Mustaqil ish Mavzu: Ichki yonuv dvigatellari
IYoD yonish mahsulotlarini
Download 393,62 Kb.
|
Mustaqil ish Mavzu Ichki yonuv dvigatellari. Tayyorladi qxm 20
IYoD yonish mahsulotlarini
Atrof – muhitga ta‘siri Ma‘lumki, energetik, issiqlik mashinalari, shular qatorida IYoD lari ham atmosferaga turli xil zaharli gazlarni chiqarib tashlaydi. Bu gazlar ona tabiat va odam organizmi va uning salomatligi uchun havfli hisoblanadi. Chiqarib tashlanadigan gazlar atrof – muhitni ifloslantirib, tabiatdagi ekologik muvozanatni ma‘lum darajada buzadi va aholi uchun noqulay sharoitni yuzaga keltiradi. Atmosfera va atrof – muhitning zaharlanish va ifloslanish muammosi sanoati rivojlangan mamlakatlarda 1960 – yillardan e‘tiboran ancha dolzarb masalaga aylangan edi. Shu yillardan boshlab AQSH va G’arbiy Yevropada atmosferaga chiqarib tashlanadigan zaharli moddalarning chekli normativlari joriy etildi. Ularda xususan, avtomobil yoki IYoD lar chiqarib tashlaydigan zaharli moddalar miqdorini tegishli usullarda albatta tekshirish ko’zda tutilgan. Bizning mamlakatda ham bu borada tegishli hujjatlar qabul qilingan va u davlat nazoratida hisoblanadi. Ichki yonuv dvigatellari tsilindrida yonilg’i bilan havo aralashmasining yonish natijasida to’la yonish mahsulotlari bilan bir qatorda kam miqdorda bo’lsa ham, chala yonish mahsulotlari CO, NOx hamda yonilg’ining parchalanish mahsulotlari (SxHy, C, SO2, H 2S, aldegidlar va 3,4 – benzpiren) hosil bo’ladi. Bu gazlar kishi sog’lig’i uchun, ya‘ni tirik organizm uchun juda zararli hisoblanadi. Ishlatilgan gazlar tarkibidagi zaharli gaz komponentlarining miqdori kimyoviy usul bilan tekshirib aniqlanadi. Yonish mahsulotlarining zaharli komponentlariga is gazi – SO; azot oksidi – NOx; yakka uglevodorodlar - SxHy (benzpiren) va boshqalar kiradi. Is gazi yonilg’ining chala yonish natijasida hosil bo’ladi, ya‘ni dvigatel asosan kichik nagruzkalarda ishlaganda ajralib chiqadi va miqdori bo’yicha yonish mahsulotlarining 10 – 12%ini tashkil qilishi mumkin. Ayniqsa, avtomobil joyidan qo’zgalayotganda is gazi ko’p ajralib chiqadi. Dizellarda is gazining miqdori nisbatan kam (0,5%) bo’ladi. Bu jihatdan dizel karbyuratorli dvigatellarga qaraganda katta afzalliklarga ega. Azot oksidlari kam miqdorda bo’lib, (0,8 mg/l), asosan ( ning katta qiymatlarida paydo bo’ladi. Bu holda yonish mahsulotlari tarkibida SO2 ning miqdori 250 mg/l gacha bo’lishi mumkin. H 2S esa juda oz miqdorda bo’ladi.
Download 393,62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling