Musiqa madaniyati
Download 70.14 Kb.
|
N.B. MUSHTARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izlanish uslublari
Kurs ishining maqsadi: Faxriddin Sodiqovning hayoti va ijodi, sozandalik san’ati hamda bastakorlik ijodi sahifalarini o‘rganish.
Kurs ishining obyekti: Faxriddin Sodiqovning hayoti va ijodini o‘rganish jarayoni. Kurs ishining predmeti: Faxriddin Sodiqovning tuzish shakli. Kurs ishining vazifalari: Mavzuga oid adabiyotlar, ilmiy ishlar va elektron ma’lumotlar to‘plash, o‘rganish va taqqoslab tahlil qilish; Faxriddin Sodiqovning ijodini batafsil yoritib berish; Faxriddin Sodiqovning ijodini o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab berish. Izlanish uslublari: To‘plangan ma’lumotlarni bir-biri bilan taqosslash, tahlil qilish, mustahkamlash, xulosa chiqarish. Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi asosiy qism, 3ta paragrapf, xulosa, foydalanilgan adabiyot va ilovalardan iborat. 1. Faxriddin Sodiqovning hayoti va ijodi Faxriddin Sodiqov 1914-yil 14-may kuni6 Toshkent shaxrida temir yo‘l ishchisi oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Sodiqxo‘ja To‘ra jonov qarindosh-urug‘lar orasida, istiqomat qilgan Ganj-tepa nomli mahalla7 aholisi o‘rtasida o‘ziga yarasha obro‘ e’tibor qozongan, iymon-ediqodli, savodxon va bama’ni kishilardan bo‘lgan. Onasi Turasoyibxon aya har bir hovli bekasi zimmasida bo‘lgan oilaviy- maishiy yumushlaru uy-ro‘zg‘or tashvishlari, farzandlarini o‘stirish va tarbiyalash xizmatlari bilan shug‘ullanib kelgan. Bu oilada birin-ketin uch nafar suyukli farzand bir qiz va ikki o‘g‘il dunyoga keldi. Mexribon ota-ona ularga yaxshi tarbiya berib, e’tiqodli, bilimli, kasb-hunarli, yaxshi insoniy fazilatlarga ega bo‘lib yetishishlari orzusida yashab, ter to‘kib mehnat qilishdi. Afsuski, Sodiqxo‘ja akaga olis istiqboldagi ko‘p baxtli damlarni, farzandlari rohatini hayotligi davrida ko‘rish nasib etmadi. U 1924-yilda ogir kasallikdan shifo topolmay bandalikni bajo keltirdi. Boshga tushgan bu og‘ir musibat oila a’zolariga juda katta mush- kulliklarni keltirdi. Endi ro‘zg‘orni «tebratish», ukasi Faxriddin va singlisi Muxtabarni tarbiyalashda onasiga yordam ko‘rsatish tashvishlari to‘ng‘ich o‘g‘il Shamsiddinxon zimmasiga mas’uliyatli yuk bo‘lib tushdi. Iloj qancha, taqdiri azalga tan berib, yaratganga beadad shukronalar aytishni yodidan chiqarmay, yosh yigit shahar bosmaxonalaridan birida ishchi bo‘lib mehnat qila boshladi. Aksariyat ziyoli o‘zbek xonadonlarida bo‘lgani kabi, To‘rajonovlar uyida xam xalqimizning eng sevimli musiqa cholg‘ularidan bo‘lmish Dutor mehmonxona to‘rida, gilam qoqilgan devor o‘rtasida shoyi ipga osiqlik turardi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qib yurib, aql-hushini ancha tanib qolgan Faxriddin mehmonxonaga kirgan paytlarida eski dutorga uzoq-uzoq termilib qolardi. Ochig‘i, murg‘ak ko‘nglida bu sozdan un-sado chikarib ko‘rish orzusi paydo bo‘lgan edi. Kunlarning birida akasi ishdaligida, onasi esa hovlida yumush bilan band bo‘lgan fursatni poylab, Faxriddin hech kimga bildirmay dutorni osilgan joyidan asta chiqarib, qo‘liga oladi. U o‘zicha chap qo‘l barmoqlarini dastadagi ipga bosib, o‘ng qo‘li bilan chertib ko‘radi. Nihoyat, chiqayotgan mayin sadolarni bir-biriga bog‘lash harakatiga tushadi. Bolakay “mashq” qilish bilan shunchalik qiziqib ketadiki, allaqancha vaqt o‘tib ketganini sezmay qoladi. Xizmatdan barvaqtroq uyga qaytgan Shamsiddin ukasi dutorni o‘zicha “tingillatib” o‘tirganining ustidan chiqib qoladi. U ukasiga mexribonlik bilan pardalarni chap qo‘l barmoqlari bilan qanday bosishni erinmay ko‘rsata boshlaydi. Faxriddinning sexrli tovushlar olamiga bo‘lgan ishtiyoqi balandligini anglab, tirishqoqligiga tan beradi va, astoydil xatti-harakatlarini mamnunlik bilan bir zum kuzatib qoladi. Tez orada Shamsiddin ukasining bu qiziqishi ancha jiddiyligini fahmladi. U dutor chalishni biladigan mahalladosh do‘stlaridan biri Abdulazizdan ukasi bilan mashg‘ulot o‘tkazishni iltimos qiladi. Ha demay Faxriddin epchillik bilan “ilib” olayotgan oddiy kuy-oxanglarni dutor pardalarida “topib”, yangratish ko‘nikmalarini bemalol namoyish eta boshlaydi. Umumiy ta’lim maktabida ashula darslari boshlandi-yu, uning musiqaga bo‘lgan qiziqishi va ixlosi yanada ortdi. 1926 yilda Faxriddin Sodiqov onasi va akasining ijozatini olgach, maktab qoshida ochilgan musiqiy to‘garakka qatnay boshladi. Bunda ko‘plab qobiliyatli xavaskor sozanda va xonandalarning birinchi muallimi hisoblangan No‘monqori Mo‘minzodaning xizmatlari ayniqsa katta bo‘lgan. Faxriddin “Cho‘lpon” nomidagi birinchi son “birinchi bosqich” ya’ni to‘rt yillik umumta’lim maktabida o‘qib, 1925 yilda uni a’lo va yaxshi baxolar bilan tamomladi. Shu bois onasi va akasining roziligi bilan Shayxontohurda yangi ochilgan, o‘sha paytlarda “ikkinchi bosqich” nomida yuritilgan maktabga o‘tib, ta’lim olishni davom ettiradi. Faxriddin Sodiqov hayotida muhim voqealardan biri 1928 yilda ro‘y berdi. Yosh havaskor sozanda Hamza nomidagi drama teatrining Eski Juva maydoni yaqinida joylashgan burungi binosida yosh musiqachilarning shahar miqyosida o‘tkazilgan tanlovida qatnashishga tavsiya etildi. Bellashish natijasida u dastlabki muhim ijodiy muvaffaqiyatni qo‘lga kirita oldi: tengqur sozandalar orasida dutor va chang chalish bo‘yicha faxrli Ikkinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Faxriddin Sodiqov olgan tavsiyaga binoan poytaxt musiqa texnikumiga o‘qishga kirib, Sharq musiqasi bo‘limida tahsil ko‘ra boshladi. Toshkent davlat musiqa texnikumini bitirgach, 1930-yilda yosh mutaxassis bir necha korxona va tashkilotlarga qarashli xavaskorlik musiqa to‘garaklarida ishlab, uch yillik mehnat tajribasini orttirishga ulguradi. 1936-yilda O‘zbek davlat filarmoniyasi tashkil etilishi o‘z vaqtida Respublikamiz madaniy hayotida katta ahamiyatga molik voqealardan bo‘ldi. Qariyb bir yildan so‘ng Moskvada o‘tkazilajak O‘zbekiston adabiyoti va san’ati dekadasiga qizg‘in tayyorgarlik boshlandi. Shu boisdan asosan respublikamiz barcha viloyat teatrlarida ishlab turgan mashhur san’atchilar, shuningdek iqtidorli yosh milliy cholg‘u va ashula ijrochilaridan kattagina guruhi poytaxtga keltirilib, filarmoniya huzurida yangi tuzilgan milliy ashula va raqs ansambli tarkibiga o‘tkazildi. Ma’lumki, mazkur ijodiy jamoa 98 nafar xonanda va sozandalardan iborat bo‘lgan. Ular orasida Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim Ibodov, Safo Mug‘anniy, Madrahim Sheroziy, Mamatbobo Sattorov, Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umurzoqov, Yusufjon qizik Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Berkinboy Fayziyev, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov va boshqalar o‘z ijrochilik Faoliyatini davom ettirdilar. Shular qatorida Faxriddin Sodikoq ham sinov dovonlaridan o‘tib, 1937 yilning 1 yanvarida Milliy orkestrga yakkanavoz changchi hamda changchilar guruhiga rahbar etib ishga tayinlandi. Moskvada katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazilgan anjumandan qaytgach, T. Jalilov rahbarligidagi ushbu jamoa Ozarbayjon va Belorussiya shaharlari bo‘ylab ijodiy safarni amalga oshirdi. Aytish joizki, 1936-1941-yillarda Faxriddin nafaqat mohir sozanda, balki yosh bastakor sifatida o‘zining ilk asarlari bilan musiqa jamoatchiligiga tanila boshladi. Kuchli sozanda va iste’dodli bastakor ijodiy balog‘at yo‘lidan dadil qadam bosib, faoliyati mazmunan tobora kamol topayotgan palla edi. Favqulodda Gitler boshchiligidagi Germaniya davlatlararo imzolangan bitimni poymol qilib, SSSR ga qarshi urush ochdi. Bu to‘g‘rida Moskvadan yetkazilgan mudhish xabar bir zumda butun el-yurtimiz bo‘ylab tarqaladi. Mamlakat aholisini necha paytlardan beri vahimaga solib kelgan mish-mishlar endi dahshatli haqiqatga aylangan edi. Barcha sog‘lom, vatanparvar tengqurlari qatorida Faxriddin Sodikoq xam urushga borish uchun hozirlik ko‘ra boshlaydi. Uning xayolida endi qo‘lidagi cholg‘uni qurolga almashish qanday kechar- kin? degan savol qiynardi. Xayriyat, ko‘zga ko‘ringan, elga tanilgan musiqachi bo‘lib yetishgani bois uning taqdiri san’atdan uzilmadi. Ko‘p vaqt o‘tmay u bir gurux taniqli o‘zbek san’atkorlari qatorida front orti hamda jangovar armiya qismlarida jasorat ko‘rsatayotgan askarlarga madaniy xizmat qilish uchun jalb etiladi. Shu maqsadlarda Faxriddin Sodikov O‘zbek davlat filarmoniyasi qoshida tuzilgan front-konsert brigadalarining biriga biriktirilishi xaqida xabar topadi. Ko‘p o‘tmay u Gavhar Rahimova boshchiligidagi o‘n olti nafar yosh xonanda, sozanda va raqqosalardan iborat «O‘rta Osiyo xalqlari ashula va raqs ansambli»ga changchi va musiqa rahbari etib tayinlandi. Download 70.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling