Konferensiyaning yakuniy aktini imzolash. Xalqaro konferensiya tugagandan so‘ng aksariyat holatlarda qabul qilingan shartnoma yoki shartnomalarning matni, hamda boshqa aktlar, bayonnomalar, ariza va boshqalarni o‘zida mujassamlovchi yakuniy (xulosaviy) akt qabul qilinadi. Shu jumladan, shartnoma huquqi haqidagi ikkala Vena Konvensiyalari
ham yakuniy aktlar tuzish bilan tugatilgan. Akt konferensiyasi ishtirokchilarining barchasi tomonidan imzolanadi. Aktning imzolanishi shartnoma matnning autentifikatsiyalanganligini bildiradi, u shartnomani imzolash kabi ko‘rib chiqilmaydi.
To‘liq imzolash – matnning autentifikatsiyasidan tortib to shartnoma shartlariga rozilikni aks ettirishgacha bo‘lgan turli ma’nolarga ega. Bu holat BMTning Xalqaro Sudi tomonidan ham belgilangan. Genotsid haqidagi Konvensiya shartlari haqidagi konsultativ xulosada Sud: “alohida holatlarda turlicha bo‘lgan Xalqaro Konvensiya imzolanishining yuridik
mohiyati haqidagi masalaga murojaat etmay, Sud imzoni Konvensiyada ishtirok etishga ilk qadam deb hisoblaydi” deb bayonot bergan. Shunday qilib, shartnoma matnining autentifikatsiyasi birorta yuridik majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi. Istisno tariqasida yuridik kuchga ega bo‘lgan unda ishtirok etishning rasmiylashtirilish tartibi haqidagi qarorni
aytib o‘tish lozim. Shunga qaramay, bunday matn xalqaro huquq uchun ahamiyatsiz emas. Matn shartnoma amaliyotining xilma-xilligini aks ettirish bilan birga, oddiy normalarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik huquqshunos olimlar bunday ma’noni shartnoma loyihalari, eng avvalo ko‘ptomonlama shartnomalar loyihalarida ham mavjud deb
hisoblaydilar.
36. Халқаро шартномаларни таснифлаш қандай мезонлар асосида амалга оширилади?
Xalqaro shartnomalarning umumiy qabul qilingan klassifikatsiyasida ishtirokchilarining mumkin bo‘lgan soni belgilangan. Shu klassifikatsiyaga mos ravishda shartnomalarning ikki tomonlama, guruhli, hududiy, universal yoki ko‘p tomonlama shartnomlar kabilar farqlanadi.
Tomonlarning spetsifikasi va ularning munosabatlarini inobatga olish imkonini beruvchi ikki tomonlama shartnomalar shartnomalarning asosiy hajmini tashkil etadi. Guruhli shartnomalar – bir necha davlatlar ishtirokidagi shartnomalar.
37. Халқаро шартномалар ҳуқуқи тўғрисидаги Вена конвенцияси асосида халқаро шартномага тушунча беринг ва унинг асосий белгиларини кўрсатиб ўтинг.
Do'stlaringiz bilan baham: |