Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi


Huquqning umumiy prinsiplari — xalqaro huquq manbai


Download 89.23 Kb.
bet5/24
Sana16.06.2023
Hajmi89.23 Kb.
#1494845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara

Huquqning umumiy prinsiplari — xalqaro huquq manbai.
Huquqning umumiy prinsiplari har qanday huquq tizimida amal qilaveradigan prinsiplardir. Ularning tarkibi haqida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim huquqshunos olimlarning fikricha, ular «qilmishiga yarasha jazo olishi kerak» yoki «keyingi norma avvalgisini bekor qiladi» deganga o'xshash yuridik-texnikaviy qoidalardan iborat. Boshqa olimlarning uqtirishiga qaraganda, huquqning umumiy prinsiplari qatoriga adolatparvarlik yoki vijdoniylik kabi prinsiplami kiritish o'rinlidir.
Huquqning umumiy prinsiplari har qanday huquq tizimida amalda bo’lishi mumkin. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari esa faqat xalqaro huquqda amal qiladi.
Ikkinchi savol - Халқаро ҳуқуқ принциплари қандай ҳужжатларда мустаҳкамланган?
BMT Nizomining 2-moddasi bilan mustahkamlangan “Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risida”gi Deklaratsiyada yettita prinsip asosi prinsip deb e’lon qilingan. 1975-yilda xalqaro huquqning uchta asosiy prinsipi “qo‘shilgan”ligi qayd etilgan: davlat chegaralarining
mustahkamligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, inson huquqlari va asosiy erkinliklarni hurmat qilish.
Ushbu qaydni hisobga olgan holda xalqaro huquqning o‘nta prinsiplarini asosiy deb hisoblasa bo‘ladi:
1) davlatlarning suveren tengligi;
2) kuch bilan tahdid qilish va uni xalqaro munosabatlarda qo‘llanishida o‘zini tiyish;
3) xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
4) davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
5) tashqi sohada davlatlar hamkorligining majburiyligi;
6) xalqlarning o‘zini o‘zi anglashi va teng huquqliligi prinsipi;
7) davlat chegralarining mustahkamligi;
8) davlatlarning hududiy daxlsizligi;
9) inson huquqdari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish;
10) xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish.9
Quyidagilar xalqaro huquq prinsiplarining mazmunini ochib beruvchi eng nufuzli hujjatlar hisoblanadi:
- BMTning 1945-yil 24-oktabrda qabul qilingan Ustavi (2 modda);
- BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1970-yil 24-oktabrda qabul qilingan, BMT Ustaviga muvofiq davlatlar o'rtasidagi do‘stona
munosabatlar va hamkorlikka taalluqli xalqaro huquq prinsiplari to’g‘risidagi deklaratsiya;
- A’zo-davlatlar o'zaro munosabatlarida amal qiladigan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining 1975-yil 1-avgustdagi Yakunlovchi aktidan o‘rin olgan Prinsiplar deklaratsiyasi.10
Uchinchi savol
Hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy prinsiplari – ommaviy xalqaro huquqning asos qoidalari va holatlari tizimi bo'lib, xalqaro munosabatlaming barcha sohalarida davlatlar va boshqa subyektlaming xatti-harakatlarini umumiy kо ‘rinishda tartibga soladi, imperativ xususiyatga ega bo'lib, xalqaro huquqning mazmuni va maqsadga yo'naltirilganligini belgilab beradi.11
7. Халқаро ҳуқуқда “куч ишлатмаслик ёки куч ишлатиш билан таҳдид қилмаслик” принципи мазмуни қандай? Қандай ҳолатдарда куч ишлатиш принципига йўл қўйилади ва жазоланмайди?

Download 89.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling