Mustaqil ish mavzu: Burg‘ilаsh tizmаsining tаrkibivа uning vаzifаsi Guruh
Neft va gaz uyumlarining asosiy elementlari
Download 1.28 Mb.
|
chuqur skvajnilarni bqazish texnologiyasi mustaqil ish
Neft va gaz uyumlarining asosiy elementlari
Neft yoki gaz uyumlariga nisbatan aniq geologik atamashunoslik mavjud boʼlib, unga asosan neft va gaz uyumlarining asosiy elementlari nomlari ularning maxmuniga qarab qabul qilingan. Qatlamda joylashgan neft, gaz va suvni ajratib turuvchi sirt neftgaz uyumining tubi yoki suvneft soxasining sirti deb ataladi. Bu sirtning qatlam ustki qismi bilan kesishish chizigʼiga neftlilik tashqi konturi deb ataladi. Neftgaz soxasi sirtining mahsuldor qatlam ustki qismi bilan kesishish chizigʼiga - gazlilikning tashqi konturi deyiladi (3.2-rasm). rasm. Gazlarda uyum gumbazi 1-gazlilik ichki konturi; 2-gazlilikni tashqi konturi; 3-neftlilikni tashqi konturi; 4-neftlilikni ichki konturi. Erkin gazning neft uyumi ustki qismida toʼplanishi gaz doʼppisi deb nomlanadi. Qatlamlarda gaz doʼppisining shakllanishi uchun aniq sharoitlar zarur boʼlib, koʼpinchalik berilgan qatlam haroratida uyumdagi bosim neftning gaz bilan toʼyinish bosimiga teng. Аgar qatlamda bosim, neftning gaz bilan toʼyinishi bosimidan yuqori boʼlsa, bunday holatda gaz doʼppisi shakllanmaydi. Chunki, hamma gaz neftning tarkibida erigan holda boʼladi. Toza gaz uyumi tabiiy rezervuarlarda neft boʼlmaganda shakllanadi. Neftgaz tutqichlari massiv tabiiy rezervuarlarda shakllanganda, neftlilikning va gazlilikning ichki konturi mavjud emas (3.3-rasm). Gazli tutqichlarda, yaʼni massiv tabiiy rezervuarlarda shakllanganda esa, faqat tashqi gazlilik konturlari mavjud boʼladi. Uyumlarning geometrik oʼlchamlari ularning gorizontal (topografik) proektsiyasi boʼyicha aniqlanadi. Uyumning balandligi deb, tiklik boʼyicha uyumning tubidan uning eng yuqori nuqtasigacha boʼlgan masofaga, neft qismining balandligi deb esa, neftgaz uyumining tubidan neftgaz boʼlimigacha boʼlgan masofaga aytiladi. Uyumning uzunligi deb uyumning katta oʼqining neftlilik tashqi konturi bilan kesishishida shakllangan eng ichki nuqtalar oraligʼidagi masofaga aytiladi. Uyumni kengligi deb kichik oʼqning neftlilik konturi bilan kesishishi natijasida shakllangan eng ichki nuqtalar oraligʼiga aytiladi. rasm Massiv gazneft uyumi. 1-gazlilikni tashqi konturi; 2-neftlilikni tashqi konturi Qatlam gumbaz va massiv neftlilik hamda gaz uyumlaridan tashqari ekranlashtirilgan qatlamlar va litologik chegaralangan neft va gaz uyumlariga ega. Аsosiy turi 3 xil boʼlgan tabiiy rezervuarlarga 3 ta guruhdagi: qatlam uyumlari (gumbazli va ekranlashgan); massiv uyumlar va litologik chegaralangan neft va gaz uyumlari mos keladi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling