Mustaqil ish guruh: 19a


Download 142.41 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi142.41 Kb.
#1329502
1   2   3   4   5
Bog'liq
Burg\'ilash-1

Tekstura (lot. textura– mato, to’qilish) tog’ jinsida mineral donalar holati va taqsimlanishi bilan belgilanadi. Tekstura belgilariga tog’ jinsining qat-qatligi, slanetssimonligi, massiv anizotropligi va g’ovakligi kiradi.
Umuman olganda mexanik xossalarga mustahkamlik, qattiqlik, dinamik mustahkamlik, egiluvchanlik, mo’rtlik, elastiklik, abrazivlik, darzlilik va boshqalar kiradi.
G’ovaklik – bu jinsning mineral skeletini hosil qiluvchi mineral donalar orasidagi tog’ jinsining barcha kavaklar majmui. G’ovaklik jinsning ma’lum hajmida:

V skelet hajmiga Vsk kavaklar hajmining nisbatiga teng bo’lgan g’ovaklilik koeffitsienti bilan belgilanadi.
Jinsning g’ovakligi P jinsning umumiy hajmidan V foizlarda yoki birliklar qismida ifodalanadi:

G’ovaklardan tashqari tog’ jinsida yoriqlar (tutash muhitning yassi uzilishi) va kavernalar bo’ladi – mineral donalar o’lchamlaridan katta o’lchamli va mineral skelet butligini buzuvchi bo’shliqlar.
Struktura –tog’ jinslarining, mineral donalarning o’lchamlari, shakli va yuzasining xarakteri bilan belgilanadigan xususiyatlari. Strukturasi bo’yicha, masalan, kristallsimon, amorf (shaklsiz) va chaqiq tog’ jinslari bo’ladi. Chaqiq tog’ jinslarining mexanik xossalari ko’proq donalar o’lchamlariga va ular orasidagi bog’liqlik xarakteriga, ya’ni mineral donalarni mahkamlovchi sementning tarkibi va tuzilishiga bog’liq.
Bir jinsli jism zichligi ρ, kg/m3, - jism massasining m (modda miqdorining) hajmga V nisbati.

Solishtirma og’irlik γ, N/m3, - jism hajmi birligining og’irligi, ya’ni jism og’irligining G (og’irlik kuchi) uning hajmiga V nisbati.
Tog’ jinslari anizotropiyasijinslarning fizik-mexanik xossalarining tanlangan yo’nalishdan bog’liqligi bilan ifodalangan tekstura xususiyati.

Tog’ jinslarining anizotropiya koeffitsienti Kan quyidagicha.

bu yerda X || – qat-qatlik yoki slanetssimonlik bo’ylab jinslar xossalarining ko’rsatkichi; - qat-qatlik yoki slanetssimonlikka perpendikulyar huddi shu xossalarning ko’rsatkichi.
Maksimal qattiqlik jins qatlamiga parallel kuzatiladi.
Jinslar mexanik xossalarining anizotropligini baholashda turli usullar mavjud.
A. Lubinskiy “anizotropiyaning burg’ilash indeksi”ni kiritdi, u quyidagicha aniqlanadi

bu yerda A – anizotropiya ko’rsatkichi (A= 0 izotrop jinsga xos); υ1 va υ2– tog’ jinslarining qat-qatlanishga parallel va unga perpendikulyar burg’ilanishi.
υ2 maksimal qiymatga ega bo’lganligi sababli, anizotropiya indeksi har doim birdan kam va cho’kindi jinslar uchun nolga yaqindan 0,75 gacha qiymatda baholanadi.
Jinslar anizotropiyasini akustik ma’lumolari bo’yicha ham aniqlasa bo’ladi, bunda ikkita diametral qarama-qarshi yo’nalishlarda ultratovush to’lqinlarining tarqalish tezliklari taqqoslanadi: jins (kern) namunasining balandligi bo’yicha (bo’ylama) ξ1 va diametr ξ2bo’yicha.

Ba’zi jinslarning mexanik xossalari anizotropiyasi 1-jadvalda ko’rsatilgan.

Download 142.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling