Musiqa madaniyati
Download 70.14 Kb.
|
N.B. MUSHTARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH Kurs ishining dolzarbligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “MUSIQA MADANIYATI” FAKULTETI O‘zbek xalq musiqa ijodi fanidan “Faxriddin Sodiqov-atoqli sozanda, bastakor va ustoz” mavzusidagi KURS ISHI Bajardi: 301 - guruh talabasi Rustamova Mushtariy Xurshid qizi Rahbar: “Musiqa nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Norboyev.B.___________ Toshkent-2023 Reja Kirish 1.Faxriddin Sodiqovning hayoti va ijodi yo‘li. 2.Bastakorning sozandalik san’ati. 3.Faxriddin Sodiqovning bastakorlik ijodi sahifalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillika erishgan dastlabki yillardan boshlab, har tomonlama rivojlangan, maʼnaviy va axloqiy salohiyati yuksak barkamol inson tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustivor yoʼnalishlari qatoridan oʼrin olib kelmoqda. Zamonaviy jarayonda oʻtmish an’analariga yangicha qarash, ilgʻor rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, ya’ni insonlarni ruhiy hamda ma’naviy tarbiyasiga asos boʻla oladigan omil sifatida qaraladi. Oʻquv-ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida bunga e’tibor berilishining sababi ham shunda ekanligi shubhasizdir. Qolaversa, ta’limda alohida-alohida standartlar tarzida ishlangan dasturlar asosida faoliyat olib borish yoʻlga qoʻyilmoqda. Natijada oʻqitish mezonida qoʻllanilayotgan adabiyotlar va mavjud barcha nashrlarni zamonaviy talab darajasidagi yangi qarashlar bilan boyitish, shaklan hamda mazmunan yahlit bir oʻquv adabiyoti koʻrinishiga kedltirib takomiliashtirish taqozo etilmoqda. Mamlakatimizda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat ta’lim standart (DTS)ini joriy etilishi oʻrta umumta’lim maktab oʻqituvchilari zimmasiga qator muhim vazifalarni yuklamoqda. Shu bilan birga, umumta’lim maktablarda 11 yillik oʻrta ta’limning joriy etilishi ham oʻz navbatida, oliy ta’lim tizimida ta’lim oladigan boʻlajak oʻqituvchilarni zamonaviy talablarga muvofiq tayyorlash, maktab oʻqituvchilarini esa malakasini oshirishga boʻlgan yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda milliy ashulachilik maktabi istiqboli haqida gap borar ekan, bu buyuk ma’naviy qadriyatimiz boʻlmish musiqa merosimizni ta’lim-tarbiya tizimida oʻrganish va uni tiklash eng zarur vazifamizdir. Chunki IX asr buyuk faylasufi Al Kindiyning ta’biri bilan aytganda “Ajdodlar merosini oʻrganish – avlodlar aqliga jon baxsh etuvchi bir obi-hayotdir” 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 17- noyabr kuni imzolagan “Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori mamlakatimizda an’anaviy san’atimiz hisoblangan maqom ijrochiligiga boʻlgan e’tiborning yuksak namunasidir2. Bundan tashqari hozirgi kunda Shavkat Mirziyoyev «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 3qarorni imzoladi va hujjat sharhi quyidagilarni tashkil etadi: Xususan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilariga milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi. Musiqa fani o‘qituvchilarining milliy cholg‘ulardan kamida bittasini, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasini chala olish mahoratiga ega bo‘lish majburiy hisoblanadi4.Ularga asosiy ish joyida ish haqini saqlab qolgan holda, musiqa fanidan dars o‘tish va to‘garak mashg‘ulotlarini olib borishga ruxsat beriladi. Musiqa darslarida «Hayotimga hamrohdir cholg‘u» shiori ostida «cholg‘u ijrochiligi» mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yiladi. Maktablarda notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. 2022−2024-yillar davomida 10130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg‘ular bilan 3 to‘plamdan ta’minlanadi. Buning uchun respublika va mahalliy budjetlardan teng ulushlarda jami 205 mlrd so‘m ajratiladi.Shuningdek, o‘quvchilar uchun milliy musiqa cholg‘ulari, tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik yo‘nalishlarida amaliy to‘garaklar tashkil etish uchun 2022 yilning o‘zida 92 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan cholg‘u asboblari, ovoz kuchaytirgich moslamalari, texnik jihozlar, chiroqlar, maxsus liboslar O‘zbekistonga olib kirilishiga 2025-yil 25-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida maktabni bitirgan bola kamida bitta kasb bilan birga bitta milliy cholg‘u asbobini chalishni bilishi shartligini va bu joriy etilishini ta’kidlab o‘tdilar. O‘qituvchining yuqori darajadagi psixologik savodi va madaniyati o‘quv tarbiyaviy ishlar jarayonida barcha turdagi psixologik vazifalarni samarali amalga oshirishga yordam beradi. Shuning uchun o‘quvchilar musiqiy madaniyatini shakllantirish barcha musiqiy faoliyatlar jarayonida o‘quvchilarni diqqatini to‘plash, ularning ham aqliy ham hissiy idrok etishini tashkil etish, xotirasini, ijodiy taffakurini rivojlantirish, ularning aqliy, irodaviy va boshqa xususiyatlarini shaklalantirish kabi psixologik jarayonlardan samarali foydalanishga bevosita bog‘liqdir.Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy qirralaridan biri bo‘lib atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishda qadrlashga o‘rgatadi, inson yuksak did bilan qurolantiradi va ma’naviy dunyo qarashini shakllantiradi. Xuddi shuningdek, O‘zbekiston Respubliqasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi PF-60-sonli5 , 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-5040-sonli qarori, ushbu sohani rivojlantirish Davlat nazoratida ekanligidan dalolatdir. Download 70.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling