Mustaqil ish bajardi: 56-20 guruh talabasi Jaylyashova Tekshirdi: toshkent 2022 Mavzu
Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari
Download 30.96 Kb.
|
dilbar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llanish sohasi
Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalariMetrologik tekshiruv va nazorat o‘lchashlar birliligini ta’minlash, davlat va jamiyatni, atrof tabiatni o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish maqsadlarida amalga oshiriladi. Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari: metrologiya bo‘yicha qonunlarning va me’yoriy hujjatlar talablarining bajarilayotganligini tekshirish; metrologik me’yorlar va qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, zarur bo‘lganda esa, oldini olish; metrologik tekshiruv va nazorat quyidagilarga nisbatan qo‘llaniladi: o‘lchov birliklari; o‘lchash va sinash vositalari, shu jumladan etalonlar, modda va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalari, axborot-o‘lchash tizimlari; o‘lchash va sinashlarni bajarish metodikalari; o‘lchash va sinashlarning natijalari; o‘lchash vositalarini yaratuvchi, ishlab chiqaruvchi, foydalanuvchi, qiyoslovchi va ijaraga beruvchi, o‘lchashlarni bajarish metodikalarini yaratish, attestatlashni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari; o‘lchashlarni amalga oshiruvchi shaxslar; metrologik talablar qo‘yiladigan boshqa ob’ektlar. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llanish sohasiO‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq davlat metrologik tekshiruvi va nazorati quyidagi sohalarda tadbiq etiladi: sog‘liqni saqlash, veterenariya, atrof muhitni muhofazalash; moddiy boyliklarni va energetik resurslarni hisobga olish; savdo-sotiq, bojxona, pochta va soliq ishlarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish; zaharli, oson alangalanadigan, portlaydigan va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish va yo‘qotish; davlat mudofaasini ta’minlash; mehnat xavfsizligini va transport harakatining xavfsizligini ta’minlash; sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligini va sifatini aniqlash; geodezik va gidrometeorologik ishlar; o‘lchash vositalarini davlat sinovlari, qiyoslash, kalibrlash, ta’mirlash va metrologik attestatlashni o‘tkazish; foydali qazilmalarni qazib olish; milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olish. O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy hujjatlariga binoan, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati faoliyatining boshqa sohalarida ham tadbiq etilishi mumkin. Davlat metrologik nazorati quyidagilarga nisbatan qo‘llaniladi: o‘lchash vositalari (shu jumladan, fizik kattaliklar birliklarining etalonlari, moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalari, o‘lchash tizimlari) ni tayyorlash, ta’mirlash, ijaraga berish, xaridga chiqarish, holati va qo‘llanilishi; o‘lchashlarni bajarish metodikalarini qo‘llanish; akkreditlangan metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarning o‘rnatilgan metrologik me’yorlar va qoidalarga rioya qilish va faoliyati. O‘zstandart Agentligining qarori bo‘yicha, zarur bo‘lgan hollarda, metrologik tekshiruv va nazoratning boshqa turlariva shakllari o‘rnatilishi mumkin. .
Download 30.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling