«musiqa nazariyasi» kafedrasi
Download 237.77 Kb.
|
МДХ маърузалар матни тайёр
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Meliton Antonovich Balanchivadze (1863 -1937).
- Nazorat uchun savollar
Nazorat uchun savollar:
Gruziya musiqa madaniyati nimasi bilan xarakterli? Gruziya musiqasini rivojida kimlarning o’rni beqiyos? Mavzu: Zahariy Petrovich Paliashvili (1871-1933). Gruzin,sovet kompozitori. Musiqaviy ma’lumotini Moskva konservatoriyasida 1903 yilda tamomlagan. Gruzin xalq qo’shiqlarini katta qunt va shijoat bilan yig’ib, ularni o’rganish bilan Shug’ullangan. (100 tadan ziyod ko’shiqlar yozib olgan) Gruziya filarmonik jamiyatiga rahbarlik qilgan, Tbilis konservatoriyasida kompozitsiya sinfi professori lavozimida ishlagan; Uning nomi bilan Tbilisidagi opera va balet teatri atalgan. Ijodiy merosida «Abesalom va Eteri», Shuningdek «Daisi» kabi operalari qiziqishni uyg’otib, asosiy ahamiyatni kasb etadi. Mazmun -mohiyati, usuli nuqtai nazardan o’ta xalqchil, Shu bilan birga ular rus klassik musiqasining eng avzal an’analariga amal qilib yaratilgan. Mavzu: Meliton Antonovich Balanchivadze (1863 -1937). Gruzin, sovet kompozitori va jamoa arbobi. Peterburg konservatoriyasida N.A.Rimskiy -Korsakov qo’lida o’qigan. Gruzin xalq qo’shig’ining katta bilimdoni, u Rossiyaning chekka chekka shaharlarida o’zi raxbarlik qilgan milliy xor bilan kontsertlar berib, gruziya xalq ijodini targ’ibot qilgan. Balanchivadze -birinchi gruzin romanslar va «Kovamaya Daredjan» kabi operasining muallifi. Ush bu opera 1897 yilda gruziya adabiyotining mumtoz yozuvchisi A. Seretelining dramatik poemasi bo’yicha yozilgan. 1918 Balanchivadze Kutaisi musiqa bilim yurtini tashkil etgan. Hozirgi kunda bu dargoh kompozitor nomi bilan atalgan. Nazorat uchun savollar: Zahariy Petrovich Paliashvilining mashxur asarlari qaysilar? Meliton Antonovich Balanchivadze ustozi kim? Qirg‘iziston musiqa madaniyati A.M.Maldibaev ijodi Reja: Qirg‘iz musiqa san’atiga xarakteristika Qirgizistonda musiqa madaniyatini rivojlanishi. A.M. Maldibaev ijodi. Qirg‘iz musiqa san’ati paydo bo’lishi qadimgi 16 asr boshlaridagi O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo madaniyati davriga to‘g‘ri keladi. U qo‘shni xalqlar madaniyati bilan bog‘liq (Qozog‘iston). Qirg‘iz madaniyati ikki yo‘nalishda rivojlangan milliy va og‘zaki an’anadagi professional musiqa. Qirg‘iz musiqasi tabiatan qayta ishlangan. Unda variantli va variatsiyali rivojlanish asosiy rol o‘ynaydi. Lad almashinuvining axamiyati juda katta. Metroritmi turli xilligi bilan katta farq qiladi. Xalq qo‘shiqlari o‘ziga xos ijro uslubida (obon) tuzilgan. Cholg‘u musiqasida ko‘p pesalar dasturga asoslangan. Xar xil cholg‘ulardagi yakka ijro ko‘p tarqalgan bo‘lib, bular qatoriga: torli kamonli- qobuz (Shuningdek jor sifatida); qo‘shtorli-kamonli-kilkiyak, yog‘ochli damli-choor, sibizga, karnay, surnay, og‘izda chalinadigan temir qobuz, jigach- sozqobuz. Milliy vokal ijodi birgalikdagi noturg‘un ijro shaklida bo‘lib, bir ovozli qo‘shiqlardan iborat. Milliy professional vokal ijodi og‘zaki an’anaviy epik janr bilan ifodalangan bo‘lib, qaxramonlik trilogiyasini o‘z ichiga oladi. ular: «Mamae», «Semetey», va «Ssytek». Taniqli manaschilar-Sagimbay Orozbakov, Sayaqbay Qaralaev; akipchilar- Toktogul Satilgapov, Kalik Akiev; irchilar Atay Ogombaev; qo‘shiqchi Kurma (Toqtogulning onasi). 20 yillarda Qirg‘iz milliy musiqasini rivojlanishida akin san’ati katta rol o‘ynagan. Shu davrda Qirg‘iz akin dastalarini Toktogul Satilganov boshqarib borgan. T. Satilgapov buyuk qo‘shiqchi hamda qobuzni mohirona ijro etar edi. U vokal va musiqa cholg‘u asboblari uchun ko‘plab ajoyib qo‘shiqlar yaratgan. Xayoti davomida ko‘plab shogirdlar chiqargan, bular; Alimqul Ussibasi, Kalik Akiev, Korgol Dosiev, Atay Ogonbaev va boshqalar. Sovet xokimiyati akinlar jamiyatini qo‘llab-quvvatlab turgan. 20 yillarning o‘rtasida madaniy xayot rivojlana boshlagach. Musiqa va teatr asta jonlana bordi. 1925-yilda bu erga Toshkent opera va musiqali komediya kollektiv kelib, «Karmen», «Sevilskiy siryulnik» operalarini, «Jrisa ognya» va «Silva» operettalarini namoyish etdilar. Iyul oyida Ukraina musiqa teatri truppasi kelib, «Natalka-Poltavka» va «Zaporojets za Dunaem» kabi ukrain operalari bilan tanishtirdilar. 1928-yilda Frunze shaxriga A.Zataevich keldi. U qisqa vaqt ichida xalq musiqachilari va ularning shogirdlari ijrosida 250 ta milliy musiqani yozib oldi. 1934-yilda A.Zataevichning «250 ta Qirg‘iz cholgu pesasi va qo‘shiqlari» to‘plami nashr etiladi. 1930-yilda Qirg‘iz davlat teatri tashkil etildi. Qirg‘iz musiqa san’atini rivojida Qirg‘iz san’at arbobi P.S. Hubinning ijodi aloxida o‘rin tutgan. P.S. Hubin Qirg‘iz qo‘shiqlari va cholg‘u kuylarini qayta ishlab, yangi qirgozcha asarlar yaratadi. Download 237.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling