3 – topshiriq. Mavzuning taqdimot slaydini tayyorlang.
(Slayddan mavzu, mavzu rejasi, ko’rgarma vositalari, qiziqarli faktlar,video darslar, ta’rif va formulalar, jadvallar, mavzu yuzasidan xulosa, adabiyotlar ro’yhati joy olishi kerak.)
Mustaqil ish № 7
Mavzu: Qattiq jismlarning aylanma harakati
Maqsad: Qattiq jismlarning aylanma harakat kinematikasi va dinamikasini o’rganish
Ushbu mavzuni mustaqil o’rganish uchun tavsiya etiladigan mavzular
1.Qattiq jism aylanma harakat kinematikasi.
2.Qo’zg’almas o’qqa nisbatan kuch momenti.
3.Qattiq jism aylanma harakati dinamikasining asosiy tenglamasi.
4.Qattiq jismning inersiya momenti. Gyuygens – Shteyner teoremasi.
Mavzuga doir topshiriqlar
1 – topshiriq Quyidagi savollarga javob bering
Absolyut qattiq jism deb qanday jismga aytiladi?
Ilgarilanma va aylanma harakat kinematika tenglamalarini taqqoslab yozing.
Qo’zg’almas nuqta va kuzg’almas o’qqa nisbatan kuch momenti deb nimaga aytiladi? Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasini yozing va ta’riflang.
Qattiq jismning biror o’qqa nisbatan inersiya momenti deb nimaga aytiladi? Gyuygens – Shteyner teoremasini ta’riflang.
Geometrik shaklli jismlarning inersiya markazidan o’tgan o’qqa nisbatan inersiya momentlarini yozing.
Ilgarilanma va aylanma harakatning dinamika qonuniyat formulalarini taqqoslab yozing.
2 – topshiriq Mavzuga doir quyidagi masalalarni yeching
1 - masala. Qattiq jism qo‘zg‘almas o‘q atrofida qonun bo‘yicha aylanmoqda, bunda A = 6 rad/s, B = 2 rad/s3. t = 0 dan Qattiq jism to‘xtagunga qadar o‘tgan vaqt oralig‘idagi burchakli tezlik va burchakli tezlanishlarning o‘rtacha qiymatlarini toping.
2 - masala. Jism 5 s-1 boshlang‘ich burchakli tezlik bilan va burchakli 1 s-2 tezlanish bilan tekis tezlanishda aylanmoqda. Jism 10 s davomida necha marta aylanadi?
3 - masala G‘ildirak tekis tezlanuvchan aylanib harakat boshlagandan so‘ng 10 marta aylanib ω = 20 rad/s burchakli tezlikka erishdi. G‘ildirakni burchakli tezlanishini aniqlang.
4 - masala Uzunligi ℓ=30 sm va massasi m=100 g bo‘lgan ingichka bir jinsli sterjenni unga perpenendikular bo‘lgan va 1) uning chetidan o‘tuvchi, 2) uning o‘rtasidan o‘tuvchi o‘qqa nisbatan inersiya momenti topilsin
5 - masala Silindrik muftaning uning simmetriya o‘qi bilan mos keluvchi o‘qqa nisbatan inersiya momenti aniqlansin. Muftaning massasi m=2 kg, ichki radiusi r=0.03 m, tashqi radiusi esa R=0.05 m.
Do'stlaringiz bilan baham: |