Mustaqil ish Mavzu: Banklarning funksiyalari


Download 344.4 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi344.4 Kb.
#1566396
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zamonaviy iqtisod Mustaqil ish maruza

Banklarning turlari

Kapitalistik tuzumning rivojlanishi turli
mulkchilik shakllarining
rivojlanishiga, moliyaviy mablag‘larning alohida moliyaviy muassasalar ixtiyorida
markazlashuviga olib keladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ko‘pchilik kapitalistik
mamlakatlarda ayrim banklarning milliylashtirilishi yuz berdi. Bu o‘z navbatida
banklarning mulkiy, huquqiy, funksiyasi, tabiati va boshqa qator mezonlari bo‘yicha
tavsiflanishiga sabab bo‘ldi.Zamonaviy iqtisodiyotda banklar quyidagi mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi.
Mulkiy jihatdan davlat banki, aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va
xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklariga bo‘linadi. Banklarni mulkchilik nuqti
nazardan tasniflanganda asosan ularning ustav kapitali tarkibida kimning ulushi 51
foizdan yuqori bo‘lsa, bank shu shaxslarning nomlarini oladi.
Masalan, bank kapitalining asosiy ulushi xususiy yoki kooperativ tashkilotlar
hissasiga to‘g‘ri kelsa, mazkur banklar xususiy yoki kooperativ bank deya yuritiladi.
Davlat banklari kapitalining asosiy ulushi davlatga tegishli bo‘ladi, ko‘pchilik
mamlakatlarda mamlakat Markaziy banklari davlat banki hisoblanadi. O‘zbekistonda
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Davlat – aksiyadorlik Xalq banki, aksiyadorlik
tijorat “Asaka” banklarning kapitali tarkibida asosiy ulush davlatga tegishli
bo‘lganligi bois mazkur banklar davlat banklari hisoblanadi.
Mamlakatimizda aksiyadorlik tijorat banklari sifatida, aksiyadorlik tijorat
“Agrobank”ni, Aloqabank, Turonbank va boshqalarni keltirish mumkin.
Mamlakatimizda yopiq turdagi aksiyadorlik tijorat banklari mavjud emas.
Xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklar mamlakat qonunchiligiga asosan
belgilangan miqdordagi ustav kapitali xorijiy ishtirokchilar tomonidan shakllantirilsa
mazkur banklar shu maqomga ega bo‘ladi. Mamlakatimizda xorijiy kapital
ishtirokidagi banklarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 344.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling