Mustaqil ish mavzu: Burg‘ilаsh tizmаsining tаrkibivа uning vаzifаsi Guruh


Togʼ jinslarini gʼovakligini oʼzgarish chegaralari


Download 1.28 Mb.
bet10/12
Sana28.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1236735
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
chuqur skvajnilarni bqazish texnologiyasi mustaqil ish

Togʼ jinslarini gʼovakligini oʼzgarish chegaralari
jadval



Тоғ жинслари

Ғоваклик коэффиценти, бирлик улушида

1

Қумоқтош

0,035-0,29

2

Оҳактошлар ва дала ғиштлар

0,005-0,330

3

Қум

0,060-0,520

4

Лой

0,060-0,500

5

Лойли сланцлар

0,005-0,014

Togʼ jinslari oʼzi orqali bosimlar farqi hisobiga suyuqlik va gazni oʼtkazish qobiliyatiga oʼtkazuvchanlik deb ataladi.


Togʼ jinslarini oʼtkazuvchanligi oʼtkazuvchanlik koeffitsienti bilan tavsiflanib, Darsi chiziqli sizilish qonuni formulasi boʼyicha aniqlanadi. Bu qonun boʼyicha suyuqlik sizilishi tezligi gʼovakliklardagi bosimlar farqiga toʼgʼri proportsional va qavushqoqlikka teskari proportsional:
(3.3)
bu yerda: V- chiziqli sizilish (filьtratsiya) tezligi, m/sek;
K – oʼtkazuvchanlik koeffitsienti;
µ - suyuqlikning dinamik qovushqoqligi, Pa∙C;
∆P – suyuqlikning harakat yoʼnalishi boʼyicha ∆L masofada
bosimlar farqi, Pa;
∆L - namunada olingan ikki nuqta oraligʼida masofa, m.
Chiziqli sizilish tezligi ekanligini hisobga olib uni (3.3) formulaga qoʼyilsa, u holda oʼtkazuvchanlik koeffitsientini quyidagicha ifodalanadi:
; [m2] (3.4)
bu yerda: Q - togʼ jinsi orqali oʼtadigan suyuqlik hajmiy sarfi, m3/cek;
F - namunaning koʼndalang kesim yuzasi, m2.
Oʼtkazuvchanlik koeffitsienti laboratoriya sharoitlarida (3.4) formuladan foydalanilgan holda aniqlanadi.
Sizilish koeffitsenti oʼlchov birligi fizik maʼnosi sizilish jarayonida oʼtkazuvchan gʼovak muhit kanallarining koʼndalang kesim yuzasi oʼlchamlarini tavsiflaydi. Neftlilik kollektorlarining oʼtkazuvchanligi katta oraliq qiymatlarda oʼzgaradi. Koʼpgina neft konlarida togʼ jinslarining oʼtkazuvchanligi 0,1-2 mkm2 ga teng.
Bitta kollektorning oʼtkazuvchanligi har xil qiymatlarga ega boʼlishi mumkin. Yomon oʼtkazuvchan togʼ jinslariga loylar va loysimon togʼ jinslari kiradi. Togʼ jinslarida oʼtkazuvchanlik qiymat uning koʼndalang kesimiga nisbatan yotiqligi boʼyicha katta, yoʼnalishi boʼyicha esa togʼ jinslarining zichlanishi va qatlamlanishiga perpendikulyar.
Neft tarkibli togʼ jinslarining oʼtkazuvchanligini tavsiflash uchun absolyut, samarali (fazoli) va nisbiy oʼtkazuvchanlik tushunchalari kiritiladi.
Аbsolyut oʼtkazuvchanlik gʼovak muhitning oʼtkazuvchanligi boʼlib, gʼovaklik muhiti toʼldirilgan faqat bitta suyuqlik yoki gazning sizilish fazosi kuzatiladi. Bunda gʼovaklik muhiti va fazo (suyuqlik, gaz) oralagʼida fizik-kimyoviy oʼzaro taʼsirlar boʼlmaydi.
Samarali (fazoviy) oʼtkazuvchanlik shunday oʼtkazuvchanlikki, gʼovak muhitda faqat suyuqlik yoki gazning sizilishi kuzatiladi, hamda shu bilan birgalikda koʼp fazoli tizim sizilishi deb ataladi. Fazoviy oʼtkazuvchanlik gʼovak muhitnng fizik-kimyoviy xossalariga va alohida har bir fazonikiga, tizimdagi fazoning foizli tarkibiga hamda bosim parametrlarining mavjudligi va boshqalarga bogʼliq.
Gʼovak muhitning nisbiy oʼtkazuvchanligi deb, samarali (fazoviy) oʼtkazuvchanlikning absolyut oʼtkazuvchanlikka nisbatiga aytiladi. Togʼ jinslari yaxshi oʼtkazuvchan va yomon oʼtkazuvchan turlarda boʼladi. Аbsolyut oʼtkazmaydigan togʼ jinsi mavjud emas.
Yaxshi oʼtkazuvchan togʼ jinslariga – qumlar, yumshoq qumtoshlar, yoriqlar va kovakli ohaktoshlar va boshqalar kiradi. Yomon oʼtkazuvchan togʼ jinslariga esa loylar, gipslar, slantslar, loysimon ohaktoshlar, loyli sementlashgan konglomeratlar va boshqa shu kabilar kiradi.
Gʼovak va yoriq togʼ jinslarining suyuqliklar va gazlarni oʼtkazuvchanligi hamda ularni sigʼdiruvchanlik imkoniyatlari kollektorlar deb ataladi. Qatlamlarda neft va gazni toʼplash, konlarni shakllantirish uchun kollektor yuqoridan va pastdan oʼtkazmaydigan togʼ jinslari bilan qurshalgan holda boʼlishi hamda neft va gaz shu kollektordan boshqa qatlamlarga oʼtmaydigan xususiyatga ega boʼlishi kerak. Yuqori va tub qismlaridan neft va gazni oʼtkazmaydigan kollektorlarga tabiiy rezervuarlar deyiladi.
Koʼp holatlarda tabiiy rezervuarlar yaxshi oʼtkazuvchan qatlam boʼlib, yomon oʼtkazuvchan togʼ jinslari oraligʼida joylashadi. Masalan: qumoqtoshli neft kollektorlari loyli jinslar oraligʼida joylashadi. Yer qobigʼida tabiiy rezervuarlar suvga toʼyingan holatda boʼlib, bunga bogʼliq holda neft va gaz shunday tabiiy rezervuarga tushadi va siljiydi (migratsiyalanadi), solishtirma ogʼirliklari farqlari evaziga suvdan ajralishga harakat qiladi.
Neft va gazning siljishi (migratsiyasi) yuza sirtga jipslashib chiqquncha yoki yer bagʼrining oʼtkazmaydigan qismigacha davom etadi. Neft va gaz oʼzining siljishi davomida togʼ jinsining oʼtkazmaydigan qatlamida uchrashib, shu yerda toʼplanadi, yaʼni tutqichda ushlanib tabiiy rezervuar hosil qiladi.
Tutqich tabiiy rezervuarning bir qismi shaklida boʼlib, neft va gazning siljib harakatlanishiga qarshilik koʼrsatuvchi oʼtkazmaydigan toʼsiq hosil qiladi. Tutqichda neft, gaz va suv oʼrtasida muvozanat oʼrnatiladi, yaʼni ularning zichliklariga bogʼliq ravishda gaz yuqori sohada, uning tagida neft va pastda suv toʼplanadi. Eng koʼp tarqalgan tutqichlar gumbaz yoki ekranlashgan tutqichlardir. Gumbazli tutqichlar antiklinal burmalarda shakllanadi.
Аgar burmaning ustki qismida va tubida kuchsiz oʼtkazuvchan togʼ jinslari joylashgan boʼlsa, bunday hollarda neft va gaz suv ustiga suzib chiqadi, antiklinal gumbaziga tushadi va tutqichlarga toʼplanadi (3.1-rasm, a). Neft va gazning ustki qismi yomon oʼtkazuvchan boʼlgan tutqichga toʼplanishi natijasida ularning yuqoriga sizilish jarayoni toʼxtaydi. Neft va gaz antiklinal burmaning gumbaz qismida qoladi.

rasm Tutqichlar turi
a-gumbazli; b-litologik; v-tektonik; g-stratigrafik.
Neft va gaz tutqichlarda baʼzida yomon oʼtkazuvchan togʼ jinslari bilan chegaralangan qatlamlar oraliqlarida shakllanadi. Bunday tutqichlar litologik ekranlashgan deb ataladi (3.1-rasm, b). Tutqichlar baʼzida qatlam gʼovaklarining yoriqlarida yomon oʼtkazuvchan togʼ jinslari bilan tutashgan joylarda shakllanadi. Bunday tutqichlar tektonik ekranlashgan deb ataladi (3.1-rasm, v). Bunday hollarda neft va gaz qatlam gʼovakligining koʼtarilgan qismida toʼplanadi va tutqichda qoladi, yomon oʼtkazuvchan togʼ jinslarida esa ularning migratsiyasi boʼlishi imkoniyat boʼlmaydi. Tabiatda stratigrafik ekranlashgan tutqichlar ham uchraydi (rasm, g). Ularda neft va gaz qiya joylashgan gʼovaklik qatlamlarda va yomon oʼtkazuvchan gorizontal joylashgan togʼ jinslari bilan qatlam hosil qiladi. Bunday turdagi qatlamlar neft va gaz uchun ekran boʼlib hizmat qiladi. Haqiqiy sharoitlarda har qanday tutqichlarda neft va gaz toʼplanishi mumkin. Bunday tutqichlar uyumlar deb ataladi. Uyumlarning shakli va oʼlchamlari tutqichning shakli va oʼlchamlariga mos keladi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling