YAIM = SHTD = S + S, ayni paytda: YAIM = S + I
Bu erda makroiktisodiy ayniyat kuyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
S + I = S + S yoki I = S
Ushbu ayniyatdan ko`rinib turibdiki, uy xo`jaliklarining jamgarishga bo`lgan istaklari tadbirkorlikning kancha mikdorda investitsiyalash xoxishlariga mos tushsa, unda daromadlar xajmi (SKS) va yalpi xarajatlar (SKI) xajmiga tengligiga yoki ishlab chikarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.
Aytaylik, mamlakat iktisodiyoti ochik, ya`ni eksport-import alokalari yo`lga ko`yilgan, solik solish va transfert to`lovlari ko`rinishida davlat aralashuvi mavjud bo`lsin. Bunday xolatda jamgarish tushunchasi murakkablashib, kuyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
S = Sp + Sd + Sx
Bu erda: Sp - xususiy jamgarmalar;
Sd - davlat jamgarmalari;
Sx - boshka mamlakatlar jamgarmalari.
Bunda xususiy jamgarmalar daromadlar (U), transfert to`lovlari (TR), davlat zayomlari bo`yicha foizlar yigindisidan (N) soliklar (T) va iste`mol (S) xarajatlari yigindisini ayirish natijasiga teng bo`ladi.
Sp = (U + TR + N - T) – C
Davlat jagmarmalari kuyidagi mikdorga teng bo`ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamgarmalari nolga teng bo`lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan, jamgarishning manfiy mikdori byudjet takchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg
Bu erda: BT – byudjet takchilligi mikdori.
Boshka mamlakatlarning jamgarmalari tashki dunyoning bizning importimiz xisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan xarajatlarini ayirib topiladi.
Sx k=M – X yoki Sx = -Xn
Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko`prok import kilsa, unda daromadlarning bir kismi xorijda koladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko`chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Xar kanday xolatda xam barcha turdagi jamgarmalarning umumiy yigindisi investitsiyalarga teng bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |