Mustaqil ish mavzu: Kredit mexanizmi va uning elementlari
Download 43.07 Kb.
|
O2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prof. V.I.Ribin
YU.P.Avdiyans kredit mexanizmini kredit tizimining tarkibiy qismi sifatida talqin etib, uningcha kredit tizimi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 1) kredit munosabatlarining sferasi; 2) kredit mexanizmini (kredit tizimi ob’ekti va sub’ektining o‘zaro ta’sir etish vositasi va bank tomonidan kredit munosabatlari sferasining boshqarilishi); 3) iqtisodiy rivojlanishning manbalari. Bundan tashqari u kredit mexanizmi texnik emas, iqtisodiy tushuncha ekanligini ta’kidlaydi. Kredit mexanizmi o‘zida kreditning barcha tomonini va uning konuniyligini, kishilarning konkret faoliyatini umumlashgan ifodasini aks ettirishini aytgan. Uningcha kredit tizimi uning boshqa qismlariga: kredit munosabatlari, kredit munosabatlari elementlari, (kredit uchun foiz, kredit muddati va ob’ekti, kredit munosabatlaridagi tomonlarning iqtisodiy qiziqishlari) xalq xo‘jaligida kredit munosabatlarini yuzaga keltiruvchi banklarga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Uning fikricha, kredit mexanizmi tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-kredit tizimi rivoji, amal qilish shartlari va prinsiplari; -kredit tizimining pul muomalasi, xalq xo‘jaligining naqd pulsiz xisobkitoblari va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari bilan o‘zaro aloqasi. Prof. V.I.Ribinning fikricha, kredit mexanizmi kredit xarakterli xususiyatlari va uning mazmunini ochib beruvchi munosabatlarning o‘zidan iborat hamda ular namoyon bo‘lishining shakli va usullaridir. «Islohotlar sharoitida kredit va xisob-kitoblar» ishida V.I.Ribin kredit mexanizmi tushunchasini kiritibgina qolmay, uni o‘ziga xosligini qayd etib o‘tadi. Bank apparati faqatgina kredit mexanizmiga ega bo‘lganligi sababligigina korxonalar xo‘jalik moliyaviy faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kredit mexanizmining mazmuni prof. S.B.SHteynleyger tomonidan kengroq ma’noda talqin qilingan. U kredit mexanizmining tarkibiga kiruvchilarni uch guruhga bo‘ladi: 1) banklar; 2) kredit sferasining alohida va xususiy qonunlarini saqlashga qaratilgan elementlar; 3) shu qonunlarning mazmunini hayotga tatbiq etishning shakl va usullari. Download 43.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling