Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi
Download 89.23 Kb.
|
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara
Satisfaksiya (qoniqish) - bu huquqbuzar davlat tomonidan jabrlanuvchi davlatga uning sha'ni va g ‘ururiga yetkazgan zarari uchun qoniqish hosil qildirishdir. Satisfaksiya rasmiy tarzda afsuslanish yoki ta'ziya bildirish; kechirim so‘rash; kelgusida bu kabi xalqaro huquqqa zid harakatlaming sodir etilmasligiga ishontirish; tegishli tantanali vaziyatda jabrlanuvchi davlat bayrog'iga izzat-hurmat ko'rsatish yoki uning madhiyasini ijro etish va boshqa yo'llar bilan
ifodalanishi mumkin. Amaliyotda restoratsiya deb nomlanuvchi javobgarlik shakli ham uchraydi. U huquqbuzar davlat tomonidan biror-bir moddiy obyektning avvalgi holatining tiklanishini nazarda tutadi (masalan, uning aybi bilan ifloslangan suvning avvalgi sifatini tiklash kabi). 48. Ўз тақдирини ўзи белгилаш ҳуқуқини амалга оширувчи миллат ва халқларнинг ҳуқуқ субъектлигини тушунтиринг. Xalqlarning teng huquqligi va o‘z-taqdirini o‘zi belgilash prinsipi BMT Nizomida mustahkamlangan (1-modda, 2-band). Ushbu prinsip asosida tashkilotning o‘zi millatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish maqsadini ko‘zlaydi. Mazkur prinsipni implementatsiya qilishda BMT o‘z rahnamoligida individual kelishuvlar asosida kiritilgan shunday hududlarni boshqarish va kuzatish uchun xalqaro vasiylik tizimini yaratdi. BMT Nizomining 76-moddasiga muvofiq ushbu tizimning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib ushbu vasiylik ostidagi aholining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti, ta’lim sohasidagi rivojlanishiga, ularning o‘z-o‘zini boshqarish yoki mustaqillikka qaratilgan rivojlanishlariga yordam berish hisoblanadi. Huquq subyektlilik bunda vaqtinchalik va cheklanganlik ifodasida namoyon bo‘ladi. Uning vazifasi ma’lum hududlarni nazorat qiluvchi hukumat bilan huquqiy munosabatning mumkin ekanligini belgilashdir. Boshqa bir vazifasi esa mazkur harakatni xalqaro huquqning, avvalo, xalqaro gumanitar huquq qaramog‘i ostiga qo‘yishdan iborat. Xalqaro huquqning subyekti bo‘lib faqat o‘z milliy ozodligi va mustaqil davlat qurish uchun kurashayotgan millat va xalqlar hisoblanadi. Bunday milat va xalqlarni xalqaro huquqning subyektlari qatoriga qo‘shish qoidaga muvofiq ular tomonidan qandaydir bir kurashni muvofiqlashtiruvchi organ (masalan, bunday ogran Palastinni ozod qilish tashkiloti hisoblanadi), keyinchalik ushbu organ mustaqil davlat tashkil qilinishigacha ular nomidan ish olib boruvchi tashkil qilingandagina vujudga keladi. Mazkur harakatlarning cheklangan huquq subyektliligini paydo bo‘lishi bilan umumiy xalqaro tashkilotlarda ular teng huquqli a’zo emas, balki kuzatuvchilik maqomiga ega bo‘ladilar. Ushbu holat ayrim hollarda ularga mintaqaviy tashkilotlarning teng huquqli a’zosi bo‘lishlari uchun to‘sqinlik qilmaydi. Masalan, Falastinni ozod qilish tashkiloti bunday mintaqaviy tashkilotlar, jumladan Arab davlatlari ligasi, Afrika birligi tashkilotining a’zosi hisoblanadi. Bunday a’zolik BMT da va boshqa universal tashkilotlarda kuzatuvchi maqomini olish uchun ahamiyat kasb etadi. Xalqaro tajribadan shuni kuzatish mumkinki, umumiy xalqaro huquq metropoliya davlatlardan mustamlaka qaramligidagi millat yoki xalqlarning xalqaro huquq subyektliligini olish imkoniyatini ham tan oladi. Agar shunday xalq yoki millat o‘z ozodligi uchun kurashni boshlasa hamda hudud va xalqlarning anchagina qismi ustidan boshqaruv va nazoratni amalga oshirsa, bunday kurash mobaynida xalqaro huquq normalariga rioya qilsa, xalqaro miqyosda xalq nomidan qatnashuvchi ozodlik organini tuzsa, u holda uning xalqaro huquq subyektliligi tan olinadi. Mohiyatan, mazkur shartlarga rioya etilishida o‘z ozodligi uchun kurashayotgan xalqlar ma’lum bir davlatchilik belgilariga ega bo‘ladilar. Hamda ushbu xalqlar yangi davlat barpo etish bosqichida xalqaro huquq subyektliligiga ham ega bo‘ladilar. 49. Халқаро ташкилотлар жавобгарлигининг ўзига хос хусусиятлари. Xalqaro tashkilotlarga ham siyosiy, ham moddiy javobgarlikni yuklash mumkin. Masalan, siyosiy javobgarlik tashkilot biror davlatning suveren huquqlarini kamsituvchi yoki uning suverenitetini buzuvchi qaror qabul qilganda; davlat bilan tashkilot qarorgohi maqomi to‘g‘risidagi shartnoma yoki xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni buzganda paydo bo‘ladi. Xalqaro tashkilotning moddiy javobgarligi biror faoliyat, masalan, fazodagi faoliyat natijasida zarar yetkazilganda, xalqaro majburiyatlar bajarilmaganda; xavfi yuqori bo‘lgan manbalar (masalan, avtomobil, kema kabilar) orqali zarar keltirilganda; kontraktlar buzilganda; sanitariya normalariga rioya qilinmaganda kelib chiqishi mumkin. Lekin bunda davlatlarga nisbatan qo‘llanuvchi javobgarlik shakllarini xalqaro tashkilotlarga shunchaki ko‘chirib qo‘yish mumkin emas; ular o‘ziga xos xususiyatlarga ega: siyosiy va moddiy javobgarlikning muayyan shakllari rivojlanmagan; moddiy javobgarlik paydo bo‘lganda xalqaro tashkilot bilan bir qatorda, o‘sha tashkilotga a’zo davlatlar ham javobgar bo‘ladilar. Xalqaro tashkilot o‘z qarorgohi joylashgan davlat qonunchiligini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Ko‘pchilik davlatlar hukumatlari xalqaro tashkilotlar va ularning xizmatchilari maqomi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qabul qilganlar va ularni buzgan tashkilotlar moddiy javobgarlikka tortilishlari mumkin. Xalqaro tashkilot o‘z ijroiya organlari va xodimlarining huquqqa zid harakatlari uchun javobgar bo‘ladi. Masalan, 1965–1967-yillarda BMT Belgiya, Gretsiya, Italiya, Lyuksemburg va Shveysariya bilan BMTning Kongodagi harbiy kuchlari operatsiyalari natijasida ushbu davlat fuqarolari va ularning mulkiga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida bitim tuzildi. 50. Халқаро ҳуқуқда “ҳудудий устуворлик” тушунчасининг мазмунини тушунтиринг. Ma’lumki, xalqaro huquq davlatlararo munosabatlarni tartibga soladi. Davlatning asosiy belgilaridan biri, suverenitet bo‘lgani uchun, har bir davlat hududiy suverenitetga, hududiy ustuvorlikga va xalqaro munosabatlarda o‘z mustaqilligiga egadir. Hududiy ustuvorlik faqatgina davlatga xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi, chunki hech qachon yuridik yoki jismoniy shaxs hududiy ustuvorlikga ega bo‘la olmaydi. Shu sababdan xalqaro huquqda hudud masalalariga katta e’tibor beriladi, chunki aynan hudud va hududiy ustuvorlik ko‘plab nizolarning sababi bo‘ladi. Davlat o‘z hududiga nisbatan hududiy ustuvorlikka ega bo‘ladi. Ya’ni, tegishlilik va hududiy ustuvorlik davlat hududiga xos belgilar hisoblanadi. Har bir davlat o‘z hududida xalqaro huquq norma va tamoyillariga rioya etgan holda o‘z yurisdiksiyasini, mutlaq hokimiyatini amalga oshiradi. 1 www.ohchr.org 2 Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E., Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007. – 13b. 3 Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. –T.: TDYU nashriyoti, 2017 20-21b. 4 Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E., Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007. 172 – 173b. 5 Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E., Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007. - 44b. 6 Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. –T.: TDYU nashriyoti, 2017 29-30b. 7 Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E., Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007. - 44b. 8 Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. –T.: TDYU nashriyoti, 2017 29 9 Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. –T.: TDYU nashriyoti, 2017-42b. 10 Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E., Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007. -52b. 11 Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E., Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007. -51b. 12 Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. –T.: TDYU nashriyoti, 2017 -47b. 13 Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E., Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007 -57b. 14 Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E., Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007 -56b. 15 Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. –T.: TDYU nashriyoti, 2017 -58b. 16 Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E., Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007 – 55b. 17 Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. –T.: TDYU nashriyoti, 2017 -53b. 18 Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. –T.: TDYU nashriyoti, 2017 14-15b. 19 Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E., Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007 84-85b. 20 Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E., Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007 85-86b. 21 XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI TO‘GRISIDA VENA KONVENSIYASI (1969 yil 23 mayda qabul qilingan) Download 89.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling