Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Orta osiyodagi temuriylar davrigacha bolgan iqtisodiy talimotlar reja: «Buyuk ipak yoli»
Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand)
Download 316.5 Kb.
|
iqtisod mustaqil ish
Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand)
Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand) Saljuqiylar davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiyning unvoni, «Nizomulmulk», yani mulkning nizomi, tartibi nomi bilan shuhrat qozongan. Nishopur va Marvda oqib, voyaga etgach, Balxga borib, Ali ibn Shodon xizmatiga kiradi. Saljuqiylar shohi Alp Arslon saroyida vazirlik mansabigacha kotariladi. 1072 yili Alp Arslon oldirilgach, uning ogli, 17 yoshlik Malikshoh (1072-1092 yillar) saroyida Nizomulmulk vazirlik qilib, qariyb davlatning hamma ishlarini ozi olib borgan. Nizomulmulk mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining ayirmachilik (separatistik) harakatlariga qarshi kurashib, davlatni boshqarish ishlarini markazlashtirish siyosatini otkazgan. 1067 yili Bagdodda «Nizomiya» aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091 yili «Siyosatnoma» («Siyar ulmuluk») asarini yozadi. Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyib hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qoshin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilaru posbonlar vazifalari, ularning maoshlari, pochta va aygoqchilik (razvedka) ishlari, ularning moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va hiroj, zakot va vaqf masalalari ham orin olgan. Asarning asosiy goyasi shundan iboratki, vazir Nizomulmulk. shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qatiy qoida va tartib ornatishga, amaldorarni vijdonli, pok, halol va iymonli bolishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini taminlash uchun harakat qilishga davat qiladi. Nizomulmulk Bagdod safari yolida yollangan qotil tigidan halok boladi. Nizomulmulkning "Siyosatnoma" yoki "Siyar ul-muluk" asari saljuqiylar sulolasining davlat boshqaruvi sohasidagi siyosiy dasturi sifatida etiborga sazovor manba bolib, u ozbek milliy davlatchiligi tarixida ham alohida qiymatga egadir. Asar IX-X asrlarda hukm surgan sulolaning siyosiy dasturi bolib, unda orta asrlarda Orta Osiyo va Eronda VI asrdan to XI asrgacha sodir bolgan muhim siyosiy voqealar bayoni va goyaviy-mafkuraviy jarayonlar yuzasidan tarixiy malumotlar keltiriladi. Asarda uchraydigan tarixiy-falsafiy va davlat boshqaruviga oid malumotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - siyosiy tarixga oid malumotlar - ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir malumotlar; - manaviy hayotga tegishli malumotlar; - islom mazhablari ortasidagi kurashlar tarixiga oid malumotlar; - boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari; - siyosat falsafasi, ozini ozi boshqaruv institutlari. Qonun ustuvorligining siyosiy-amaliy jihatlari qonunlarning podshoh va sultonlar tomonidan qabul qilinishi siyosiy faoliyat bolib, ular xalq (raiyat) hayoti bilan bogliq. Birinchidan, podshoh tomonidan farmonlar yozilib, xalqqa tanishtirib boriladi. Bu oddiy hol bolib korinsada, hozirgi siyosatshunoslik uchun ham qol keladi. Biroq u jamiyat hayotiga monand tarzda mudom ishlab turishi shart. Ana shunda siyosiy institutlar, shu jumladan, ularning ijrosini taminlovchi idoralar ham hayot talablaridan orqada qolmaydi. Ikkinchidan, agarda farmonga salbiy munosabat bildirilsa yoki uning ijrosi chozilib ketganligi togrisida xabar yetsa, podshoh masul va mutasaddi shaxslar uchun jazo belgilagan (ular oz yaqinlari bolsa ham). Chunki, markazlashgan davlat siyosati shoh farmoniga sozsiz itoat etishni talab qiladi. Bu osha davrning eng oliy siyosati edi, albatta. Uchinchidan, shoh, sulton farmonlari barchaga taalluqlidir, uni hatto hukmdorga yaqin odamlar ham buzishi mumkin emas. Shuning uchun ham Nizomulmulk qonun va siyosat oldida hammani teng, deb qaragan. "Siyosatnoma" asarida davlat boshqaruvi haqida keng fikr yuritilgan, undagi rivoyatlar, hikoyatlar, aforizmlar Nizomulmulkning jamiyat va davlatni boshqarish, falsafa, axloq masalalariga oid javoblaridir. Asarda jamiyat va davlatni boshqarish masalalari falsafiy-axloqiy yondashuv orqali ochib berilgan. Donishmandning siyosiy-falsafiy qarashlarida podshoh (sulton), xalq (raiyat) va shaxs (fuqaro) ortasidagi munosabatlarda uygunlikni taminlash asosiy orinda turgan. Nizomulmulk markazlashgan davlat qurish tarafdoridir. Togri, u markazlashgan davlat barpo etish uchun ijtimoiy-siyosiy loyihalar, istiqbolli dasturlarni tavsiya qilmaydi, ammo islohotlar otkazishni ortaga tashlaydi. Uning mushohadalari podshoh (sulton) bilan xalq (raiyat), amaldor(xizmatchi)lar bilan kishi(fuqaro)lar ortasida murosa munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan. Insonparvar podshoh davlatni uzoq boshqaradi, xalq farovonligini oylaydi, zorlik ishlatmaydi. «Kim insonparvarlikka chindan intilsa, u hech qachon yomon ishlar qilmaydi... Kim insoniylikni sevsa, undan yuqori narsa yoq deb hisoblaydi», degan goyani oz davrida alloma Konfutsiy ilgari surgan edi. Bunday goyalarni Nizomulmulkda ham kuzatish mumkin. Demak, insonparvarlik shaxslararo munosabatlardangina iborat emas, u jamiyat va davlatni boshqarishga ham taalluqli voqelikdir. Togri, bazan Nizomulmulk insoniylikni kichiklarning kattalarga hurmat korsatishi, deb ham talqin qiladi. Keyin ushbu talqinni podshoh (sulton) va xalq (raiyat), amaldor (xizmatchi) va fuqaro (inson), davlat va shaxs munosabatlariga kochiradi. Qanday bolmasin, jamiyat va davlatni boshqarishda insoniylik, insonparvarlik tamoyillariga tayanishga davat - Nizomulmulk ijodidagi olijanob jihatdir. Xalq, odamlar, amaldorlarning qanday sifatlarni ozida shakllantirishi yoki uluglashi podshoh (sulton)dagi fazilatlarga bevosita bogliqdir. Bu orinda Sharq xalqlariga xos bolgan «aravaning katta gildiragi qaerdan yursa, kichik gildirak ham shu erdan yuradi», degan maqol esga tushadi. «Xalqni oz ketidan ergashishga majbur qilish mumkin, lekin u nima uchun majbur qilinayotganini bilmasa, davlat uchun yomondir». «Hukmdor oz axloqini tuzatmasa, u kichik odam, xalq axloqini ham tuzatolmaydi», "badaxloqlik oxir-oqibatda davlatni, boshqaruvni tanazzulga olib keladi..." Bunday siyosiy qarashlar Nizomulmulk asarining maqsadini ifoda qiladi. Download 316.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling