Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Orta osiyodagi temuriylar davrigacha bolgan iqtisodiy talimotlar reja: «Buyuk ipak yoli»
Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari
Download 316.5 Kb.
|
iqtisod mustaqil ish
Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari. Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020 yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasogunda tugildi(olamdan otgan yili nomalum). Bolajak mutafakkir oz davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi.
U 1069-1070 yillar orasida «Qutadgu bilig» (Qutga, yani baxt saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabgochxon Bugroxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik ogasi) degan martabani inom etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi mamuriy-xojalik hamda marifat, obodonchilik, moddiy-manaviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini organish, kasb-hunar egallash, xalq gamini eyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari etib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar toplanganki, ularga qoyil qolmay iloj yoq. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari boyicha soz yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu goyalar oz davri uchun ham, hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari boyicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab organilgan. Asar 18 oy yani bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasogunda boshlangan va Qashqarda nixoyalangan) bolsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik korilgan. Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat-ibodat bilangina etishib bolmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat korsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga toqnashib, odam bilishi mumkin bolmagan narsa, bilim bilan echilmaydigan jumboq yoq, bilim tufayli osmon sari ham yol ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan organish lozim, deb uqtiradi. Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy talimotiga kora (XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy tanglikdan chiqarish uchun 3 narsa: 1. Tinchlik-osoyishtalik; 2. Meyoridagi soliqlar; 3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu goya aslida bizning mutafakkir tomonidan etti asr avval bayon etilgan. Xalq, raiyat (soliq tolovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini kotarish yoki ushlab turish; 2) xalqqa xususiy mulk huquqini taminlovchi qonunlarni joriy etish; 3) yollarni ogri-qaroqchilardan muhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida tolashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda dostga- dost, dushmanga-dushman bolishni talab qiladi, deb yozadi. Korinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat ozaro mutanosib bolishi zarurligi goyasi aniq ifoda etiladi. Xususiy mulk huquqini taminlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jahon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga ommoviy otishning salbiy oqibatlarini sobiq shorolar davrida boshimizdan kechirganmiz. Yollarni ogrilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-import)ni taminlash va qollab-quvvatlashning ozginasidir. Bu erda savdoning xalq xojaligi uchun ustuvor ahamiyati togrisida gap yuritiladi. Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambagal tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli, insofli, adolatli, marhamatli bolishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga boysunuvchi, sadoqatli bolishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yoli bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir). Kitobdagi goyalar dunyodagi hamma ishlarda qol keladi. Unda mulk tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, mol-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab-yashnashi va uning xarob bolish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi xuddi shu masalaga bagishlangan. Vazir, qomondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. Masalan, «Vazir kozining toq bolishi uni har xil mol-mulk oldida saqlanishdan asraydi. Kozi och odam bor olamni esa ham toymaydi», deydi olim. Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli togrisida nodir fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin bolgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha», deb aytiladi. Ayniqsa bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta etibor beriladi. «Odamzod naslining ulugligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir», deb yozadi alloma. Aql-idrok egalarining nafi har doim kopchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz boladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar oquv-idrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilim bilan hal etiladi. Korinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish boyicha tanlangan oz yonalishimizda ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini organishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu tanlagan yolimizning togriligidan dalolat beradi. Download 316.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling