Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi
Download 89.23 Kb.
|
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara
Depozitariyning funksiyalari. Ko‘p tomonlama shartnomaning tuzilishi shartnomaning asli va u bilan bog‘liq hujjatlami saqlash uchun saqlovchi (depozitariy) tayinlash zaruratini keltirib chiqaradi. 1969-yilgi Vena konvensiyasining 76-moddasi va 1986-yilgi Vena
konvensiyasining 77-moddasiga ko‘ra, saqlovchi (depozitariy) sifatida bir yoki bir necha davlatlar, xalqaro tashkilot yoki bunday tashkilotning ijroiya organi yoki mansabdor shaxsi tayinlanishi mumkin. Masalan, 1969- va 1986-yilgi Vena konvensiyalarining saqlovchisi BMTning Bosh kotibidir. 1969-yilgi Vena konvensiyasining 77-moddasi va 1986-yilgi Vena konvensiyasining 78-moddasiga ko‘ra, saqlovchi (depozitariy)ning vazifalariga: vakolatlar, ratifikasiya yorliqlari, qo‘shilish to‘g ‘risidagi hujjatlarni saqlash; shartnoma aslidan olingan, tasdiqlangan nusxalarini uning qatnashchilari hamda shartnoma qatnashchilari bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan davlatlar va xalqaro tashkilotlarga jo ‘natish; shartnomaga taalluqli bo‘lgan hujjatlar, xabamomalar va xabarlar to‘g ‘risida axborot berish; shartnomaga tegishli bo‘lgan imzolar, hujjatlar, xabarnomalar va xabarlarni to‘liq tartibda va kerakli ko‘rinishda o‘rganish; shartnoma qatnashchilari bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan davlatlar va xalqaro tashkilotlarga shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan imzolar, ratifikasiya yorliqlari yoki rasmiy tasdiqlash hujjatiga tegishli hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlami berish, shartnomaga qarshiliklar va eslatmalarni olib tashlash to’g‘risidagi ma’lumotlarni qabul qilib olish, shartnoma ishtirokchilariga jo‘natish, shartnomani BMT kotibiyatida qayd etish va h.k. kiradi. Saqlovchining (depozitariyning) vazifalari o’z xarakteriga ko‘ra xalqaro bo‘lib, ularni bajarishda u xolis harakat qilishi zarur.4 4. Халқаро ҳуқуқ манбалари қандай турларга бўлинади? БМТ Халқро суд Статутининг 38-моддаси замонавий дунёга қанчалик мос келади ва у халқаро ҳуқуқнинг барча манбаларини ўзида акс эттирадими? Халқаро ҳуқуқ манбалари ўртасида иерархия мавжудми? Javob: Xalqaro huquq manbaalariga to’xtaladigan bo’lsak, xalqaro huquq manbaalari – bu xalqaro huquqiy munosabat subyektlarining xatti- harakat qoidalarini ifodalovchi va ularga xalqaro huquq tusini beruvchi shakldir. Xalqaro huquq manbaalarini quyidagicha tavsiflash mumkin: Asosiy manbaalar: xalqaro shartnoma; xalqaro odat; ayrim xalqaro tashkilotlarning qarorlari. Yordamchi manbaalar: Huquqning umumiy prinsiplari; xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalari; xalqaro sud va arbitajlarning qarorlari. Hozirgi zamon xalqaro huquqi manbalarining tizimi quyidagi uchta guruhga jamlangan: Download 89.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling