bilan mutanosib vaznlarning rang-barangligi, usullar, avjlar, eng muhim shakllantiruvchi vositalar sifatida keladi. Shuningdek, cholg‘ularning mantiqli о‘zaro almashinuviga, yakka sozlar va ansambl sadolanishlarining boy ichki imkoniyatlariga, dinamik о‘zgartishlarga katta axamiyat beriladi8.
Bastakor ilhomiga mansub asarlarni diqqat bilan tinglar ekanmiz, har birida xonanda ovozi hamda mavjud cholg‘ularning ishlatilishi borasida aniq maqsadga qaratilgan reja avvaldan tuzilgandek tuyuladi. Ularning almashinuvida kuy-ohanglar bilan bog‘liqligi, yakkanavozlik ila cholg‘u guruhlarining turlicha о‘zaro jurnavozligi, hamnafasligi mukammal belgilangandek kо‘rinadi.
Nazarimizda, 1950-yillarda О‘zbekiston bastakorlarining xizmatlari bundan ham salmoqliroq bо‘ldi. Chunonchi, T.Jalilovning “Paxta shon-sharafimiz”, “Ey, xur Vatanim”, “Aziz Vatan”, Faxriddin Sodiqovning “Zarafshon”, “To‘y muborak”, “Yashil qishloq”, “Gullar vodiysi”, “Vatan о‘xshar quyoshga”, K.Jabborovning “Baxtiyor”, “Diyorimsan”, N. Hasanovning “Ozod Vatan”, “Bor bо‘lsin tinchlik” va boshqalar о‘zbek va tojik xalqlari о‘rtasida juda mashhur bо‘lib ketgan. О‘zbekiston radio va televideniyesi havo to‘lqinlari, respublikalararo о‘tkazilgan madaniy musiqiy tadbirlar orqali esa bu qо‘shiqlarning ayrimlari uzoq xorijiy mamlakatlarga ham chiqib qanot yozgan. Tabiiyki, hozirda ularning ma’lum qismi tarixiy qо‘shiqlarga aylanib qoldi. Kо‘plari musiqiy she’riy barkamolligi tufayli umri boqiy asarlar sirasiga kirdi.
Faxriddin Sodiqov ijodkorligiga xos fazilatlardan yana biri shundan iboratki, u har bir yangi asarini muayyan ashulachi va sozandaga mо‘ljallab, ularning musiqaviy imkon darajasi, ayniqsa xonandaning ovoz xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratar edi. Asar matni tayyor bо‘lgan qо‘shiq yoki ashulani muallifning о‘zi erinmasdan avval mo‘ljallangan ijrochiga о‘rgata borib, toki “pishitmaguncha”, о‘ziga ma’qul bо‘lmaguncha ishni tо‘xtatmas edi.
Faxridin Sodiqov О‘zbekiston radiosida xalq cholg‘ulari orkestri sozandasi vazifasida xizmat qilar ekan, bu jamoaga о‘zi yoki kompozitorlar bilan hamkorlikda asarlar yaratish bilan ham mashg‘ul bо‘ladi. Maqom ansambliga о‘tgandan keyin bu ijodiy yо‘nalishga e’tibor nisbatan kamaygan bо‘lsada, yо‘qqa chiqmadi. Qariyb о‘ttiz yil mobaynida muallif bastakor shu maqsadlarda kо‘povozli uslubdagi turli janrlarga murojaat etganini kо‘rishimiz mumkin. Bular asosan qo‘shik, pyesa, marsh, vals, poema, rapsodiya, syuita, konsert, shuningdek bir nechta telekо‘rsatuv va radioeshittirish uchun musiqa.
Xalq cholg‘ulari orkestri uchun yaratilgan bastakorning asarlari orasida xar-xil toifadagi ijodkorlik tajribalari uchraydi. Xususan, bular ichida quyidagilarni ajratish mumkin:

  • bastakorning tо‘la mualliflik asar namunalari;

  • muayyan kompozitor chog‘ulashtirgan asarlar;

  • ham mualliflikda kompozitor tomonidan orkestr uchun cholg‘ulashtirilgan, moslashtirilgan yoki qayta ishlangan asarlar;

Shular jumlasidan bastakorning “Gо‘zal”, “Bir gо‘zal”, “Nozi qolibdur”, “Kо‘ngil sen”, “Kо‘nglida borsan”, “Botir chо‘pon qо‘shig‘I”, “Baxt yurti”, “Vatan kirdi qirq birga” qо‘shiklari о‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri jо‘rligi uchun ham ishlab chiqilgan.
Bastakor asosan CHо‘lpon, Usmon Nosir, Boborahim Mirzayev, Sobir Abdulla, Mirtemir, Turob Tо‘la, Akmal Pо‘lat, Saida Zunnunova, Anvar Isroilov, Pо‘lat Mо‘min, Ma’ruf Kornev, Barot Isroil, Zohidjon Obidov, Yong‘in Mirzo, Vosit Sadulla, Sharof Rashidov, E’tibor Oxunova, Jumaniyoz Jabborov va boshqalar qalamiga mansub she’rlarga murojaat qilgan.
She’r tanlashga Faxriddin Sodiqov jiddiy va nihoyatda mas’uliyatli ish deb qaragan. Uning bu borada didi juda baland, sezgisi о‘ta nozik, “qarashi” ancha о‘tkir bо‘lgan. Sо‘zdagi ma’nolarni “chaqishi”, ohangdorlikni ajrata bilishi, vaznini topib musiqiy vositalarni tanlay olish bobida unga kamdan-kam zamondosh bastakor tenglasha olgan desak xato bо‘lmas.
Faxriddin Sodiqov yaratgan musiqiy asarlarning ijrochilari ozchilik emas. Xonandalarning birinchi safida Kommuna Ismoilova, Xalya Yusupova, Siroj Aminov, Shokirjon Ergashev, Orif Alimahsumov, Zokirjon Sultonov, Sattor Yarashev, Mukarrama Azizova, Zaynab Polvonova, Berta Dovidova, Ma’murjon Uzokov, Hasan Sultonov, Karim Mо‘minov, Tursunoy Mamedova, Rahima Yо‘ldosheva, Nafisa Tо‘xtayeva, Xolisxon Kodirova, Habiba Oxunova, Sur’at Pulatov, Ochilxon Otaxonov, Tolibjon Badinov, Yuldosh Mullaboyev, Maxmudali Boyboyev, Ishoq Katayev, Hasan Rajabiy, Zamira Suyunova, Hurriyat Isroilova va boshqalar о‘rin tutadi.
Xassos bastakorning bir qator qо‘shiq va ashulalari turfa xil hamna- faslikni takozo etgan. Bunga erishish qiyin bо‘lsada, jozibasi bо‘lak Mumtoz ijrolarni eslasak, xususan, “Bо‘z yigit” A. Mirzayeva, X. Yusupova va M. Kalandarovalar, “Gul ochilur chamanda” B. Dovidova, X. Yusupova va M. Qalandarova, “О‘yna gulim”, “Shaydosi bor”, “Hayosini kо‘r” kabilar S. Aminov va SH. Ergashevlar, «Tuyona» M. Azizova va hokazo. Polvonovalar, “О‘zbekiston deydilar” K. Ismoilova va M. Dadaboyevalar, “Devkor paxtakor” H. Yusupova va R. Yо‘ldoshevalar jо‘rovozliklarida jonlangan.9
Bastakorning bir-biridan gо‘zal kuylari chang, dutor, g‘ijjak, nay, qo‘shnay va boshqa cholg‘ular yakkanavozligida, milliy cholg‘ular ansambli va orkestri jo‘rnavozligida ham doimo yangrab kelmoqda. Bulardan ayniqsa “О‘zbekcha vals”, “Gulnora”, “Vatan Marshi”, “Ux- sharsiz”, “To‘y muborak”, “Ishq”, “Dutorim”, “Zulayho bо‘lsang”, “Bo‘l menga Mahbub”, “Kо‘zlarim hayosini kо‘r” kabi asarlarining dilrabo kuylari soz ahliga yod bо‘lib qolgan.
Ustozona sozandalikda hozirda Mahmudjon Alimatov, Tuyg‘un Otaboyev, Abdurahmon Xoltojiyev kabi mohir changchilar, G‘ulomjon Hojiqulov, Abduhoshim Ismoilov, О‘lmas Rasulov kabi zabardast G‘ijjakchilar, Zokirjon Obidov, Abdurahim Hamidov, Malika Ziyoyeva, Shuxrat Razzoqov, Gо‘zal Mо‘minova kabi ajoyib dutorchilar va boshqa taniqli sozandalar ijro talqinida, shuningdek, ularning yuzlab shogirdlari ijrosida Faxriddin Sodiqovdan meros qolgan kо‘ngil navolari yurtimiz bо‘ylab mudom taralmoqda.


Xulosa
Faxriddin Sodiqov katta va mazmundor, voqea va hodisalarga juda boy hayotiy yо‘lni bosib о‘tdi. Unga, barcha zamondosh ijodkorlar qatori, ziddiyatli vaziyatlari kо‘p, juda murakkab tarixiy davrda yashab mehnat qilish, ijodiy faoliyatini yuritish nasib etdi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, hassos san’atkor qiyinchiliklarni yengib chiqishga, shaxsiy hayotida ham, kasbiy masalalarda ham chigal tugunlarning yechimini о‘z aqlu farosati bilan topishga odatlandi. U irodasi mustahkam, turmushning achchiq-chuchugini totib, hayot falsafasini ancha erta idrok etgan shaxs sifatida shakllandi, voyaga yetdi. Uning og‘ir sinovli va ayni paytda baxtiyor damlari, barakali mexnati, bosib о‘tgan uzun ijodiy yо‘lining qiziqarli, xar tomonlama ibratomuz saxifalari bisyor.
Faxriddin Sodiqov O‘zbekiston musiqa san’ati tarixida uning ulkan namoyondalari qatorida buyuk sozanda, atoqli bastakor hamda mohir ustoz Muallim bo‘lib o‘rin oldi. Uning avvalo chang ijrochiligi orqali milliy, ustozona, rosmana kabiylik darajasidagi mumtoz an’analar XX asrning inqirozli vaziyatlaridan omon-eson olib chiqdilar.
Faxriddin Sodiqov shunchaki beqiyos mahoratli ijrochi emas, tom ma’noda buyuk va zamondosh o‘zbek bastakorlari asarlari uning ijrosida bahra olgan turli avlodlarga mansub tinglovchilarga o‘ziga xos ijroviy uslub va teran talqinlarda bekami ko‘st yetkazib berildi.
Mazkur o‘z kurs ishimizda Faxriddin Sodiqovning hayoti va ijodi yo‘lini hamda bastakorlik ijodini bayon qilar ekanmiz unda milliy xonandalik, milliy musiqa cholg‘ulari ularning muammolari haqida hamda hozirgi milliy chang ijrochiligi maktabini yaratishga muvaffaq bo‘lganligini guvohi bo‘lib kelmoqdamiz. Shuningdek, yozib qoldirilgan qo‘lyozmalari asarlari notalar yozuvlari avloddan-avlodga taqdim etib kelinmoqda. Ularni rivojlantirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur kurs ishimizda zarur va kerakli ma’lumotlar yig‘ib, tahlil qilib, ochib berishga harakat qildik va qimmatli ma’lumotlar oldik.



Download 70.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling