3 – topshiriq: Mavzuga doir slayd tayyorlang . (Slayddan mavzu, mavzu rejasi, ko’rgarma vositalari, qiziqarli faktlar,video darslar, ta’rif va formulalar, jadvallar, mavzu yuzasidan xulosa, adabiyotlar ro’yhati joy olishi kerak.)
Mustaqil ish № 5
Mavzu: Mexanik ish,quvvat va energiya.
Maqsad: Mexanik ish va energiya turlarini o’rganish
Ushbu mavzuni mustaqil o’rganish uchun tavsiya etiladigan mavzular
1.O’zgarmas kuchning bajargan ishi.
2.O’zgaruvchan kuch bajargan ish.
3.Quvvat.
4.Energiya va energiyaning saqlanish qonuni. Mavzuga oid topshiriqlar.
1 – topshiriq Quyidagi savollarga javob bering
1. Energiya deb nimaga aytiladi va qaysi birlikda o’lchanadi?
2. Mexanik ish va quvvat deb nimaga aytiladi. Ular qaysi birliklarpda o’lchanadi?
3. Qanday hollarda musbat va manfiy ish bajariladi?
4. Kinetik va potensial energiya ta’riflarini ayting va formulalarini yozing.
5. Kuchning quyilishiga qarab potensial energiya formulalarini yozing.
6. Mexanik ishning boshqa turdagi ishlardan farqi nimadan iborat. Misollar bilan tushuntiring.
2 – topshiriq Quyidagi masalalarni yeching
1 – masala.Massasi 2 kg bo‘lgan moddiy nuqta biror kuch ta’sirida (m) tenglamaga bo‘ysungan holda harakatlanmoqda. Vaqtning 5s mometiga mos kelgan nuqtaning harakati uchun sarf bo‘layotgan quvvat topilsin.
2 – masala. Massasi 2 kg, tezligi 5 m/s shar ro‘parasidan kelayotgan massasi 3 kg va tezligi 10 m/s shar tomon uchib bormoqda. Sharlaning to‘g‘ri chiziq bo‘yicha noelastik urilishidan keyingi kinetik energiya o‘zgarishini toping.
3 – masala.Prujinasining bikirligi 150 N/m bo‘lgan purjinali pistoletdan massasi 8 g bo‘lgan o‘q otilgan. Agarda purjina 4 sm siqilgan bo‘lsa, o‘qni pistoletdan chiqib ketishidagi tezligi topilsin.
4 – masala. Rogatka rezina shnuri 10 sm cho‘zilgan. Agar 1 sm cho‘zish uchun 10 N kuch kerak bo‘lsa massasi 20 g bo‘lgan tosh qanday tezlik bilan otilgan? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |