Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi


Download 89.23 Kb.
bet8/24
Sana16.06.2023
Hajmi89.23 Kb.
#1494845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklara

Asosiy (birlamchi)





Hosila (ikkilamchi)



Xalqaro huquqning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, bunda, avvalo, u davlatlar tomonidan yaratiladi hamda davlatlararo munosabatlarni tartibga soladi.


Davlat mavjud bo‘lishi barobarida xalqaro huquqning subyekti hisoblanadi. Biroq u yoki bu tuzilma davlat sifatida faqatgina yuridik mezonga (belgi) javob bergan taqdirdagina tan olinadi. Xalqaro huquqda avvallari ushbu mezonlarni o‘rnatuvchi odat normalari ishlab chiqilgan edi. Ularning ba’zilari 1993-yilda Montevideoda (Urugvay) tuzilgan davlatlarning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi Amerika mamlakatlari Konvensiyasida o‘z aksini topgan edi. Ushbu normada ta’kidlanishicha, “davlatlar xalqaro huquqning subyekti sifatida quyidagi belgilarga ega bo‘lishi lozim: a) doimiy (turg‘un) aholisi bilan; b) ma’lum
hududga egaligi; s) hukumatning mavjudligi; d) boshqa davlatlar bilan aloqaga kirishish qobiliyatining mavjudligi”. Garchi ushbu konvensiya mintaqaviy xarakterga ega bo‘lsa ham, bunda odat xususiyatiga ega umumiy xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari o‘z aksini topgan edi.


14. Халқаро шартнома матни аутентиклигини қабул қилиш ва ўрнатиш тартибини тушунтиринг?
Matnning autentligi.
Matnning autentligi (haqiqiyligini, ishonchligini tekshirish) matnning ishonchliligi, to‘g‘riligini aniqlash jarayoni matn to‘g‘ri, yakuniy holatdaligi va o‘zgartirilmaganligi e’tirof etish yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayon matnning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlovchi ma’lum bir harakatlarni o‘z ichiga oladi. Agar matnning autentifikatsiyasidan so‘ng muzokaralar o‘tkazayotgan tomonlar yoki shartnomani imzolovchilar matnda xatolik bor deb topishsa, u holda matnni mos keluvchi hujjatlar yoki tuzatish kiritilgan hujjatlarni almashtirish yo‘li bilan, avvalgi xato deb topilgan matnni xomaki nusxa sifatida qabul qilib, to‘g‘rilash mumkin. Va nihoyat, butun bir shartnoma matni boshdan, yangidan tuzilib avvalgisi qay tartibda qabul qilingan bo‘lsa, xuddi shu tartibda yana qabul qilinadi. Agar shartnoma depozitariyga berilgan bo‘lsa, oxirgi kiritilgan tuzatish haqida barcha imzolovchi va kelishayotgan tomonlarni xabardor qiladi. Agar belgilangan vaqt ichida tomonlar o‘z raddiyalarini berishmasa, u holda depozitariy tuzatish kiritilgan bayonnomani tarqatadi. Shunday amaliyot BMT Kotibiyatida mavjud. Autentifikatsiya jarayoni masalasi muzokara ishrokchilarining kelishuvi bilan hal etiladi. Agar ishtirokchilar o‘zlari bu masalani hal etishmasa, bu holat uchun Vena Konvensiyasi mos keluvchi qoidani o‘rnatgan. Vena Konvensiyasida asosan shartnoma matni to‘g‘ri va yakuniy hisoblanadi, agar:
a) matnda ko‘zda tutilgan jarayonining qabul qilinishi natijasida yoki ishtirokchilarning o‘zaro kelishuvi bilan tuzilgan bo‘lsa;
b) agar bunday jarayon mavjud bo‘lmasa, u holda imzolash yo‘li bilan, ad referendum imzolash yoki shartnoma matni ishtirokchilari vakillarining rasmiy ko‘zdan kechirib chiqishi bilan ushbu matnni o‘z ichiga olgan konferensiyaning yakuniy akti bilan o‘zaro keshilsa.

Download 89.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling