«musiqa nazariyasi» kafedrasi


S.V.Raxmaninovning fortepiano ijodi


Download 237.77 Kb.
bet31/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

S.V.Raxmaninovning fortepiano ijodi.

Bayoni: Fortepiano uchun musiqa Raxmaninov ijodida asosiy va erkin soxasidir. Bu soxada kompozitorni talanti erkin va mukammalligi mashhur asarlar orqarli ko’rsatilgan.


Royal uchun asarlari yirik va kichik shakllarga bo’linadi. Lirik shakldagi asarlari: № 1, № 2. № 3, № 4 kontsertlari; fortepiano va orkestr uchun Paganini mavzulari asosida rapsodiya; 2 ta sanota va 2 ta variaitsyalar to’plami 1-SHopen mavzulari asosida, 2-Korelli mavzulari.
Kichik shakldagi asarlari; I qismi pessa-fantaziya № 3, musiqiy lahzalari, pessalar № 10 prelyudiyalar; etyud-tasvirlar, taniqli polka.
Ilk davrda yozilgan asarlari: Elegiya, Melodiya, Romons, Naktyurn, Serenada, Borkarola, Vals, Mazurka va boshqalar.
Pessalarni janr va musiqiy tili Chaykovskiy, Arlenskiy miniatyuralarini eslatadi. “Qudratli to’da” kompozitorlarning davomchisi bo’lib, Raxmaninov ‘Slavt” «Burlotskaya» va «Yumorskada» xalq maishiy obrazlarni, «Serenada»da sharq, lirik belgilarini yorqin tasvirlab beradi. Yosh kompozitorning lirik-patetik usulida yozilgan prelyudiya do minor ilk davridagi ko’zga ko’ringan yetuk na’munasidir. Prelyudiyani xarakteri fojeali, isyondir.
Prelyudiyani kompozitsiyasi — 3 qismli bo’lib, uning asosida 2 xilma xil obrazni taqqoslanishi ko’rsatilgan. 1 mavzu — (1ento) — shiddatli va qayg’uli ko’rinishda ifodalangan. 2 mavzu (agitato) — tez xarakatda mavzu qisqa tuzilmani sekventsion rivojlanishi asosida tuzilgan.
Repriza — dinamik.
Raxmaninov bu asarda birinchi marta lirik obrazini boshqa tomonini xam yorqinn aks ettiradi.
Bu mavzular uning «Melodiyalarida» yoritilgan.
6 musiqiy lahzalar. Raxmaninovni ilk davrini yakunlaydi. Musiqiy laxzalar dramaturgik obrazlar orqarli bog’langan sikl (to’plam). Unda birin-ketin tez va sekin xarakatdagi pessalar navbatlashib o’tildi. Minor tanolnostida (koraletir xarakterda) — 4 pessa. «Mayin va yorug’» xayot xursandchilik xarakatda mojar tanolnostidagi pessalar - 5 va № 6 Do-majordagi musiqiy laxza. Ular Raxmaninovni qaxramonaviy xarakterdagi birinchi va erkin asarlaridandir. Asarni kuyi deklamatsion usulida mavzu asosida ritmik xarakat, sakrashlarni oxangdorlik va yorqinligi shakllantiradi. Virtuozli usullar asarga kontsert etyudi xususiyatlarini bag’ishlaydi.
Raxmaninov ijodining asosiy davri prelyudiya, etyud - tasvirlar va kontsert janrlari bilan mashxurdir. Prelyudiyalarda asosan kompozitorning fortepiano uslubi alomatlari sezilarli darajada.
Raxmaninovni prelyudiyalari Shopen va Skryabin prelyudiyalari kabi barcha major va minor tonalliklargini o’z ichiga oladi.
Sibemol mojar prelyudiyasi (№ 2 soch 23) — qaxramonona — monumental asardir. paxlavonlilik xarakteri bilan Glinkaning epik musiqasiga yakunidir.
Re — minor prelyudiyasi (№ 3 soch 23) — dramatik bo’lib kompozitor tomonidan menuet janriga og’dirilgan (pereosmkrpen).
Sol — minor prelyudiyasi esa (№ 5 soch 23) Marsh janrining psixologik talqin (traktovka) etgan. Prelyudiyada ikki xil ematsional xolat o’zaro solishtirilgan.
Re — major prelyudiyasi (soch №° 4) Raxmaninovning musiqiy lirik tasvirning eng yorqin na’munalaridan biri. Rus tabiat obrazlari bilan boyitilgan.
Raxmaninovning etyud-tasvirlari yangicha talqinga ega ya’ni oddiy etyud bo’lib qolmay, balki adabiy asar sifatidadir.
Etyudlar ikkita daftardan iborat bo’lib yorqin obrazli, rang-barang kun qirrali fortepiano fakturasining boyligi monumental xarakterga ega 17 ta pessani o’z ichiga olgan va bu to’plamning asosiy xususiyatidir.
Raxmaninovning fortepiano asarlari kontsert uchun mo’ljallangan bo’lib, yorqinlanishi, rang-barangligi, kengligi bilan ajralib turadi.
Kompazitsiyasining oddiyliligiga qaramay Raxmaninov prelyudiyalari musiqiy tip va fakturasining chuquriyligi bilan sezilarli darajada keng beqyosdir.
19 asr simfonik va opera musiqa klassiklariga xos xarakterlar, yani rus lirik obrazi o’tmish tarixiy ko’rinishlari xalq.-epik va janr elementlari, o’ychan falsafiy fikrlash — barcha obraz va mavzular Raxmaninovning fortepian ijodida o’z aksini topdi
Raxmaninovning ijrosiga hos tipik hususiyatlari.

  1. Raxmaninov nuqsonsiz texnika ijroning barcha uslublariga ega bo’lganda o’zining shaxsiy yangi usullarini yaratdi.

  2. Uning musiqasi yorqin obrazga ega bo’lib faqatgina tabiat tasviri emas, balki sevishni ham ko’rsatgan

  3. Vazmin akkordlar, turli ikkilanishlar, akkordlarning zich joylaShuvi kulminatsiyani juda yorqin ajratib turadi.

  4. Raxmaninov ritmni juda mahoratli sezgan holda tekis, ravshan kuchli xissaga to’g’ri keladigan yorqin aktsent bilan ko’rsatishni afzal ko’rgan.

  5. Fortepiano sozini yangicha talqin etib, ilik xarakterdagi insonning vokal ovoziga mos keltiradi.

  6. Raxmaninov o’z ijrosida xaqqoniylikni ustun qo’ygan. Har bir virtuoz xollar obrazli fikrlashga bo’ysundirilgan.




Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling