Mustaqil ish guruh: 19a


Jinslarning mexanik xossalari anizotropiyasining ko’rsatkichlari


Download 142.41 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi142.41 Kb.
#1329502
1   2   3   4   5
Bog'liq
Burg\'ilash-1

Jinslarning mexanik xossalari anizotropiyasining ko’rsatkichlari

Qat-qat jinslar issiqlik o’tkazuvchanligining anizotropiya koeffitsienti o’rtacha 1,10-1,50 ni tashkil qiladi. Qat-qat muhitlarda qat-qatlikka perpendikulyardan (λ) ko’ra, qat-qatlik bo’ylab (λ|| )issiqlik o’tkazuvchanligi yuqoriroq.
Amaliy hisoblar uchun o’rtacha qiymat olinadi:

Bog’liqlik darajasi bo’yicha tog’ jinslari qoyali, bog’liqli, bo’sh (sochiluvchan) va oquvchanlarga bo’linadi.
Qoya jinslarimineral zarralari orasida, parchalangandan keyin tiklanmaydigan katta ionli va molekulyar ilashish kuchlarining mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Qoya jinslari mo’rt, mo’rt-elastik va elastiklarga bo’linadi. Mo’rt jinslar egiluvchanlik chegarasiga yetganda parchalanadi. Plastinasimon jinslar parchalanishidan oldin nafaqat egiluvchan, balki qoldiqli qovushqoq-plastik deformatsiyalar ham yuzaga keladi. Shuning uchun ushbu jinslarni parchalashda, mo’rt jinslarni parchalashga nisbatan, ko’proq ish sarflanadi. Qoya jinslari yaxlit va seryoriq bo’lishi mumkin.
Erkin kvarsi bo’lgan qoya jinslari juda abraziv bo’ladi.
Bog’liqli jinslarning farqi – ushbu jinslar zarralarining orasidagi ilashish kuchlari namlikka ko’ra juda o’zgarishi mumkin va yuqori bosim va namlanishni qo’llab, bog’liqlik buzilgandan keyin tiklanishi mumkin. Bu jinslar bog’liqlikni buzmasdan katta qoldiqli deformatsiyalar beradi (gilli jinslar, bo’r va b.). Quduqning devorlarida bunday jinslar ko’pincha qavariqlanadi va uning ichiga o’pirilib tushadi.
Bo’sh (sochiluvchan) jinslar – bu har xil shaklli va o’lchamli o’zaro bog’liq bo’lmagan zarralarning to’planishi (qum, graviy, shag’al, valunlar va b.). Quduqning devorlari bu holda noturg’un va o’pirilishga moyil bo’ladi.
Oquvchan jinslar (loyqa) –suv bilan to’liq to’yingan jinslar.
Mineral donalar qancha qattiq bo’lsa, ular orasidagi bog’liqlik qancha mustahkam bo’lsa, ular sement bilan qanchalik mahkamlangan bo’lsa, sementlovchi materialning qattiqligi qancha yuqori bo’lsa, tog’ jinslari ham shuncha mustahkam bo’ladi.
Mayda donali jinslar yirik donalilardan mustahkamroq (mineral tarkibi bir xil bo’lsa ham). Zichroq, mo’rtsizroq va kamyoriqli jinslar mustahkamroq bo’ladi.
Tog’ jinslarining fizik-mexanik xossalarini tekshirish va o’rganish quyidagi holatlarda zarur:
- burg’ilash usulini va jinsni parchalovchi asboblarning eng unumli turlarini tanlashda;
- burg’ilash va mahkamlashning ratsional texnologiyasini ishlab chiqishda;
- ushbu hududning geologik o’rganilganligini kengaytirishda.


Download 142.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling