Mustaqil ish mavzu: Burg‘ilаsh tizmаsining tаrkibivа uning vаzifаsi Guruh
Togʼ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari
Download 1.28 Mb.
|
chuqur skvajnilarni bqazish texnologiyasi mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Togʼ jinslari gʼovakligi va oʼtkazuvchanligi Neft va gaz uyumlarining asosiy elementlari Neft va gaz konlari
- Jinslarning texnologik xarakteristikasi (tavsifi) va tog‘ jinslarining tasnifi
Togʼ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari
Reja: Jinslarning texnologik xarakteristikasi (tavsifi) va tog‘ jinslarining tasnifi Togʼ jinslari va ularning fizikaviy-mexanikaviy xossalari Togʼ jinslari gʼovakligi va oʼtkazuvchanligi Neft va gaz uyumlarining asosiy elementlari Neft va gaz konlari Togʼ jinslarining granulometrik tarkibi va solishtirma yuzasi Togʼ jinslarida neft, gaz va suvning joylashish shartlari Jinslarning texnologik xarakteristikasi (tavsifi) va tog‘ jinslarining tasnifi Konda burg‘ilash-portlatish ishlari samaradorligiga kon jinslari ning texnikaviy xususiyatlari xarakteristikasi ta’sir etadi. Bular tog‘ jinslarining mahkamligi, abrazivliligi, burg‘ilanuvchanligi, portlatuv chanligi, maydalanuvchanligi, darzliligi, parchalanuvchanligi va bosh qalardir. Tog‘ jinslarining tasnifi birinchi marta 1836-yili tuzilgan bo‘lib, uning asosida hajm birligidagi jinsni massivdan ajratib olishga sarflanadigan porox, yondiruvchi sham va ishchi kuchi sarflanishi yotadi. Shundan so‘ng boshqa mualliflar tomonidan ham tog‘ jinslarining yangi tasniflari ishlab chiqilgan. Konchilik ishlarida keng qo‘llaniladigan tasnif tog‘ jinslarini proffessor M. M. Protodyakonov tomonidan 1910-yili ishlab chiqilgan parchalashga oid tasnif hisoblanadi. Tog‘ jinslarining mahkamligini baholashda professor M. M. Protodyakonov shkalasiga muvofiq koeffitsiyent f namunani bir o‘qli siqilishga (σsm ) ko‘rsatadigan vaqtli qarshiligining yuzdan bir bo‘lagi bilan aniqlanadi. Yumshoq va mahkam tog‘ jinslari uchun mahkamlik koeffitsiyenti birligini baholashda bir xil bo‘lmasligi maqsadga muvofiq keladi. Yumshoq jinslar birlik bahosi 100 kg/sm2 dan kichik bo‘lishi, mahkam jinslar uchun kattaroq bo‘lishligi asoslanadi. Jinslarni burg‘ilashga sarflanadigan asosiy vaqtni quyidagi sharoitda aniqlash mumkin. Burg‘ilash uchun perforatorga beriladigan siqilgan havo bosimi 5 kgs/sm2, burg‘ilovchi koronkaning diametri 42 mm, shpurning yo‘nalishi gorizontal, burg‘ilash ishi pnevmatik ko‘targich yordamida amalga oshiriladi. Burg‘ilanish uchun etalon sifatida ПР-30К va ПР-22 perforatorlari qabul qilingan. Burg‘ilash vaqtida suv bilan yuvilgan shpurning me’yoriy chuqurligi 1,5 m deb belgilangan. Shunday qilib, konchilik sanoati tarmoqlarida burg‘ilashga sarflanadigan yagona me’yorlash vaqti ishlab chiqilgan. Tog‘ jinslarining portlatuvchanligi – portlatilganda jinslarning parchalanib, maydalanishga ko‘rsatadigan qarshilik darajasi, bu ko‘rsatkich etalon portlovchi modda ammonit 6 ЖВ ni portlatib sinash yo‘li bilan aniqlanadi. Tog‘ jinslarining maydalanuvchanligi – ma’lum tog‘ jinsi - ning dinamik kuch ta’sirida zarbalab maydalanishga ko‘rsatadigan 10 qarshiligi. Bu ko‘rsatkich ham burg‘ilash-portlatish materiallarini tanlashda e’tiborga olinadigan ko‘rsatkichlardan birdir. Tog‘ jinslarning darzliligi – jinslarning massivdagi darzliligining o‘lchamlari ularning chastotasi, joylashishi, yo‘nalishining o‘lchamlari bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich o‘lchamlarning shpurlarni kavjoyda joylashtirishda va portlovchi moddaning solishtirma o‘lchamini tanlashda hisobga olinadigan ko‘rsatkichdir. G‘ovaklik (serkovakli, g‘alvirakli). Tog‘ jinslari bo‘shliqlar ning mavjudligi bilan ham xarakterlanadi. Jinsdagi bo‘shliqlar hajmini jins massasini hajmiga nisbati g‘ovaklik darajasi deyiladi. Jinslarda g‘ovaklik o‘lchami qancha yuqori bo‘lsa, suv singdiruvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bunday jinslarda kon lahimi o‘tkazilganda lahimda suv ko‘p bo‘lishini kutish kerak. Solishtirma og‘irlik – bu zich jins hajm birligining og‘irligiga (g‘ovakliklar hajmini chiqarib tashlaganda) aytiladi. Hajm og‘irligi – jinslarning massivdagi to‘liq hajm birligining og‘irligiga aytiladi. Solishtirma og‘irlik jinslarning g‘ovakligi, darzliligi sababli hamma vaqt hajm og‘irligidan katta bo‘ladi. Kon jinslarining mahkamligi va turg‘unligi Kon jinslarining mahkamligi va turg‘unligi ularni burg‘ilash, portlatish, qo‘porish va kondagi foydali qazilma boyliklarni qazib olish tizimini tanlashda asosiy omillardan hisoblanadi. Kon jinslarining mahkamligi deganda, ularning burg‘ilashda parchalab ushatish jarayoniga ko‘rsatadigan qarshiligi tushuniladi. Kon jinslarining bu xususiyati ularni qazib olishda sarflanadigan kuch va materiallar me’yoriy miqdorining o‘zgarishiga va mehnat unum dorligining o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi. Kon jinslarining bunday xususiyatlarini birinchi bo‘lib ilmiy asosda professor M. M. Protodyakonov o‘rganib va amaliy sinovlar bilan tasdiqlab, konlarni qazib olish jarayonida kon jinslarining ko‘rsatadigan qarshilik nazariyasini yaratgan. Foydali qazilma konlarini qidirib topish va ularni qazib olishning barcha jarayonlarida qarshilik nazariyasi asosiy nazariyalardan biri sifatida qaraladi. M. M. Protodyakonov bu nazariya asosida tog‘-kon jinslarining mahkamlik tasnifini tuzgan. Unga ko‘ra tog‘ jinslari 10 toifaga bo‘lingan va mahkamlik koeffitsiyentlari aniqlangan. Koeffitsiyentlar 1 dan 20 gacha belgilangan (1-jadval). Ko‘p yillik amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, M. M. Protodyakonovning mahkamlik koeffitsiyenti hisoblash formulalarida kiritilgan mahkamlik koeffitsiyenti amaliy ish uchun yetarli aniqlikdagi natijalar beradi. Eng mahkam jinslarni mahkamlik koeffitsiyenti 20 ga teng, ya’ni boshqa yuqori balli koeffitsiyent kiritishga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Konchilik korxonalarida shpurlar burg‘ilashda ish unumdorligi me’yorini hisoblash uchun jinslarining 20 kategoriyaga ajratilgan yagona tasnifidan foydalaniladi. M. M. Protodyakonovning jinslarni kategoriyaga bo‘lish tasnifi bilan ish unumdorligining yagona me’yoriy hisobini solishtirish tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan (2-jadval). Jinslarni bunday kategoriyalarga bo‘lish shpurlarni standartda belgilangan sharoitda burg‘ilashga ketadigan sof vaqtini aniqlashda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling