Mustaqil ish Mavzu: Banklarning funksiyalari
a). Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi
Download 344.4 Kb.
|
Zamonaviy iqtisod Mustaqil ish maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabyotlar
a). Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi.
Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi. Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: –banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa; –aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan talabi to‘liq va o‘z vaqtida qondirilmasa; –mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va aylanmalari haqida bank siri ta’minlanmasa; 16–mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o‘tkazilmasa; –bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar. b). Mamlakat iqtisodiyotida bozor mexanizmlari to‘liq va barchaga barobor ravishda amal qilishi lozim. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, 1991 yil mustaqillikka erishganimizdan so‘ng iqtisodiyotni markazdan boshqarishning byurokratik usullaridan voz kechib, iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlariga o‘tdik, – deganimiz bilan amaliyotda buning ijobati to‘liq namoyon bo‘lmayapti. Xususan, tijorat banklarining xo‘jalik sub’ektlariga kreditlarni berishda, ayniqsa mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qonidirilmasligi bu boradagi vaziyatning dolzarbligini anglatadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. CHunki, banklar milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas. Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bo‘lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyasiya darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi. Demak, iqtisodiyotda tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatlikning ta’minlanishi, birinchidan, bankning iqtisodiyotdagi rolini oshirsa, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq, bu muvozanatlikni ta’minlanishiga qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir qiladi Xulosa Moliya, bir davlatning moliya resurslarini boshqarish, to'plash, sarflash va investitsiyalashning barcha ko'rinishlarini o'z ichiga olgan tizimidir. Bu tizim, mamlakatning iqtisodiyotining turli ko'rinishlarini boshqarish, rivojlantirish va saqlashni o'z ichiga olgan muhim tizimdir. Moliya tizimi, mamlakatning moliya resurslarini boshqarish, soliq siyosatini belgilash, investitsiyalar va kreditlar bilan ishlash, moliya sohasidagi muammolarni aniqlash va bartaraf qilish, innovatsiyalar yaratish, xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish va boshqa ko'rinishlarda mamlakatni iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim vazifalarni bajaradi. Moliya tizimi, davlatning moliya resurslarini boshqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bu resurslar, soliq to'plash orqali to'lanadi vaodatda insonlar va tashkilotlar tomonidan to'langan soliq, biznes faoliyati uchun kerakli litsenziyalar va to'lovlar, korporativ soliq va boshqa moliya turlarini o'z ichiga oladi. Moliya tizimi, mamlakatning moliya resurslarini boshqarish, soliq siyosatini belgilash va investitsiya qilishning asosiy vositasi bo'lib, davlat xizmatlarini ko'rsatish, taraqqiyotni rivojlantirish, infratuzilma va boshqa loyihalarni amalga oshirish uchun moliya sarflarini to'plash va boshqarishga yordam beradi. Moliya tizimi, soliq siyosatini belgilash, byudjeti boshqarish, soliq to'plash usullarini belgilash, soliq tizimining innovatsiyalashmasini ta'minlash, moliya sohasidagi muammolarni bartaraf qilish, xalqaro xujjatlashtirish, xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish va boshqa ko'rinishlarda mamlakatni iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim vazifalarni bajaradi. Foydalanilgan adabyotlar “Kridit Tizimi” Sh.A.Jumanyozev “Moliya Siyosati” X.K Raximov “O’zbekizton Respublikasi Budjet Tizimi” Sh.A.Jumanyozev “Pul Muomilalari” M.M Ismoilov “Inflyatsiya” M.M Ismoilov Download 344.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling