Mustaqil ish guruh: 19a


Tog’ jinslari parchalanishi mexanikasining asosiy tushunchalari


Download 142.41 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi142.41 Kb.
#1329502
1   2   3   4   5
Bog'liq
Burg\'ilash-1

Tog’ jinslari parchalanishi mexanikasining asosiy tushunchalari.
Tog’ jinslarining turli xossalari ularning kelib chiqishiga va uzoq vaqt davomida ularning paydo bo’lganidan keyin sodir bo’ladigan geologik jarayonlarga bog’liq. Tog’ jinslarining fizik-mexanik xossalari ularning parchalanish jarayoniga ta’sir ko’rsatuvchi fizik va mexanik xossalarni birlashtiradi. Fizik xossalar ularning fizik holatini tavsiflaydi. Bu bog’liqlik darajasi, g’ovaklik, solishtirma og’irlik, tuzilish, tekstura, donadorlik. Mexanik xossalar fizik xossalarning bir turi bo’lib, tashqi mexanik kuchlar ta’sirida namoyon bo’ladi va tog’ jinslari parchalanishga qarshilik ko’rsatish bilan belgilanadi.
Tog’ jinslarining mexanik xossalari – bu ishlatilgan yuklama ta’sirida ularning deformatsiya bo’lishi va parchalanishi xarakterini belgilaydigan xususiyatlar. Boshqacha aytganda, tog’ jinslarining mexanik xossalari kuchlanish maydonlarining jadalligi va tuzilishi o’zgarishiga ko’ra ichki bog’liqliklar va material taqsimlanishining o’zgarishi xarakterida namoyon bo’ladi. Tog’ jinslarining massivida va namunada mexanik xossalar har xil namoyon bo’ladi. Massivda yuklama berish sharoitlari o’zgarishi bilan kuchlanish maydonlari qayta taqsimlanadi, bu tog’ jinsining holatiga ta’sir ko’rsatadi va kuchlanishlarning ma’lum konsentratsiyasida mahalliy parchalanishga olib keladi. Namunaning cheklangan hajmida kuchlanishlar konsentratsiyasi uchun sharoitlar yaratilgan bo’ladi. Namuna kuchlanishlari sharoitlarining o’zgarishi uning shakli o’zgarishiga olib keladi va natijada uning parchalanishiga sabab bo’ladi.
Tog’ jinslarining mexanik xossalari ularning tarkibiga, tuzilishiga, teksturasiga, yotish strukturasiga va sharoitlariga (yotish chuqurligi, tektonik buzilishi va h.) bog’liq. Tog’ jinsining tarkibi va tuzilishi ma’lum miqdorda uning kelib chiqishi bilan belgilanadi.
Tog’ jinsi shakllanishining sharoitlari uning tuzilishida katta asorat qoldiradi. Chuqurlikda paydo bo’lgan magmatik jinslar, odatda, yirik kristall tuzilmaga ega, yuzada qotib qolgan effuziv tog’ jinslari esa yashirin kristall tuzilmasi bilan tavsiflanadi. Nurash va metamorfizm jarayonlari ta’sir ko’rsatmagan va tektonik buzilishlarga uchramagan magmatik jinslar yer qobig’ida zich, monolit jismlarni tashqil qiladi. Cho’kindi kompleks jinslari qat-qat tuzilmaga ega, bu ularning anizotropiyasiga, ya’ni qatlamlanish bo’ylab va ularga perpendikulyar mexanik xossalarning farqlanishiga sabab bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslarining mexanik xossalari keng ko’lamda o’zgaradi. Ushbu xossalarga metamorfizm jarayonlari katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, nurash eng qattiq magmatik jinslarning ham yaxlitligini ancha kamaytiradi, hududiy metamorfizm jarayonlari esa cho’kindi, dastlab yumshoq bo’lgan tog’ jinslarining yaxlitligi oshishiga olib keladi.
Tog’ jinslarining ichki tuzilishini tavsiflash uchun tekstura va struktura tushunchalari kiritilgan.

Download 142.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling