Mustaqil ish guruh: 19a
Tog’ jinslarini burg’ulashda parchalanish turlari
Download 142.41 Kb.
|
Burg\'ilash-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toliqishli parchalanish
- Hajmiy parchalanish
- Foydalanilgan adabiyotlar
Tog’ jinslarini burg’ulashda parchalanish turlari.
Zaboyda burg’ilashda tog’ jinslarining quyidagi parchalanish turlari qo’llanadi: sirtqi (yuzaki), toliqishli va hajmiy. Sirtqi parchalanish jinsni parchalovchi asbobning tig’i bilan jins kontaktga kirishgan joyda botirishga (qattiqlikka) jinsning mustahkamligidan kichikroq kuchlanish paydo bo’lganda qo’llanadi. bu yerda P – jinsni parchalovchi asbobga o’q yuklamasi, N; F – jinsni parchalovchi asbob ishchi elementlarining jins bilan kontaktining umumiy maydoni, mm2; Psh – puanson botirib kirgizilganda jinsing qattiqligi, N/mm2. Bu holda jins faqat ishqalanish natijasida parchalanadi, ya’ni bu abraziv yeyilish. Parchalanishning ushbu turi unumsiz. Toliqishli parchalanish – burg’ilashning boshida, lekin jinsga kuchning ko’p martalik ta’siri natijasida mikroyoriqlar tizimi rivojlanadi. Shuning uchun zaboy jinsining qattiqligi asta-sekin pasayadi va vaqti-vaqti bilan hajmiy (to’liq) parchalanish uchun sharoit paydo bo’ladi. Hajmiy parchalanish jinsni parchalovchi asbobning keskichlari (tishlari) bilan jins kontaktida botirishga (keskin kuchlanishga) jinsning mustahkamligidan kattaroq kuchlanish paydo bo’lganda yuzaga keladi. Bu holda va jinsni parchalovchi asbob aylanganda jinsni yanada unumliroq parchalaydi. Burg’ilash vaqtida jinsni parchalovchi asbob ham yemiriladi (yeyilish va keskichlarning o’tmaslashishi), Shuning uchun F burg’ilash jarayonida ortib boradi. Charxlangan keskichlar bilan burg’ilash vaqtida oldin hajmiy parchalanish kuzatiladi, keyinchalik keskichlar o’tmaslashishi natijasida hajmiy parchalanish toliqishli parchalanishga o’tadi va nihoyat, sirtqi parchalanishga o’tadi. Shu munosabat bilan burg’ilashni hajmiy parchalashda bajarishga va quduqdan jinsni parchalovchi asbobni almashtirish uchun toliqishli parchalash bosqichida chiqarishga intilish kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: Стационарные машины: учебник / А.В. Долганов. – М.: Издательский дом Академии Естествознания, 2017. – 281 с. Дроздова, Л.Г. Стационарные машины: учеб. пособие. – Владивосток: Изд-во ДВГТУ, 2007. – 157 с. Гришко А.П. Г Стационарные машины. — Том 2. Рудничные водоотливные, вентиляторные и пневматические установки: Учебник для вузов. — М.: Издательство «Горная книга», 2007. — 586 с.: ил Shermatov Sh.M. “Suv chiqarish, ventilyator va pnevmatik qurilmalar” fanidan ma᾽ruzalar. (1-qism) Toshkent. NPO “Konstruktor” 1993 y. Sadikov А., Bаrаtov B.N., “Turg‘un mаshinаlаr”. O‘quv qo‘llаnmа. Toshkent, TDTU, 2013. Download 142.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling