Mustaqil ish Mavzu: Banklarning funksiyalari
Download 344.4 Kb.
|
Zamonaviy iqtisod Mustaqil ish maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan
Huquqiy jihatdan – banklar ochiq va yopiq turdagi jamiyatlar sifatida tasniflanadi.
Banklarning kapitalini asosiy ulushi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi, ushbu banklar ochiq aksiyadorlik yoki yopiq aksiyadorlik banklari bo‘lishi mumkin. Ochiq yoki yopiq aksiyadorlik banklari deyilishiga sabab ularning aksiyalarini sotish va sotib olish jarayoni bilan bog‘liq bo‘ladi. Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. 10Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Mamlakatimizda mulkiy jihatdan tashkil topishidan qa’tiy nazar, faoliyat yuritayotgan barcha banklar ochiq aksiyadorlik banklari hisoblanadi. Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan –emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg‘arma banklar sifatida tasniflanadi. Emission banklar mamlakat iqtisodiyotiga pullarni emissiya qilish, shuningdek, kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish va pul – kredit siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bunday vazifani hozirgi paytda mamlakat Markaziy banklari bajaradi. Markaziy banklar bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi va tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi ta’qiqlanadi. Tijorat banklari mamlakat bank tizimi va kredit muassasalari tarkibidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy muassasalar hisoblanadi. Ushbu banklar banklar bajarishi mumkin bo‘lgan barcha operatsiyalarni bajaradi. Investitsion banklarning asosiy faoliyati passiv operatsiyalari natijasida shakllantirgan moliyaviy mablag‘larini asosiy ulushini qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Mamlakatda investitsion banklar faoliyat yuritishi uchun qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlangan va etarli darajada investitsion muhit yaratilgan bo‘lishi lozim. Ipoteka banklari jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida uzoq muddatli kreditlar berish bilan shug‘ullanadi. Ipoteka atamasi ko‘chmas mulklarni garovga qo‘yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabat bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) 11oluvchining tasarrufida qolishidir. Odatda ipoteka banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishini ipoteka krediti berishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Biroq, amaliyotda ushbu qoida doimo ham o‘zining isbotini topmaydi, chunki hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan ipoteka banklari kredit portfeli tarkibida nafaqat ipoteka krediti, balki boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan kreditlarning hajmi salmoqli ulushni tashkil etadi. Jamg‘arma banklarining asosiy mijozlari jismoniy shaxslar bo‘lib, ushbu banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli omonatlarni jalb qilishga qaratilgan bo‘ladi. Jamg‘arma sifatida shakllantirilgan mablag‘larni yirik tijorat banklariga, savdo va qurilish tashkilotlariga investitsiya va kreditlar ko‘rinishida joylashtiradi. Download 344.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling