Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi
Халқаро шартномаларнинг қайси турлари мавжуд? Ҳар бир тур учун мисоллар келтиринг. 23
Download 89.23 Kb.
|
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara
22. Халқаро шартномаларнинг қайси турлари мавжуд? Ҳар бир тур учун мисоллар келтиринг.
23. Халқаро ташкилотлар қарорларининг моҳияти нимада? Улар халқаро ташкилотларнинг якуний актларидан нимаси билан фарқ қилади? Xalqaro tashkilotlarning huquq normalarini yaratish huquqi ularni tuzgan davlatlar tomonidan belgilab qo'yiladi va bu haqda xalqaro tashkilot ta’sis hujjatida qayd etiladi. Unda xalqaro tashkilot vakolatlarining umumiy ko'lami va uning yuridik normalar yaratish bo‘yicha huquqlari aniq bayon etiladi. Ko‘p tomonlama xalqaro tashkilotlar asosan o'z vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha xalqaro shartnomalar tayyorlash va qabul qilishi bilan ajralib turadi. Bunday hollarda xalqaro tashkilot doimiy ravishda shartnoma Ioyihalarini tayyorlash uchun zarur tashkiliy asoslarga ega bo'ladi. Bunda xalqaro shartnoma ham, uni qabul qilish jarayoni ham to'g'ridan to'g'ri muzokaralar davomida yoki xalqaro konferensiyalarda tasdiqlanadigan shartnomalardan ko'p farq qilmaydi. Xalqaro tashkilotlarga a’zo davlatlar vakillari o'rtasidagi muntazam aloqalar tufayli tashkilotda u yoki bu sohada mavjud ehtiyojlar va yangi shakllar yaratish zarurati zudlik bilan aniqlab olinadi. Shuning uchun xalqaro tashkilot doirasida yangi xalqaro-huquqiy normalar tayyorlashni tashkillashtirish qulayroq va ularni mazmun-mohiyati bo'yicha darajalab chiqish ancha osondir. Masalan, davlat yoki bir guruh davlatlar xalqaro shartnoma (yuridik kuchga ega normalardan iborat) qabul qilishni yoki umumiy fikrlarini siyosiy normalardan tashkil topgan deklaratsiyalarda yoxud bayonotlarda bildirishni ham taklif qilishi mumkin. 24. Халқаро шартномани рўйхатга олиш ким томонидан амалга оширилади ва мазкур функциянинг шартнома иштирокчи-давлатлари учун аҳамияти қандай? XX asr shartnomalar ro‘yxatga olina boshlangani bilan tavsiflanadi. Ikkinchi jahon urushiga qadar shartnomalami ro‘yxatga olish bilan Millatlar Ligasi kotibiyati shug‘ullanar edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilishi bilan uning a ’zolari bo‘lgan davlatlar Ustavning 102-moddasiga ko‘ra, o ‘z shartnomalarini BMT Kotibiyatida ro‘yxatdan oTkazishlari zarur. Agar shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, davlatlar uni BMTning hech bir organida dalil qilib keltira olmaydilar. BMT Kotibiyati, o ‘z navbatida, imkoniyat tug‘ilishi bilan ro‘yxatga olingan shartnomalami maxsus to‘plamda bosib chiqaradi. Bu moddaning BMT Ustaviga kiritilishi, yashirin diplomatiyani cheklash va xalqaro hamjamiyatga shartnomalar mazmunini yetkazish maqsadlarini ko‘zlaydi. BMT Kotibiyatidan tashqari boshqa tashkilotlar, masalan, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti, Atom energiyasi xalqaro agentligi va Xalqaro mehnat tashkilotlari ham shartnomalami ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanadi. Shartnoma xalqaro tashkilotlarda ro‘yxatga olingan b o ‘lsa ham, Vena konvensiyalariga ko‘ra, BMT Kotibiyatida ro’yxatga olinishi zarur. BMT Kotibiyatidan tashqari boshqa tashkilotlar, masalan, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti, Atom energiyasi xalqaro agentligi va Xalqaro mehnat tashkilotlari ham shartnomalami ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanadi. Shartnoma xalqaro tashkilotlarda ro‘yxatga olingan bo‘lsa ham, Vena konvensiyalariga ko‘ra, BMT Kotibiyatida ro’yxatga olinishi zarur. Download 89.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling