Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish uslubi mundarija kirish


Download 162.81 Kb.
bet11/12
Sana11.10.2023
Hajmi162.81 Kb.
#1697865
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish uslubi KURS ISHI

Polifoniyani his etish. Musiqiy eshitish qobiliyatining bu turi tarbiyasi bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq ovozning musiqa to‘qimasidagi harakatini eshita olish qobiliyatiga bog‘liq. Mumtoz polifoniyani eshitish qobiliyati musiqachiga jamoaviy ijroda boshqa partiyalarni eshitishga yordam beradi. Masalan, u pianinochiga asosiy kuydan tashqari boshqa barcha faktura unsurlarini – bas harakati, jo‘rovozni, polifonik asarda esa nafaqat yuqori ovozlar, balki qolgan barcha ovozlarni eshitish imkonini beradi. Garmoniyani his etish Garmoniyani eshitish qobiliyati - tovushlar muvofiqligiga, ya’ni interval va akkordlarga tayanuvchi musiqiy hisdir. Agar polifonik his va uning rivojlanishi musiqani gorizontal bo‘yicha eshitish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lsa, garmonik sezgi tovushlarni vertikal bo‘yicha eshita olish qobiliyatiga aloqador bo‘lib, pianinochilarda yaxshiroq rivojlanadi. Pianinochi asarning tub garmonik ma’nosiga qancha yetib borsa - deydi atoqli pianinochi Lev Oborin – uning ijrosi shu qadar ruhiy chuqurlashadi. Bu so‘zlar boshqa barcha musiqa mutaxassislariga ham taalluqlidir. Tembr - dinamikani his etish, bu tovushlar bo‘yoqdorligi.
Dinamika – tovush kuchi. Tovush dinamikasi, ya’ni uning jaranglash kuchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tembr bilan bog‘langan. Ijro bo‘yoqdorligiga musiqa cholg‘usining tembr imkoniyatlaridan foydalana olish hisobiga erishiladi. Ular esa, o‘z navbatida, musiqachi ijrochining o‘z qo‘lida bo‘lgan kichik dinamik rivojlanishilarga bog‘liq. Tembr hissi turli musiqa cholg‘ularining jaranglanishini muntazam eshituvchi orkestr sozandalarida yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Simfonik orkestr o‘zining yigirmadan ortiq turdagi musiqa cholg‘ulari bilan birgalikda boy rang-barang ovoz palitrasini qamrab oladi. Musiqachining kasb malakasi ko‘p jihatdan tembr dinamik his rivojlanganligi, uning aniq va tiniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Musiqiy eshitish tasavvuri, bu tovush past-balandligi harakatini eshitish va uni miyada gavdalantirish qobiliyatidir. Ichki eshitish va musiqiy-eshitish tasavvuri tushunchasi tashqi ovozlarga tayanmagan holda musiqani eshitish va boshdan kechirish qobiliyati bilan bog‘lanib ketadi.
Bu qobiliyat musiqiy xotira va musiqiy tasavvur negizining asosini tashkil etadi. Metroritmikani his etish – musiqaning vaqtga bog‘liq xususiyatidir. U ijroda va tinglashda nafaqat eshitish, balki harakat tabiatiga ham egadir. Metroritmika hissi turli uzunliklarning uzluksiz ketma-ketligi bilan bog‘liq. Ular go‘yo bir tekis ritmik harakatlarni nisbatan kichik impulslar bilan to‘ldirib turadi. Ritm hissi rivojlantirish juda qiyin bo‘lgan qobiliyatlardan biridir. Harakat hissi nozik, aniq, tez va epchil harakat qila olish ham yuqori baholanuvchi qobiliyat hisoblanadi. Bu kuchli musiqiy eshitish qobiliyati, mustahkam musiqiy xotira va yaxshi ritm hissidir. Barcha cholg‘ularda ijro etish san’ati badiiy mazmuni va texnik mahorat bir butunligiga asoslanadi. Asarni ijro etishda texnik mukammallikka erishish, harakat jarayonlarini mustahkamlashning eng yaxshi usuli – asta-sekin, aniq chalishni mashq qilishdir.


Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, musiqa madaniyati darslarida raqs va musiqali harakatlarga alohida e’tibor berishimiz kerak. Bu faoliyat turi o‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlari, xususan, ritm-usul tuyg‘usi va asar mazmunini ifodalash, ijrochilik malakalarini rivojlantirish bilan birga ularning jismoniy rivojlanishlari uchun ham muhimdir. Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino aytganidek - tebranish jismni chiniqtirsa, musiqa esa ruhiyatni tarbiyalaydi. Shu bois, musiqa o‘qituvchisi boshqa faoliyat turlari bilan bir qatorda, raqs san’atimizning oddiy harakatlarini bilishi va darsda qo‘llash usullarini puxta egallagan bo‘lishi bugungi davr talabidir.
O‘quvchilarda musiqiy idrokni rivojlantirish – ularni musiqani, insonning hissiyotlari, kechinmalari, fikrlari, hayotiy g‘oya va qiyofalarni aks ettiruvchi san’at sifatida qabul qilishga o‘rgatish demakdir. Buning uchun esa ularda musiqaga hissiy ta’sirchanlik, qiziqishni o‘stirish, musiqiy ijodiy qobiliyatlar, didni rivojlantirishga qaratilgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish talab etiladi. Mazkur malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi bola ongining uzoq rivojlanish jarayonini talab etadi. Badiiy qiymatga ega asarlar hamda musiqa tinglash jarayonining faol bo‘lishi o‘quvchilarda musiqiy didni tarbiyalashning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Musiqiy idrok – murakkab psixologik jarayon bo‘lib, uning asosida aniq borliqning qiyofalar orqali musiqiy tovushlarda aks etishini eshita olish va undan ta’sirlanish qobiliyati yotadi. Musiqiy asar olamiga «kirib borish», musiqa kayfiyatini his etish, g‘oyasini tushunib yetish tinglovchining o‘ziga xos ijodiy faoliyati tufayli ro‘y beradi. Musiqa insonga o‘zining ifoda vositalari – ohang, lad, metroritm, temp, dinamika, registr, faktura, ko‘povozlik, shakl, garmoniya kabi bo‘yoqlari uyg‘unligida ta’sir etadi. Bu ifoda vositalari asarning kayfiyati, go‘zalligi, mazmuni va g‘oyasini tinglovchiga yetkazib beradi. Ammo, musiqani tushunish, ya’ni uni nafaqat hissiy qabul qilish, balki ong bilan ham tushunish, musiqa nimani ifoda-layotganligi va qanday ifodalayotganligini his etish, musiqa bilan muloqatda bo‘lishga ehtiyoj sezish insondan badiiy saviya, musiqiy, hayotiy tajriba talab etadi.


Download 162.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling