Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Orta osiyodagi temuriylar davrigacha bolgan iqtisodiy talimotlar reja: «Buyuk ipak yoli»
Download 316.5 Kb.
|
iqtisod mustaqil ish
Ibn Sino (9801037)
Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari. Ulug mutafakkir Ibn Sinoning 280 dan kop asarlari mavjud bolib, ular tibbiyot, matematika, astronomiya, ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga bagishlangan. Ibn Sinoning inson ehtiyojlari togrisidagi, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli togrisidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon tabiat nematlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat nematlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat nematlarini ozlashtiradi, inson esa oz mehnati bilan oziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shugullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bolib yashasalar ham, yolgiz yashay oladi, odamlar esa yakka holda ozlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va ozaro yordamga muhtoj boladilar». Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi. U jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi. «Odamning oz quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bolgan ehtiyoji, deb yozadi Ibn Sino, hammani hunar organishga undaydi». Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi togrisida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat tabiiy ofat yoki urush bolish ehtimolini hisobga olib, unga mablag ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur. Ibn Sino ideal davlat togrisida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi: hamma oz foydasini kozlab mehnat qilishi kerak; bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambagallik bolmasin; barcha kishilar halol mehnat bilan shugullanishi va halol savdo qilishi sababli urushadigan odamlar bolmaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar ortasidagi siyosiy bahslar esa tinch yol bilan hal etiladi; ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo boladi, shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bolmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi koradilar, uzoq vaqt qarimaydilar. Yusuf Xos Hojib 1020 yil Ibn Sinoning ideal davlat togrisidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning «Saxovatli shahar yashovchilarining qarashlari togrisida traktat»ida aytilgan fikrlariga kop jihatdan oxshab ketadi. Download 316.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling