3 – topshiriq Mavzuning taqdimot slaydini tayyorlang.
(Slayddan mavzu, mavzu rejasi, ko’rgarma vositalari, qiziqarli faktlar,video darslar, ta’rif va formulalar, jadvallar, mavzu yuzasidan xulosa, adabiyotlar ro’yhati joy olishi kerak.)
8 – Mustaqil ish
Mavzu: Suyuqlik va gazlar
Maqsad: Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalarini o’rganish
Ushbu mavzuni mustaqil o’rganish uchun tavsiya etiladigan mavzular
Suyuqlik va gazlar uchun Paskal qonuni.
Atmosfera bosimi. Arximed kuchi.
Ideal suyuqlikning harakati va uzluksizlik sharti.
Bernulli tenglamasi va uning tatbiqi.
Mavzuga doir topshiriqlar
1 – topshiriq Quyidagi savollarga javob bering
Qanday moddalarga suyuqlik va gazlar deb ataladi? Suyuqlik va gazlarning qattiq jismlardan farqi nimada?
Bosim deb nimaga aytiladi uning SI dagi o’lchov birligini yozing. Paskal qonunini ta’riflang. Suyuqlik va gaz ustunining bosimini ifodalovchi formulani yozing.
Suyuqlik va gazlar uchun Arximed qonunini ta’riflang va formulasini yozing.
Bernulli formulasini yozing va uning hadlari qanday fizik ma’noga ega?
5. Suyuqlikning qovushqoqlik koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi?
6. Qovushqoq suyuqlikning trubadagi oqimini ifodolovchi Puazeyl formulasini yozing.
7. Laminar va turbulent oqim deb qanday oqimga aytiladi?
2 – topshiriq. Quyidagi masalalarni yeching
1 – masala. Kemada suv sathidan h=3m pastda S=5sm2 yuzali teshik hosil bo’lgan. Teshikni berkituvchi yamoqni ushlab turish uchun kemaning ichki tomonidan qanday minimal F kuch qo’yish talab qilinadi? Suvning zichligi .
2 – masala. Tubining yuzasi 250 m2 va chuqurligi h=4m bo’lgan to’g’ri burchakli hovuz dengiz suvi bilan to’ldirilgan. Suvning hovuzning tubiga bo’lgan bosimi p va bosim kuchi F ni toping.
3 – masala. Agar bo’yoq pultidan 25 m/sek tezlik bilan suyuq bo’yoq oqib chiqayotgan bo’lsa, kompressor bo’yoq pultida qanday bosim hosil qiladi? Bo’yoqning zichligi 0,8 g/sm3 ga teng.
4 – masala.Dinamik yopishqoqligi 1,2∙10-4 g/sm∙sek, ga teng havodagi d=0,3mm diametrli yomg’ir tomchisi eng ko'pi bilan qanday tezlikka erishadi?
5 – masala.1mm diametrli po'lat sharcha katta idishda kanakunjut moyiga 0,185 sm/sek o'zgarmas tezlik bilan tusha boradi. Kanakunjut moyining dinamik yopishqoqligi topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |