Musiqa tarixi” fanidan O`quv-uslubiy majmua


Download 1.35 Mb.
bet4/49
Sana17.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1551641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Z.Xaydarov Musiqa tarixi Majmua

Avstriya, Avstriya Respublika s i (Osterreichische Republik)— Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning o‘rta oqimi havzasida joylashgan. Mayd. 83 ming 858 km2. Aholisi 8 mln. kishi (1996). Poytaxti — Vena sh. Davlat tuzumi. A.— federativ respublika. Musiqasi. O‘rta asrlardan boshlab sayyoh musiqachilar, shpilmanlar, va gantlar (qochoq talabalar, ishqiy, hazil qo‘shiq ijrochilari) xalq musiqa madaniyatining namoyandalari bo‘lgan. 17-a.da xalq musiqa teatri (zingsh-pil), kamer musiqasi va simfoniya vujudga keldi. 18-a.ning 2-yarmida Vena klassik maktabi shakllandi (Y. Gaydn, V. A. Motsart va L. Betxoven). K. V. Glyuk uning eng yaqin o‘tmishdoshi edi. 19-a.ning 1-yarmida F. Shubert A. musika-sida romantik oqimga asos soldi, bal musiqasi g‘oyat mashhur bo‘ldi (Y. Lan-ver, Shtrauslar oilasi), Vena operet-tasi qaror topdi Y. Shtraus (o‘g‘il), F. Zuppe, K. Seller. I. Brams va A. Brukner ijodida simfonik musiqa yuksak darajaga ko‘tarildi. 20-a. boshlarida atokli simfoniyachi G. Maler ijod etdi. F. Shreker opera janri-da ishladi. 19-a. oxirida Yangi Vena maktabi yuzaga keldi (A. Shyonberg, A. Berg, A. Vebern). Hoz. zamon A. musiqa-sida yangi klassitsizmdan tortib mo-dernizmgacha bo‘lgan turli oqimlar mavjud. Kompozitor Y. Marks romantik realizm deb atalgan o‘z maktabini yaratdi, uning shogirdlari — A. Kaufman, F. Vildxans, ijrochilar orasida — dirijyorlar G. Karayan, K. Byom, yakkaxonlar orasida E. Shvarskopf, G. Tepper, I. Metternix va b. Musiqa ja-moalari: Venada — Vena davlat operasi, Xalq operasi («Folksoper»), Kamer teatri, uchta simfonik orkestr, Vena o‘g‘il bolalar xori, Gratsda — opera; Zalsburgda 1841 y.dan Motsarteum — xalqaro motsartshunoslik markazi ishlab turibdi. Mazkur uchchala shaharda musiqa va drama san'ati akademiyalari bor.
Fransiya (France). Fransiya Respublikasi (Republigue Franchise)-G‘arbiy Yevropadagi dav-lat. G‘arbda va shim. da Atlantika okea-ni hamda La-Mansh bo‘g‘ozi, jan.da O‘rta dengiz b-n o‘ralgan. Mayd. 547,03 ming km2. Aholisi 60,424 mln. kishi (2004). Poytaxti-Parij sh. Ma'mu-riy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga bo‘lingan. F. tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna o.lari va b.), hududiy birliklar (Mayot-ta va Sen-Per va Mikelon) bor. Davlat tuzumi. F.-respublika. Musiqasi. F. milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11-13-a.larda trubadur va truver (shoir-xo-nandalar) musiqa san'ati rivojlan-gan. 14-a.dagi ilk Uyg‘onish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. O‘sha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi san'at) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqa-ning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifo-niyasi ustasi K. Janeken, gugenot xori asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi b-n bog‘liq. 1672-87 y.lar «Grand opera» teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-a.dan cholg‘u musiqa-lyutnya (D. Go-te), klavesin (J. Shamboner, L. Ku-peren), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholg‘u syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi-fransuz musiqiy klas-sitsizmi cho‘qqisidir. 18-a.ning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-a. o‘rtalarida milliy simfoniya paydo bo‘ldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr-komik opera ham paydo bo‘la boshladi. Uning yetuk muallifla-ri qatoriga E. Duni, F. Filidor, kom-pozitorlardan P.A. Monsini («Dezertir», 1769), A.E. M. Gretri («Lyusil», 1769) kiradi. Komik operalar «Opera komik» teatri (1715 y. Sen-Jermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801 y.dan yuqorida-gi nom)da qo‘yilgan. 1792 y. J. Ruje de Lil tomonidan «Marseleza» yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793 y. Parijda Milliy musika in-ti (1795 y.dan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-a. boshlarida Parij jaxrn musika ma-daniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-a. 2-yarmida esa lirik opera janri paydo bo‘lgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida o‘z aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining cho‘qqisiga aylandi («Karmen», 1874). 19-a. 80-y.larida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-a. 2-yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-a. oxiri-20-a. boshida S. Frank, K. Sen-Sane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda sa-marali ijod qilishdi. F.da shanson (ommabop qo‘shiq) janri gullab yash-nadi. 20-a. musiqasida impressionizm yaratildi (K.Debyussi, M.Ravel). 1-jahon urushidan so‘ng F. musiqa san'atida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi («Oltilik» kompozitorlari D.Dyurey, D.Miyo, J.Orik, A.Onegger, F.Pulenk, J.Tayfer va b.). 2-jahon urushidan so‘ng F. musiqa hayoti jonlandi. O.Messian, F.Pulenk, D.Miyo, A.Jolive, A.Core, J.Orik, J.Franse, M.Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollash-di. 1950-y.lardan dodekafoniya, aleatorika, elektron mueщa, sonorizm, konkret musiщa kabi yangi musiqa yo‘nalishlari rivoj topdi (P.Bulez, Ya.Ksenakis, P.Sheffer va b.). 20-a. fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar P.Montyo, I.Markevich, A.Klyuitens, Sh.Myunsh, L.Foreste, P. Pare, Sh.Bryuk, S.Bodo, J.Martinon, P.Bulez; pianinochilar A.Korto, M.Long, R.Kazadezyus, I.Nat; skripkachilar J.Tibo, 3.Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar M.Mareshal, P.Furne, P.Tortele; organchilar Sh.Turnsmir, Sh.Vidor, M.Dyupre, M.Dyurufle; xonandalar D.Dyuval, J.Krespen, L.Pens; shansonelar M.Shevale, E.Piaf, Sh Aznavur, J.Beko, J.Dassen, J.Brassens, M.Matyo va b. Parij, Avinon, Eksan-Provans, Strasburg, Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, La-Ro-shelda musiqa tanlov va festivallari o‘tkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa o‘quv yurt-lari — konservatoriya, «Sxola kantorum» (1894 y. asos solingan), «Ekol normal de myuzik» (1919) hamda grammofon firmalari, mu-siqa jamiyatlari, F. Milliy musika qo‘mitasi joylashgan. Bir qancha musika jur.lari chop etiladi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling