Hududiy yaxlitlik prinsipi Ishtirokchi-davlatlar, shuningdek, bir-birlarining hududini xalqaro huquqni buzgan holda bevosita yoxud bilvosita choralami qo'llab okkupatsiya obyektiga aylantirishdan yoki bunday choralar yordamida bu hududlami egallab olish obyektiga aylantirishdan o'zlarini tiyadilar. Har qanday okkupatsiya yoki bunday ko'rinishdagi egallab olishlar qonuniy deb tan olinmaydi». Shunday qilib, mazkur prinsipning EXHK Yakuniy aktida bayon qilinishi davlatlaming quyidagi majburiyatlami belgilab qo'ydi:
- bir-birining hududiy yaxlitligini hurmat qilish;
- BMT Ustavi maqsadlari va prinsiplariga mos kelmaydigan har
qanday harakatdan o'zini tiyib turish.
Bundan, masalan, quyidagilar kelib chiqadi:
1) boshqa bir davlatning hududidan, har qanday transport vositalarining o'tishi faqat chegaralaming daxlsizligini emas, balki davlat
hududi darisiyligming hiizilishi hisoblanadi;
2) har qanday davlatning barcha tabiiy resurslari daxlsiz bo'lib,
ulardan ruxsatsiz foydalanish hududiy daxlsizHkni buzish hisoblanadi;
3) davlatning o'z hududidan foydalanishi boshqa davlat hududining tabiiy sharoitlariga zarar etkazmasligi kerak (masalan - Chernobil halokati).
Chegaralarning daxlsizligi prinsipi Bu prinsipni tan olish har qanday hududiy da’volardan voz kechishni anglatadi, ya’ni davlatlar «har qanday ishtirokchi-davlat hududining bir gismini yoki butun hududini bosib olish yoki uzurpatsiya qilishga qaratilgan har qanday talablar yoxud harakatlardan tegishli tarzda o'zlarini tiyadilar». Shundan kelib chiqib, chegaralarning buzilmasligi prinsipini quyidagi uch elementdan iborat deb qabul qilish mumkin:
1) amaldagi chegaralami xalqaro huquqqa mos ravishda yuridik
o’rnatilgan deb tan olish;
2) ayni paytda va kelajakda har qanday hududiy da’volardan voz
kechish;
3) kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilish prinsipini
ham qo'shgan holda, ushbu chegaralarga har qanday tajovuz qilishdan
voz kechish.
30. Pacta sunt servanta принципи нима? Ушбу принципга қандай риоя қилиш керак?
26 - modda. Pacta suntan servanta
Amaldagi har bir shartnoma uning ishtirokchilari uchun majburiy hisoblanadi va ular tomonidan vijdonan bajarilishi kerak.21
Do'stlaringiz bilan baham: |