Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Orta osiyodagi temuriylar davrigacha bolgan iqtisodiy talimotlar reja: «Buyuk ipak yoli»
Download 316.5 Kb.
|
iqtisod mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Orta Osiyodagi iqtisodiy goyalar
- A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari.
- «Jon haqida»
- «Metafizika»
- Forobiyning mulkchilik togrisidagi qarashlari
- Forobiyning taqsimotga bolgan iqtisodiy qarashlari.
Abu Nasr Farobiy (870950)
Tarixiy malumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar, savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga boruvchilar, harbiy qoriqchilar bolgan. Butun yol boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib otilgan. 2. Orta Osiyodagi iqtisodiy goyalar Orta Osiyo Evropani Osiyo bilan boglovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar ortasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bolgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yolga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni togu toshlardan , qum chollardan olib otish osonmidi, buning uchun malum qoidalarga, amallarga tayanib ish korish kerak boldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yolidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot ) va boshqa kopgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Fargoniy, Ibn Sino, Ibn Roshd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa koplab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy goyalar ham oz aksini topgan. Sharq uygonishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning koplari hozirgi kunda ham oz ahamiyatini saqlab kelmoqda. A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari. Orta asr davrida ilgor iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Farobiy (870950) hisoblanadi. U kop qirrali olim bolib, oz bilimini oshirish yolida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan, suhbatlashib undan saboq olish uchun yolga chiqqan. Forobiy bir asarni bir marta oqib tushunolmasa, uni qayta-qayta oqirdi. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy oqigan nusxasi topilgan bolib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta oqidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta oqidim, lekin yana oqishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini oqib organish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina toliq tushunganligi haqida yozgan. Farobiy bugungi kunda ham oz ahamiyatini yoqotmagan moddiy ehtiyojlar togrisida talimot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun kop narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir ozi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj boladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda boladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar togrisida bunday tushuncha osha davrdagi ilgor fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib otgach, qullikka keskin qarshi chiqdi. Forobiy Platonga oxshab ideal tuzum togrisida fikr yuritdi. U kelajak haqida oylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi ozaro yordam va dostlik tufayli boladigan shaharni ideal shahar deb hisoblagan; er yuzida barcha xalqlarning ozaro yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi togrisida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo Forobiy mazkur ozaro yordamning iqtisodiy asosi mehnat mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini korsatib bera olmadi. Shu narsani qayd qilib otish kerakki, Forobiy iqtisodiy savollarni ikkinchi oringa surib qoydi. Bu, ayniqsa, uning davlat togrisidagi talqinida korinadi, unda adolat ornatish, ommani marifatli qilish uning asosiy funktsiyalaridan deb etirof etiladi. Forobiyning mulkchilik togrisidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, oziga toq yashash togrisidagi ilgor fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik toplash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib otadi. Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida etibor beradi. Uningcha, marifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol oynaydilar va aksincha ...shahar aholisi marifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bolsa, u holda ular qonun ornatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar. Korinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida etibor qaratilgan. Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni togri tasarruf etish, undan unumli foydalanish va mulkni kopaytirishga undaydi. Forobiyning takidlashicha, Mulk orttirishda unchalik xavf yoq... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, oz ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi. Forobiyning mulkchilik togrisidagi iqtisodiy fikrlarining togri ekanligini hayotning ozi korsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfining shakllanib, ularning soni kopayib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi goyalari yana ham faollashib bormoqda. Forobiyning taqsimotga bolgan iqtisodiy qarashlari. Taqsimot Forobiyning iqtisodiy qarashlarida oziga xos usulda talqin etiladi. Uningcha, jamiyat va kishilar qolidagi mol-mulkini, noz-nematlarni togri taqsimlash davlat miqyosidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq amalga oshirilmas ekan, kopchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib qoladi. Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois maqsadga muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy mavjud bolgan barcha boyliklarni togri hisobga olishni nazrda tutadi. U shunday yozadi: Avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan orinlari, songra nihoyatda zarur narsalar bolgan oziq-ovqatlar, ekiladigan erlar, saroy va shaxsiy uylar miqdori hisobga olinishi zarur. Forobiy Platonning: Taqsimot juda qiyin ish, lekin juda zarur ishdir, degan fikrini alohida korsatib otadi. Biz bundan Forobiy taqsimot muammosining qiyinligini, uni togri hal etish jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunganligini koramiz. Download 316.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling