Mustaqil ish mavzu: Burg‘ilаsh tizmаsining tаrkibivа uning vаzifаsi Guruh
Download 1.28 Mb.
|
chuqur skvajnilarni bqazish texnologiyasi mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Togʼ jinslarining granulometrik tarkibi va solishtirma yuzasi
- Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr.
Neft va gaz konlari
Yer bagʼrida joylashgan tarkibida neft, gaz yoki kondensat boʼlgan uyumlar toʼplami neftli, gazli, gazneftli, gazkondensatli yoki neftgazkondensatli konlarni hosil qiladi. Kon atamasi toʼliq maʼnoda aniq joyni anglatmaydi U neft yoki gaz paydo boʼlgan joy boʼlib, neft va gaz migratsiya jarayonida oʼzining yoʼlida oʼtkazmaydigan tutqichni uchratishidir. Shuning uchun neft koni degan atama qoʼllanilganda neftning toʼplami tushuniladi. Neft va gaz konlari bitta emas, balki bir nechta uyumlarga ega boʼlishi mumkin. Yer bagʼrida 2 ta geologik tuzilma mavjud boʼlganligi uchun unga mos ravishda neft va gaz konlari ikkita guruxga ajratiladi. Birinchi guruxdagi konlarga – geosklinal (gumbazli) soxada shakllangan konlar, ikkinchi guruxdagi konlarga esa, platformali soxalarda shakllangan konlar mansub. Birinchi guruxdagi konlarga Shimoliy Kavkazdagi va Kavkaz togʼlarining Janubiy Sharqiy qismi, Qrim konlari, Sharqiy Karpat, Turkmaniston, Oʼzbekiston, Tojikiston va Saxalin orollaridagi konlar kiradi. Ikkinchi guruxdagi konlarga Volga, Ural regioni hamda Gʼarbiy Sibirdagi konlar kiradi. Togʼ jinslarining granulometrik tarkibi va solishtirma yuzasi Togʼ jinslarini granulometrik tarkibi undagi har xil kattalikdagi donalarni oʼlchamlari boʼyicha tarkibiy miqdoriga qarab belgilanadi. Gʼovaklik, oʼtkazuvchanlik, solishtirma yuza va gʼovaklik muhitining kapillyar xossalari togʼ jinslarining granulometrik tarkibiga bogʼliq. Аgar togʼ jinslari donalarining oʼlchamlari boʼyicha yaxlit holda joylashmagan boʼlsa, ular kichik gʼovaklik va oʼtkazuvchanlik koeffitsientiga ega boʼladi. Shuning uchun granulometrik tarkib gʼovaklik muhitining neft bilan tutashuvi umumiy yuzasini belgilaydi. Uyumlardan neft olish tugagandan keyin qatlam gʼovakliklarida neftning yupqa parda koʼrinishida qolib ketishi miqdori togʼ jinslarining granulometrik tarkibiga bogʼliq. Togʼ jinslarini granulometrik tarkibi elash va sedimentatsiya tahlili usullarida aniqlanadi. Elash usulida teshiklari oʼlchamlari 0,053 mm dan 3,36 mm gacha boʼlgan simli yoki ipli toʼrlarning jamlamasidan foydalaniladi. Elaklar biridan ikkinchisiga joylashtirilib, yuqoriga teshigi katta boʼlgan elak oʼrnatiladi. Yuqoridagi elakka 50 gr sochiluvchan togʼ jinsi toʼqiladi va 15 daqiqa davomida elakdan oʼtkaziladi. Undan keyin har bir elakda qolgan qoldiq togʼ jinslari tortiladi va natijalar jadvalda yoziladi. Togʼ jinslarini zarrachalarining oʼlchami katta oraliq chegaralarda oʼzgaradi. Togʼ jinslari donalarining oʼlchamlari boʼyicha quyidagi mexanik fraktsiyalarga ajratiladi: - galьka (mayda tosh) va щebenь (chakki tosh ) – 1 sm dan katta; - graviy – 1sm dan 2 sm gacha; - dagʼal qumlar - 2-mm dan 1 mm gacha; - yirik qumlar - 1mm dan 0,5 mm gacha; - oʼrtacha qumlar - 0,5 mm dan 0,25 mm gacha; - mayda qumlar - 0,25 mm dan 0,1 mm gacha; - yirik asfalьt - 0,1 mm dan 0,05 mm gacha; - mayda asfalьt - 0,05 mm dan 0,01 mm gacha; - loysimon zarralar - 0,01 mm dan kichik. Аmaldagi tadqiqotlar maʼlumotlariga koʼra, neft tarkibli togʼ jinslarining granulometrik tarkib 1 mm dan 0,01 mm gacha oʼlchamdagi zarrachalardan tuzilgan. Togʼ jinslari mexanik tarkibi boʼyicha turli xilligi gʼovak muhitning har xillik koeffitsienti bilan tavsiflanadi. Gʼovak muhitning bir jinsli boʼlmagan koeffitsienti deganda zarrachalar fraktsiyasidagi diametri qumning ogʼirligi boʼyicha zarralar fraktsiyasining diametri 60 %ni tashkil etuvchilarining hamda qumlarda ogʼirligi boʼyicha juda mayda zarralar fraktsiyasining 10 % ini tashkil etuvchilarining nisbati tushuniladi. Togʼ jinsi qum fraktsiyasida har xil oʼlchamli donalar qancha koʼp boʼlsa, bir jinslimaslik koeffitsienti shuncha yuqori boʼladi. Neft va gaz konlari togʼ jinslarining yotkiziqlarida togʼ jinsi donasining bir jinslimaslik koeffitsienti 1,1-20,0 oraliq chegarada oʼzgaradi. Togʼ jinslarining solishtirma yuzasi – togʼ jinsini tashkil yutuvchi zarrachalarning umumiy yuzasi boʼlib, birlik hajmidagi namuna yuzasigaga toʼgʼri keladigan kattalikdir. Uncha katta boʼlmagan oʼlchamdagi togʼ jinslari zarrachalarining yuqori zichlikda joylashuvida gʼovak muhitning umumiy sirt yuzasi katta oʼlchamni tashkil etadi. Masalan, toʼgʼri sferik shakldagi oʼlchamlari 0,2 mm boʼlgan zarrachalar donalarining 1 m3 dagi bir xil jinsli tarkibi solishtirma yuzasi 20276 m2 ni tashkil etadi. Neft mavjud boʼlgan togʼ jinsining oʼtkazuvchanligi, qoldiq suvlarning tarkibi, adsorbtsiya qobiliyati va boshqalar solishtirma sirt kattaligiga bogʼliq. Аgar gʼovak muhit katta solishtirma sirtga ega boʼlsa, suyuqlik sirti molekulalari soni ortadi va hajmiy molekulalar soni bilan tenglashadi. Shuning uchun gʼovak muhit oʼtkazuvchan togʼ jinslariga nisbatan suyuqlik sizilishi jarayoniga amaliy jixatdan taʼsir qiladi. Neft tarkibli togʼ jinslarining sizilish sirti solishtirma maydoni quyidagi formula yordamida aniqlaniladi: (3.5) bu yerda: - togʼ jinsining solishtirma yuzasi, m2/m3 ; m- gʼovaklik, birlik sonda; K- oʼtkazuvchanlik, m2. Neft konlaridagi togʼ jinslarining solishtirma yuzasi katta oraliqlarda- 40000 – 230000 m2/m3 oʼzgaradi, sirt yuzasi bu qiymatlardan katta boʼlgan togʼ jinslari kam oʼtkazuvchanlik xususiyatiga ega. Kam oʼtkazuvchan togʼ jinslariga loylar, loyli qumtoshlar, loyli slantslar va shunga oʼxshash jinslar kiradi. Togʼ jinslarida neft, gaz va suvning joylashish shartlari Maxsuldor qatlamdagi togʼ jinslari tarkibi, bosim va haroratning oʼzaro nisbatlari kabi omillarga bogʼliq ravishda neft, gaz va suv turli agregat xolatlarda: suyuq, gazsimon va neftgaz aralashmalari koʼrinishlarida boʼladi. Neft, gaz va suv uyumda zichliklarining kattaligi boʼyicha aniq ketma-ketlikda joylashgan boʼlib, uyumning yuqori qismida gaz uning tagida neft va neftning pastki qismida suv boʼladi. Uyumda neft va gaz katta miqdorda toʼplangandan keyin gaz xolatidagi moddalar uyumning yuqori qismida gaz doʼppisi shaklida kontsentratsiyalanadi. Аgar neft uyumida gazning miqdori neftning miqdoriga nisbatan kichik boʼlsa qatlamdagi yuqori bosim taьsiridagi gazlar neftda erigan holatda boʼladi. Bunday holatda qatlamdagi neft bir fazali – chuyuq fazada boʼladi. Uyumlar neftli, gazli, gazneftli, gaz kondensatli va neftgazkondensatli turlarga boʼlinadi. Uyumning neftli va gazli qismlarida neft va gazdan tashqari kapillyar bosim kuchlari taьsirida gʼovakliklar va yoriqlarning devorlarida pardali qatlam shaklida suv ushlanib turadi. Kimyoviy tarkibi boʼyicha bu suv ham qatlam tubi yoki chetki suvlar kabidir. Qatlamda neft va gazli uyumlarning shakllanish jarayonida yupqa parda koʼrinishida gʼovakliklar va yoriqlarning sirtida saqlanib qolgan bunday pardali suvlarga «bogʼlangan yoki qoldiq suvlar» deyiladi. Bogʼlangan suvlar juda katta bosim jarayonida ham uyumda qoʼzgʼalmasdan qoladi. Neft konlarida bogʼlangan suvlar qatlam gʼovaklari va yoriqlari hajmining 10% dan 30% gacha qismini egallaydi. Bogʼlangan suvlarning yupqa pardalari qalinligi togʼ jinslari kollektorlarining oʼtkazuvchanligiga va suvning menerallashganlik darajalariga bogʼliq boʼladi. Loyli qalinliklarning oshishi bilan parda qalinligi oshadi, suvning minerallashuvi oshishi bilan esa bogʼlangan suvning pardasi qalinligi kamayadi. Bogʼlangan suvlarning miqdoriy jixatdan har xil boʼlishi uyumdagi neft va gaz zahirasini aniqlash va hisoblash uchun muhim koʼrsatkich hisoblanadi. Аgarda neft qatlamlarida katta miqdordagi bogʼlangan suvlar mavjud boʼlsa, qatlamning neft oʼtkazuvchanlik qobiliyati kamayadi va quduq kam debit bilan ishlaydi. Quduqlarni burgʼilab mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida qatlam suvlarining tavsiflariga bogʼliq ravishda turli xildagi loyli eritmalar tayyorlanadi. Neft va gaz kollektorlarining har xil gʼovakligi va oʼtkazuvchanligi hamda suvning gʼovakliklardan kapillyar koʼtarilishi sababli, mahsuldor qatlamdagi neftlilik va gazlilik soxalari oraligʼidagi boʼlinma aniq chegaralanmagan. Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr. 1. Абдурахманов Г.С. Бурение нефтяных и газовых скважин. – М.: Недра, 1969. 2. Алексеевский Г.В. Буровые установки Уралмашзавода. М.: Недра, 1981. Булатов А.И., Пенков А.И., Проселков Ю.С. Справочник по промывке скважин. М.: Недра, 1984. 3Буровое оборудование: Справочник. Т.1. – М.: Недра, 2000. 4.Вадецкий Ю.В. Бурение нефтяных и газовых скважин. М.: Академия, 2003. 5. Иброхимов З.С., Акромов Б.Ш. Нефт ва газ сохаларининг русча-узбекча атамалар руйхати. Тошкент.: Нур, 1992. 6. Элияшевский И.В., Сторонский М.Н. Типовые задачи и расчеты в бурении.М.: Недра, 1982. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling