3 – topshiriq: Moddiy nuqta kinematikasi mavzusiga doir taqdimot slaydini tayyorlang(Slayddan mavzu, mavzu rejasi, ko’rgarma vositalari, qiziqarli faktlar,video darslar, ta’rif va formulalar, jadvallar, mavzu yuzasidan xulosa, adabiyotlar ro’yhati joy olishi kerak.)
Mustaqil ish № 3
Mavzu: Dinamika
Maqsad: Dinamikaning fizik asoslari bilan tanishish. Nyuton qonunlarini o’rganish
Ushbu mavzuni mustaqil o’rganish uchun tavsiya etiladigan mavzular
1.Nyutonning birinchi qonuni. Inersial sanoq sistemasi.
2.Nyutonning ikkinchi qonuni. Kuch va massa tushunchasi.
3.Nyutonning uchinchi qonuni. Ta’sir va aks ta’sir.
Mavzuga oid topshiriqlar
1 – topshiriq Quyidagi savollarga javob bering
1. Dinamika nimani o’rganadi?
2.Nyutonning birinchi qonunini ta’riflang.
3.Qanday sistemaga inersial sanoq sistemasi deyiladi? Nima uchun Nyutonning birinchi qonuni inersiya qonuni deb ataladi?
4.Kuch va massa deb nimaga aytiladi va qaysi birliklarda o’lchanadi?
5.Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonunini ta’riflang va uning formulasini yozing.
6.Zichlik nima? Uning o’lchov birligi va formulasini yozing.
2 – topshiriq Mavzuga doir quyidagi masalalarni yeching
1 – masala. 10 N ga teng bo‘lgan o‘zgarmas kuch ta’sirida jism shunday harakat qiladiki, uning bosib o‘tgan yo‘lini vaqtga bog‘lanishini ifodalaydigan tenglama ko‘rinishga ega. Agar S=1 m/s2 bo‘lsa, jismning massasi topilsin.
2 – masala. Blok orqali o‘tkazilgan vaznsiz ipga massalari 220 g va 270 g bo‘lgan yuklar osilgan. Sistemaning tezlanishi aniqlansin. Blokning massasi va undagi ishqalanish e’tiborga olinmasin.
3 – masala. Massasi 2.5 kg bo‘lgan jism 10.6 m/s2 tezlanish bilan pastga tik ravishda tushmoqda. Tushish vaqtida jismga og‘irlik kuchi bilan birgalikda ta’sir etuvchi kuchni kattaligi topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |