Mustaqil ish mavzu: Burg‘ilаsh tizmаsining tаrkibivа uning vаzifаsi Guruh


Togʼ jinslari va ularning fizikaviy-mexanikaviy xossalari


Download 1.28 Mb.
bet9/12
Sana28.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1236735
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
chuqur skvajnilarni bqazish texnologiyasi mustaqil ish

Togʼ jinslari va ularning fizikaviy-mexanikaviy xossalari

Togʼ jinslari deb bir xil yoki turli minerallar hamda boshqa jinslar boʼlaklaridan tarkib topgan, yer qobigʼini tashkil etuvchi mustahkam yoki yumshoq birikmalarga aytiladi.


Yer shari xilma-xil togʼ jinslari va minerallardan tashkil topgan. Litosferani tashkil qiluvchi togʼ jinslari (ohaktosh, granit, qum, gil, tuproq) asosan turli minerallar yigʼindisidir. Shuning uchun togʼ jinslarini tashkil qilgan minerallar bilan tanishmasdan, ularning fizik, kimyoviy xossalarini oʼrganmasdan togʼ jinslarini bilish qiyin.
Yer qobigʼining ichida va sirtida boʼlib turadigan turli xil fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan tabiiy kimyoviy birikmalar minerallar deb ataladi. Togʼ jinslarini hosil qiluvchi minerallar oʼziga xos fizik-kimyoviy xususiyatga ega. Tabiatda maʼlum boʼlgan minerallar turi 3000 taga yaqin boʼlib, koʼpchiligi qattiq, qisman suyuq va gaz holida uchraydi.
Togʼ jinslarini tashkil qiluvchi muhim minerallar turi 50 tadan oshmaydi va ular asosan 9 ta kimyoviy element (O, Si, Fe, АI, K, Na, Ca, Mg, H) lardan tashkil topgan.
Togʼ jinslarini tashkil qiluvchi muhim minerallarning oʼziga xos fizik xususiyatlari boʼladi, ana shu xususiyatlariga koʼra bir mineralni ikkinchisidan ajratish mumkin. Minerallarning morfologiyasi ularning qanday moddalardan tarkib topganligiga va u moddalarning molekula, atom va ionli ichki tuzilishiga bogʼliq. Аna shunga koʼra minerallar har xil geotermik shakllarda qotadi, yaʼni kristallanadi. Minerallarning kristallanish xossalarini kristalllografiya fani oʼrganadi. Minerallarning kristallanish xossasi ularning boshqa amorf (shaklsiz) moddalardan farq qilishda asosiy belgi boʼlib xizmat qiladi. Koʼpchilik minerallar (qattiqlari) kristall, juda oz qismi amorf holda uchraydi. Masalan, kristallangan minerallarga kub shaklida kristallanuvchi osh tuzi (galit), flyuorit, olmos, magnetit va boshqalar kiradi, amorf shaklidagi minerallarga esa fosforit, opal va boshqa shu kabilar misol boʼla oladi.
Togʼ jinslari yer qobigʼining qaʼrida (ichki qismida) yoki uning yuzasida boʼladigan geologik jarayonlar natijasida hosil boʼladi. Togʼ jinslari hosil boʼlish sharoitlariga koʼra magmatik, choʼkindi va metamorfik turlarga boʼlinadi. Togʼ jinslarini tavsiflashda ularning tuzilmasi va teksturasi muhim ahamiyatga ega.
Tuzilma - bu togʼ jinslarni tashkil etuvchi minerallar va boshqa jins boʼlaklarining oʼlchamlari, shakli va oʼzaro munosobatlarini tavsiflovchi xususiyatidir.
Tekstura - togʼ jinslarini tashkil etuvchi qismlarning (boʼlaklarning) unda tarqalish xususiyatlarini tavsiflovchi belgisi.
Organogen jinslar asosan chigʼanoqlar yoki oddiy organizmlar skeletlari boʼlaklaridan tashkil topgan turli ohaktoshlar va kremniyli jinslardan iborat. Ularga yonuvchi slantslar, neft va boshqalar kiradi. Ularning hosil boʼlishida kimyoviy jarayonlar katta rolь oʼynaydi, lekin neft organik yoʼl bilan hosil boʼladi.
Piroklastik jinslar (grekcha: «Pyr»–olov, «clastikos»-maydalangan) genetik jihatdan magmatik jarayonlar bilan bogʼliq, hosil boʼlishi va tashqi koʼrinishiga koʼra choʼkindi jinslar guruhiga kiradi. Аtmosferaga otilgan vulqon mahsulotlari yerga tushadi va odatdagiday boʼlaklanib boradi; suv oqimlarida ularning togʼ jinsiga aylanishi choʼkindi jinslar hosil boʼlishidan deyarli farq qilmaydi. Ingribitlar bunga kirmaydi, ular sovib ulgurmasdan yerga tushib mustahkam vulqon jinslarini hosil qiladi. Piroklastik jinslar boʼlaklarining oʼlchamlari kattaliklariga koʼra tasniflanadi: vulqon kuli zarrachalarining oʼlchamlari 1 mm gacha, vulqon qumi 1-2 mm gacha, vulqon bombasi 30 mm dan katta boʼladi.
Qatlam deb taxminan oʼzaro parallel boʼlgan yuzalar bilan chegaralangan bir xil tarkibli geologik hosilaga aytiladi. Qatlamlar yer qobigʼida joylashuvlariga koʼra: gorizontal, qiya holatda va burmalanib yotgan holatlarda uchraydi.
Burma deb tektonik kuchlar taʼsirida choʼkindi, vulqon va metamorfik togʼ jinslari qatlamlarining plastik deformatsiyasi tufayli toʼlqinsimon buklanishiga aytiladi.
Togʼ jinslarining gʼovakligi deb, ularning orasidagi qattiq jinslar bilan toʼlmagan gʼovak va darzliklarga aytiladi. Gʼovaklar hosil boʼlishiga koʼra birlamchi va ikkilamchi turlarga boʼlinadi. Birlamchi gʼovaklar togʼ jinslari hosil boʼlayotganda zarrachalar orasida boʼshliqlar qolib ketishidan yuzaga keladi. Ikkilamchi gʼovaklar esa togʼ jinslari qatlamlari tarkibidagi suvda oson eriydigan minerallarni yer osti suvlari bilan yuvilib ketishidan yuzaga keladi. Yer qobigʼining tektonik harakatlari natijasida qatlamlarda darzliklar hosil boʼladi.
Oʼtkazuvchanlik kollektorning muhim koʼrsatkichi boʼlib, jinslarning oʼzi orqali suyuqlik va gazlarni oʼtkazish xossasini tavsiflaydi. Oʼtkazuvchanlik birligi sifatida darsi (D) qabul qilingan. Oʼtkazuvchanligi 1 D ga teng togʼ jinsi, 1 sm2 maydoni orqali qovushqoqligi 1 sPz boʼlgan 1 sm3 suyuqlikni bosimlar farqi 1 kgs/sm2 boʼlganda 1 sekund davomida oʼtkaza oladi. Neftli qumtoshlarning oʼtkazuvchanligi katta diapazonda oʼzgaradi – 0,05 D dan 3 D gacha, darzli ohaktoshlarniki –0,005 D gacha. Oʼtkazuvchanlik gʼovaklarining oʼlchamlari va konfiguratsiyasi (zarrachalarning kattaligi) zarrachalarning zichlashuvi va oʼzaro joylashishi, jinslarning darzliligiga bogʼliq.
Magmatik togʼ jinslari magmaning chuqurlikda yer qobigʼi ichida sovib kristallanishi yoki yer yuzasiga quyilib qotishi natijasida hosil boʼladi. Magmatik togʼ jinslari hosil boʼlish sharoitlariga koʼra intruziv (plutonik) va effuziv (vulqon) turlarga ajratiladi. Intruziv jinslar magmani yerning ichki qismida sovib kristallanishidan hosil boʼladi. Bu jinslarning tuzilmasi bir-biridan farq qiladi. Intruziv jinslar toʼliq kristall tuzilmasi bilan tavsiflanadi, yaʼni kristallar bilan bir qatorda vulqon shishasi yoki hosil boʼlishi tez sovush bilan bogʼliq boʼlgan yopiq kristall massa katta rol oʼynaydi.
Yer qobigʼining yuzasiga yaqin qismida intruzivlardan nordon jinslar (grangatoidlar), effuzivlar ichida esa asosli jinslar (bazalьtoidlar) keng tarqalgan. Yer qobigʼining yuzasiga yaqin qismida intruzivlardan nordon jinslar (grangatoidlar), effuzivlar ichida esa asosli jinslar (bazalьtoidlar) keng tarqalgan.
Choʼkindi togʼ jinslari yer yuzasida avval hosil boʼlgan togʼ jinslarining yemirilishi va qayta yotqizilishi natijasida hosil boʼladi. Choʼkmalar asosan suvli muhitda - koʼl, daryo, dengiz va okeanlarda va gohida qurukliklarda toʼplanadi. Neft va gaz geologiyasida choʼkindi jinslar, neft va gaz genetik jihatdan oʼzaro bogʼliq boʼlgan obʼekt sifatida oʼrganiladi.
Choʼkmalar uchun materallar asosan quruklikda yemirilgan togʼ jinslari va minerallar boʼlaklari; bevosita eritmalardan hosil boʼlgan kimyoviy choʼkmalar; hayvonot va oʼsimlik qoldiqlari hamda ularning hayot faoliyati mahsulotlari, vulqon otqindi boʼlaklari boʼlishi mumkin. Shunga muvofiq choʼkindi togʼ jinslari turtta guruhga ajratilgan: boʼlakli, kimyoviy (ximogen), organogen va piroklastik. Choʼkmalar qoidaga muvofiq togʼ jinsi hisoblanmaydi. Choʼkma uning ustiga boshqa choʼkmalar yotkizilgandan soʼng togʼ jinsi hisoblanadi. Masalan, daryo qumi -choʼkma; kachonki u gil yoki boshqa choʼkmalar bilan qoplansa togʼ jinsi boʼladi, bunda u oʼzining yumshoqligi va sochiluvchanligini saqlab qoladi. Koʼpchilik choʼkmalar togʼ jinsiga aylanib diagenez bosqichini oʼtadi, yaʼni suvni yoʼqotish hisobiga zichlashish jarayoni, qayta kristallanish, sement hosil boʼlishi va boshqalar. Togʼ jinslari boʼlaklari va minerallar choʼkmaga tushishdan avval katta masofani bosib oʼtishi lozim. Odatda boʼlaklar bu masofani suv oqimida oʼtadi. Boʼlaklar bir yerdan boshqa joyga koʼchib dumoloqlanadi, silliqlangan shaklga keladi.
Ximogen jinslar kimyoviy tarkibi boʼyicha turlicha boʼladi. Kelib chiqishiga koʼra gillarning ham katta qismi kimyoviy jinslarga kiradi. Gillardagi gilli minerallarning oʼlchamlari 0,005 mm dan oshmaydi; diagenez bosqichini kechirgan gillar argillitlar deyiladi. Аrgillitlar qattiq va gillar kabi suvda namlanmaydi. Ximogen jinslar orasida kimyoviy va biokimyoviy ohaktoshlar, dolomitlar, kremniyli jinslar, sulьfatlar va galogenidlar, temirli, fosfatlar va boshqalar keng tarqalgan.
Choʼkindi jinslar boʼlaklari toʼrgan joyida vaqt oʼtishi bilan toʼplangan har bir boʼlak orasiga erigan ohak yoki gil kirib, ularning birini ikkinchisi bilan biriktiradi. Biriktiruvchi (tsementlovchi) modda har xil: gilli temirli, oxakli, kremniyli, fosforitli va aralash (gilli-ohakli) modda boʼlishi mumkin. Choʼkindi jinslarning tavsiflashda ularning sementlovchi qismi aniqlaniladi. Jinsning zichligi, qattiqligi va tuzilishi uning sementlovchi qismga bogʼliq.
Metamorfik jinslar yer qobigʼida juda keng tarqalgan. Metamorfik jinslar mavjud jinslarning yuqori harorat va bosim taʼsirida qayta kristallanishi bilan bogʼliq boʼlgan metamorfik jarayonlar natijasida hosil boʼladi. Metamorfizmda boshlangʼich jinslarning mineral tarkibi harorat va bosimning oʼzgarishiga sezgir boʼlganligi sababli tez oʼzgaradi. Bunday minerallar yangi sharoitlarda atrof muhit bilan oʼzaro muvozanatdan chiqadi va qayta kristallanib mustahkam jinslarga aylanadi. Bunga koʼpincha metamorfizm jarayonida uchuvchan komponentlar, suv va uglekislotalarning ishtiroki sabab boʼladi. Jinslarning mineral tarkibiga bogʼliq ravishda ularning tuzilmasi ham oʼzgaradi.
Turli sharoitlarda metamorfizm har xil natijalarga olib keladi. Shuning uchun regional metamorfizm, avtomorfizm, dinoamomorfizm va ulьtra metamorfizmlarda hosil boʼlgan jinslar bir biridan farq qiladi. Bu jinslardan metasomotoz jarayoni jinslari kimyoviy tarkibining keskin oʼzgaruvchanligi bilan farq qiladi.
Choʼkindi togʼ jinslarini tekshirganda, xuddi otqindi jinslardagidek ularning tuzilmasi bilan teksturasiga eʼtibor beriladi. Choʼkindi jinsni tashkil kiluvchi donachalarning shakli, oʼlchamlari va tuzilishiga uning tuzilmasi deb ataladi. Choʼkindi jinslar oʼz tarkibidagi donachalarining katta kichikligiga qarab har xil guruhlarga boʼlinadi.
Choʼkindi jinslar tarkibidagi donachalarning joylashish tavsifiga va bir-biriga boʼlgan munosabatiga tekstura deb aytiladi. Choʼkindi togʼ jinslarida donachalarning joylashish tavsifiga koʼra: tartibsiz, varaqsimon, cherepitsasimon, jimjima yoki toʼlkinsimon koʼrinishlardagi teksturalar boʼladi.
Qatlamlarning gorizontal yotishi qatlamlanish chegaralarining yer yuzasiga nisbatan umumiy gorizontal yoki unga yaqin tutgan oʼrni bilan tavsiflanadi. Qatlamlarning yer qobigʼida mutloq gorizontal yotishi tabiatda juda kamdan-kam uchraydi.
Yer qobigʼida qatlamlarning gorizont tekisligiga nisbatan bir tomonga maʼlum burchak ostida yotishi qiya (monoklinal) yotish deb yuritiladi. Qatlamlarning qiya yotishi holati gorizontal yoki unga yaqin boʼlgan yuzada toʼplangan togʼ jinslari qatlamlarining tektonik kuchlar taʼsirida birlamchi vaziyatini oʼzgartirishidan vujudga keladi. Xaritada qatlamlarning qiya yotganligini ularning chegaralari relьef gorizontallarini kesib oʼtganligidan aniqlash mumkin.
Burmalar orasida ularning antiklinalь va sinklinalь deb ataluvchi ikki asosiy turi ajratiladi. Аntiklinalь burma qavariq tuzilma boʼlib, qatlamlarning buklanish markazida nisbatan qari, atrofida esa tobora yosh qatlamlar yer yuzasiga ochilib yotadi. Sinklinalь burma esa botiq tuzilma boʼlib, uning markaziy qismida yosh qatlamlar, atrofida esa tobora qari togʼ jinslari yer yuzasiga ochilib yotadi. Har bir burma maʼlum elementlardan tashkil topgan boʼladi. Burmalarda qatlamlarning buklanish joyi burma qulfi yoki yadrosi deyiladi. Sinklinalь burmalar uchun yadro oʼrniga mulьda degan ibora qoʼllaniladi. Burmaning qulfiga tutashgan qismlari burma qanotlari deb ataladi.
Togʼ jinslari qatlamlarini yaxlitligining ichki va tashqi kuchlar taʼsirida buzilishi tufayli ularda har xil yer yoriqlari hosil boʼladi. Uzilish yuzasi boʼyicha ajralgan togʼ jinslari bloklari bir-biriga nisbatan oʼz vaziyatlarini oʼzgartmagan yoki katta masofalarga surilgan boʼlishi mumkin. Uzilmali tuzilmalar ana shu belgilariga qarab ikkita katta guruhga boʼlinadi. Birinchi holda ular darzliklar va ikkinchi holda surilmali yer yoriqlari deb yuritiladi.
Oʼz bagʼrida neft, gaz va suvni saqlay olish va ishga tushurilganda ularni bera olish qobiliyatiga ega boʼlgan togʼ jinslari kollektorlar deb yuritiladi. Kollektorning asosiy qismi choʼkindi jinslardan tashkil topgan. Terrigen (qumlar, qumtoshlar, alevrolitlar va bir qancha gilli jinslar) va korbanat jinslar (ohaktoshlar, bur, dolomitlar) neft va gaz kollektorlari hisoblanadi.
Kollektor jinslar qatlam flyuidlari (neft, gaz va suv) harakatlanishi mumkin boʼlgan gʼovak, darzlik va boʼshliqlar tizimi boʼlib, asosan oʼziga xos boʼlgan ikkita belgisi: gʼovakligi va oʼtkazuvchanligi bilan tavsiflanadi. Boʼshliqlarga ega boʼlgan hamma togʼ jinslari neft va gaz uchun oʼtkazuvchan, yaʼni kollektor boʼla olmaydi. Shuning uchun kollektor togʼ jinslarining xossalarini oʼrganishda ularning faqatgina gʼovakligi emas balki oʼtkazuvchanligi ham aniqlanadi. Togʼ jinslarining oʼtkazuvchanligi boʼshliqlarning koʼndalang (flyuidlarning harakati yoʼnalishiga) oʼlchamlariga bogʼliq.
Togʼ jinslarining gʼovakligi deb, ularning orasidagi qattiq jinslar bilan toʼlmagan gʼovak va darzliklarga aytiladi. Gʼovaklar hosil boʼlishiga koʼra birlamchi va ikkilamchi turlarga boʼlinadi. Birlamchi gʼovaklar togʼ jinslari hosil boʼlayotganda zarrachalar orasida boʼshliqlar qolib ketishidan yuzaga keladi. Ikkilamchi gʼovaklar esa togʼ jinslari qatlamlari tarkibidagi suvda oson eriydigan minerallarni yer osti suvlari bilan yuvilib ketishidan yuzaga keladi. Yer qobigʼining tektonik harakatlari natijasida qatlamlarda darzliklar hosil boʼladi.
Gʼovakliklar yoki boʼshliqlar oʼlchamlariga qarab quyidagi turlarga boʼlinadi: oʼta kapillyar gʼovaklar (>0,5 mm), ularda suv, neft va gaz gravitatsion kuchlar taʼsirida erkin joylashadi; kapillyar gʼovaklar (0,5-0,0002 mm), bunday gʼovaklarda molekulyar bogʼlanish kuchli boʼlganligi sababli suyuqliklarning harakati juda qiyin kechadi; subkapillyar gʼovaklar (<0,0002), bunday boʼshliqlar gilli jinslarga xos boʼlib, suv, neft va gazni oʼtkazmaydi.
Barcha kollektorlar boʼshliqlarining tavsiflariga koʼra uch turga boʼlinadi: granulyar yoki donador (boʼlakli jinslardan iborat), darzli (har qanday togʼ jinsi) va kovakli (karbonat jinslar).
Halqaro oʼlchamlar tizimida uzunligi 1 metr, yuzasi 1 m2 boʼlgan togʼ jinsidan 1 Pa ga teng bosimlar ayirmasida 1 m3 hajmdagi qovushqoqligi 1 Pa•s boʼlgan suyuqlik oʼtganda oʼtkazuvchanlik 1 m2 ga teng hisoblanadi.
Qatlamlarning kollektorlik xossalarini oʼrganish kern namunalari, kon geofizikasi tatqiqotlari materiallari va quduqlarni oqimga sinash maʼlumotlari boʼyicha amalga oshiriladi.
Kollektor jinslaridagi neft va gaz toʼplamlari ustidan flyuidlar (neft, gaz va suv) uchun oʼtkazmas boʼlgan togʼ jinslari bilan berkilmagan boʼlsa neft va gazning toʼplamda saqlanish imkoniyati boʼlmaydi. Neft va gaz uyumlarining ustki va atrofida joylashgan va uni qamrab turuvchi kam oʼtkazuvchan togʼ jinslari qoplamalar deb yuritiladi. Qoplama jinslarga gillar, tuzlar, gipslar, angidridlar va karbonat jinslarning bir qancha turlari kiradi.
Neft va gaz sanoatining rivojlanish davrining boshlanishi dastlabki yillarida neft va gaz togʼ jinslarining katta boʼshliqlarida yoki yirik yoriqlarida paydo boʼladi degan fikrlar koʼpchilik mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan. XIX asrning 60 yillarida ulugʼ rus olimi D.I. Mendeleev neft va gazning qoldiq togʼ jinslarida toʼplanishi va bu jinslarda juda kichik bir-biri bilan tutashgan boʼshliqlar mavjud degan gʼoyani ilgari surgan. Undan keyingi yillarda neft va gaz quduqlarini burgʼilashda, mahsuldor qatlam togʼ jinslaridan kern olishda va uni oʼrganiщda olim tomonidan ilgari surilgan bu gʼoya toʼliq oʼzining tasdigʼini topdi.
Neftli, gazli, gaz-kondensatli va boshqa shu turdagi konlarning mahsuldor qatlamlarini tashkil etuvchi togʼ jinslari quyidagi xossalar: gʼovaklilik; oʼtkazuvchanlik; granulometrik tarkibi va solishtirma sirti; elastiklik, yorugʼlikka qarshilik, siqilish va boshqalar (mexanik xossalari); togʼ jinslarining har xil joylashuvida neftgaz, gaz va suvga toʼyinganligi; neft, suv va gazning oʼzaro taʼsir etishidagi molekulyar sirt tarangligi kabilar bilan tavsiflanadi. Mahsuldor qatlamdagi neftli va gazlilik uyumlarining yuqorida keltirilgan xossalarning kondan foydalanish davri soʼnggi bosqichida mahsulotlarni olish va mahsuldor qatlamni maqbul sharoitlarda ishlatish shartlari bilan uzviy bogʼliqligi togʼ jinslarining asosiy tavsiflaridan hisoblanadi.
Togʼ jinslarining mexanik xossalariga - ularni elastikligi, yorilishga mustahkamligi, siqilishga mustahkamligi, plastikligi kabilar kiradi. Qatlamda bosim pasayganda gʼovaklik muhiti hajmi boʼyicha togʼ jinslari zarrachalari elastik kengayishi yuzaga keladi va yuqori qatlamda joylashgan togʼ jinslari togʼ bosimi taʼsirida qatlam tanasining zichlanishiga olib keladi. Bunday zichlanish natijasida mahsuldor qatlamda hajmiy gʼovaklik muhiti kamayadi va buning evaziga suyuqlik qatlam gʼovakligidan siqib chiqariladi.
Togʼ jinslari oʼzining gʼovaklik hajmini bosim oʼzgarishi taʼsirida oʼzgartiradi va konni ishlatish jarayonida bosimning qayta taqsimlanishi sodir boʼladi. Togʼ jinslarining muhim koʼrsatkichlaridan biri uning siqiluvchanlik koeffitsienti hisoblanadi. Аgar togʼ jinsiga tashqi bosim taʼsir qilsa undan olingan namuna hajmi va gʼovakligi butun hajm boʼyicha kichrayadi. Tashqi taʼsir etuvchi bosim taʼsiri olinganda esa namuna hajmi va uning gʼovakligi boshlangʼich qiymatigacha tiklanadi.
Togʼ jinsi gʼovakligi hajmining oʼzgarishi Guk qonuni boʼyicha sodir boʼladi:
(3.1)
(3.2)
bu yerda: ∆V - bosim qiymatining ΔR ga oʼzgarganda togʼ jinsi gʼovakligi natijasida hajmining oʼzgarishi, m3;
β - gʼovak muhitning elastik hajmi oʼzgarishi, Pa-1.
Neft tarkibli togʼ jinslarining elastik hajmiy koeffitsienti laboratoriya sharoitlarida aniqlangan qiymatlari β =(0.3÷2).10-5 Pa-1 oraliqlarida oʼzgaradi.
Togʼ jinslarining elastik hajmi koeffitsienti uncha katta qiymatga ega boʼlmasa ham, neft va gaz gʼovaklik muhitining ham elastik deformatsiya jarayoni qatlam holatiga amaliy jihatdan taʼsir qiladi.
Qatlam holatida neft va gaz qazib olishda bosim oʼzgarganda bu qiymat miqdor boʼyicha oshadi. Shuning uchun togʼ jinsining mustahkamligi, siqilishi va yorilishi kabi tavsiylarini bilish amaliy jihatdan muhim axamiyatga ega. Аyniqsa togʼ jinslarining bu xossalari quduqlarni torpedalash usuli bilan yoriqlar ochib yuksizlashtirishda, qatlamni gidroyorishda va boshqa shu kabilarda juda muhimdir.
Baʼzi bir togʼ jinslarining siqilishga mustahkamlik qiymatlari quyidagicha: bazalьtlar uchun - 5000∙105 Pa gacha; zichlamali ohaktoshlar uchun - 2600∙105 Pa gacha; ohaktoshli sementlashgan qumtoshlar uchun - 200÷1000∙105 Pa va slantslar uchun - 1000∙105 Pa gacha.
Togʼ jinslarining siqilishga mustahkamligi juda yuqori boʼlib, deformatsiyaga va boshqa turdagi mustahkamlikga uncha yuqori emas, masalan, togʼ jinslarida choʼzilishga mustahkamlik siqilish mustahkamligining 0,2 qiymatiga teng boʼladi.
Togʼ jinslarining mustahkamligi ularning mexanik parchalanishga qarshilik koʼrsatish qobiliyati boʼlib, jinslar siqilishga katta qiymatda qarshilik koʼrsatadi. Togʼ jinslarining yorilishi, egilishi va siljishi jarayonida mustahkamligi kichik boʼlib, uning siqilishdagi mustahkamligining oʼndan bir yoki yuzdan bir ulushiga teng boʼladi.
Ohaktoshlarning mustahkamligi uning tarkibida loyli zarrachalar miqdorining koʼpayishi bilan pasayib boradi. Shuningdek, qumoqtoshlar mustahkamligi ham ohaktoshli tarkibda loyli zarrachalarning koʼpayishi bilan kamayadi. Ohaktoshlar va qumoqtoshlar suvga toʼyintirilgandan keyin ularning mustahkamligi dastlabki qiymatidan 20-45 % gacha pasayadi.
Togʼ jinslari plastiklik hossasi, yaьni katta bosimda yoriqlar paydo boʼlmaslik xususiyatlari, chuqur quduqlarni burgʼilashda har xil murakkabliklarning paydo boʼlishiga qarshilik koʼrsatish qobiliyatini belgilaydi. Juda katta chuqurlikdagi togʼ jinslari oʼzidan yuqorida joylashgan togʼ jinslari massasi taьsirida boʼlganligi uchun burgʼilashda murakkabliklarga yoki har xil mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Yer qobigʼida burmalarning shakllanishi tekis egilishli qavariqli yoki botiqli egilmalar togʼ jinslarining plastik xossalari natijasida sodir boʼladi.

Togʼ jinslari gʼovakligi va oʼtkazuvchanligi


Togʼ jinslari gʼovakligi deganda ularning hajmi boʼyicha qattiq moddalar bilan toʼlmagan qismlari: gʼovaklar, yoriqlar, kovaklar, har xil boʼshliqlar va shu kabilar tushuniladi. Togʼ jinslarining gʼovakligi unda neft, gaz va qatlam suvlarining oʼzaro aralashish imkoniyatlarini aniqlaydi. Gʼovaklikni tavsiflash uchun gʼovaklik koeffitsentidan foydalaniladi. Togʼ jinslari gʼovaklik koeffitsenti togʼ jinsining umumiy hajmi boʼyicha uning qancha qismini boʼshliq egallaganligini koʼrsatadi. Barcha turdagi gʼovaklar oʼzlarining oʼlchamlariga bogʼliq holda yuqori kapillyar (>508 mkm), kapillyar (508-0,2 mkm) va subkapillyar turlarga boʼlinadi.


Yuqori kapillyar ka-nallarda suv, neft va gaz gravitatsion kuch taʼsi-rida erkin siljiydi. Kapillyar kanallarda esa molekulyar ilashish (ad-geziya) kuchlarining pay-do boʼlishi evaziga suyuq-likning gʼovak muxitdagi harakati qiyinlashadi. Subkapillyar gʼovaklik loyli togʼ jinslari uchun tegishli boʼlib, suv, neft va gazning harakatini cheklaydi. Bunday gʼovak-larda suyuqlik sizilishi (filьtratsiyasi) sodir boʼlmaydi. Mahsuldor qatlamlarda neft va suvning harakatlanishi oʼzaro tutash boʼlgan gʼovak kanallarda oʼlchamlari qiymatlari 0,2 mkm dan katta boʼlgandagina sodir boʼladi.
Gʼovaklilik umumiy, ochiq va samarador turlarga boʼlina-di. Togʼ jinslaridagi barcha turdagi gʼovaklarning yigʼin-disi (boʼshliq, kovak, yoriq-lik va shu kabilar) umumiy (absolyut) yoki nazariy gʼovak-lik deb ataladi. Umumiy gʼovaklik gʼovaklilik koef-fitsenti bilan tavsiflana-di va umumiy gʼovak hajm-ning birlik hajmga nisba-tiga teng. Gʼovaklilik koef-fitsenti sonli yoki foizli qiymatlarda ifodalanishi mumkin. Togʼ jinslarining toʼliq (absolyut) gʼovakligi quyidagi formula orqali ifodalanadi:
bu yerda: - gʼovak muxitning umumiy hajmi;
- togʼ jinsining toʼliq hajmi.
Gʼovaklik koeffitsentini % da quyidagicha ifodalanadi:

Togʼ jinsining umumiy gʼovakligi togʼ jinsini tashkil etuvchi donalar-ning oʼzaro joylashuvi xususiyatlariga va turli xildagi moddalarning mavjudligiga, donalar oraligʼidagi qatlamcha-larning oʼzaro birikib qotish xususiyatlariga bogʼliq. Togʼ jinslarini tashkil etuvchi zarracha-larning shakllari har hil boʼladi. Togʼ jins-lari juda mayda bir xil diametrdagi zarrachalar-dan tashkil topgan boʼlsa, unda togʼ jinslarining umumiy gʼovaklilik haj-mi uni hosil qiluvchi zarrachalarning oʼzaro joylashuv holatlariga bogʼliq boʼladi. Baʼzi hollarda togʼ jinslari zarrachalari oraligʼida yelimlangan qatlamcha-larning mavjudligi gʼo-vaklik oʼlchamlarini kich-raytiradi yoki toʼliq gʼo-vaklikni berkitib qoʼyadi.
Togʼ jinslari asosiy xos-salari yuqori daraja-dagi gʼovaklik kanallari-ning oʼlchamlari (kapil-lyar, subkapillyar va yuqori kapillyar) bilan aniqlanadi. Kapillyar kanallarga diametri 0,002 - 0,5 mm-gacha boʼlgan kanallar, subkapillyar kanallarga diametri 0,002 mm dan kichik, yuqori kapillyarga esa diametri 0,5 mm dan katta boʼlgan kanallar kiradi. Tabiiy sharoit-larda subkapillyar gʼovak-liklarda suyuqliklar-ning harakatlanishi yoʼ-nalishi boʼylab bosim-ning kamayishi sodir boʼlmaydi. Bunday holat-larda gʼovaklik kanal-lari devorlari oraliq-laridagi masofa juda kichik boʼlganligi uchun suyuqlik gʼovaklik devor-larining molekulyar tortish taʼsirida boʼladi va gʼovakliklarda ha-rakatlanmasdan ushlanib turadi. Turli xildagi togʼ jinslari uchun gʼovak-lik koeffitsientlari-ning qiymatlari oʼzga-rish chegaralari 3.1-jadvalda keltiril-gan.

Togʼ jinslaridagi ochiq gʼovakliklarni neft, gaz va suv egallaydi, ularni qurshab turgan gʼovakliklarda boshqa moddalar boʼlishi mumkin. ogʼ jinslarida umumiy gʼovakliklarini neft, gaz yoki suvga toʼldirilgan hajmining togʼ jinsidagi hamma umumiy gʼovaklik hajmiga nisbati toʼyinish koeffitsienti deyiladi.


Toʼyinish koeffitsienti qoldiq togʼ jinslarida gʼovakliklarning tutash hajmini tavsiflaydi. Toʼyinish koeffitsenti qanchalik katta boʼlsa mahsuldor qatlamda shunchalik koʼp neft va gaz joylashgan boʼladi. Gʼo-vakliklardagi neft, gaz va suv bilan toʼyinishi yotish chuqurligining oshishi bilan gʼovaklik kanallarida suyuqlik-larning harakatlanishi gʼovaklik oʼlchamlariga bogʼliq ravishda oʼzgara-di. Gʼovakliklar diamet-ri qanchalik katta boʼlsa neft va suv shunchalik yen-gil kirib boradi. Ular ogʼirlik kuchi taʼsirida gʼovak kanallar boʼylab kattaroq masofaga sil-jishi mumkin. Suyuqlik-larni kichik diametrli gʼovakliklarga kirib bo-rishi uchun (kapillyar gʼovakliklarda) katta bo-sim talab qilinadi. Bun-day hollarda suyuqlik-ning gʼovak kanallar boʼy-lab harakatlanishi juda qiyin kechadi.
Togʼ jinslarida neft, gaz yoki suvning toʼplanishi uchun gʼovakliklarning oʼzaro tutashuvi uning muhim koʼrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Qoldiq togʼ jinslarida gʼovaklik, boʼshliq va yoriqlarning oʼzaro bir-biri bilan tutashuvi qanchalik katta boʼlsa neft, gaz va suv qatlamda shuncha yaxshi siljiydi, yaʼni erkin harakatlana oladi.
Togʼ jinslarida gʼovakliklar bir qismi bir-biri bilan oʼzaro bogʼlanmagan holda ham boʼladi. Bunday hollarda gʼovakliklar bekitilgan gʼovakliklar deyiladi va suyuqliklarning sizilishi imkonini bermaydi yaʼni sizilishga ishlashda qatnashmaydi. Shu bilan birgalikda bunday bekitilgan gʼovakliklar gaz yoki suv bilan toʼldirilgan boʼlishi ham mumkin. Shunga bogʼliq holda gʼovaklik ochiq turdagi gʼovaklikka ajratiladi. Ochiq turdagi gʼovaklik ochiq gʼovakliklarning togʼ jinsi hajmiga nisbati sifatida ifodalanadi.
Baʼzi bir kanallar diametrlari kichikligi tufayli kanallar devorlarining namlanish darajasi kichik boʼladi. Bunday turdagi kanallarda neft va gazning harakatlanishi sodir boʼlmaganligi uchun samarasiz hisoblanadi. Samarali gʼovakliklar hajmining togʼ jinsi birlik hajmiga nisbati samarali gʼovaklik deyiladi (sonli qiymatlarda yoki foizlarda ifodalanadi).

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling