Mustaqil ish mavzu: Kredit mexanizmi va uning elementlari
Download 43.07 Kb.
|
O2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit mexanizmining tarkibiy elementlari va ularning ketma-ketligi. Kredit mexanizmining mazmunini o‘rganishda uning tarkibiy elementlari
N.I.Valenseva va I.D.Mamanova bank kreditidan foydalanish samaradorligini tadqiq qila turib, kreditlash mexanizmini: «Kredit berish va so‘ndirishni rejalashtirish, uning maqsadli yo‘nalishi ustidan nazorat bilan bog‘liq qarorlar majmuasi» sifatida izohlaydi.
Kredit mexanizmi jarayonini ko‘rib chiqa turib, mualliflar aylanma mablag‘lar tashkil etilishi va kreditlash mexanizmining o‘zaro bog‘liqligini qayd etadilar. Boshqacha aytganda, ular kreditlash mexanizmini korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari bilan aloqasini qayd etishadi. «Kredit mexanizmi» va «kreditlash mexanizmi» tushunchasini chegaralash R.G.Olxovada ko‘rinadi. U xisoblaydiki, «kredit mexanizmining bir elementi hisoblangan kreditlash mexanizmi o‘zida quyidagi bo‘g‘inlardan tuzilgan tizimni ifodalaydi: o‘z va qarz, aylanma mablag‘larni chegaralash prinsplari, kreditlash metodlari, ssuda schyoti ko‘rinishlari, kreditlash ob’eklari, kreditning rejali boshqarish metodlari, kreditdan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish metod va turlari”. Kredit mexanizmining tarkibiy elementlari va ularning ketma-ketligi. Kredit mexanizmining mazmunini o‘rganishda uning tarkibiy elementlari muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu tarkibiy qismlar va elementlar ayrim hollarda umumlashtirilgan, ayrim hollarda esa maxsus tarzda berilgan. Qay tarzda berilishidan qat’iy nazar, kredit mexanizmi bozor mexanizmining tarkibiy qismi sifatida o‘z ichiga kreditlashtirish tamoyillarini, kreditlashtirish shart-sharoitlarini va bank tizimini qamrab olishi ta’kidlanadi. Kredit mexanizmining tarkibiy qismlari to‘g‘risida gapirib, birinchi o‘ringa kreditlash tamoyillarini qo‘ydik. CHunki ular kreditning mazmunini aks ettirib, vaqtinchalik foydalanishga berilayotgan mablag‘larni belgilangan muddatda va to‘liq ravishda qaytib kelishini bu mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Kredit munosabatlarida kreditlash tamoyillari kredit nazariyasi va kredit muassasalarining faoliyati rivojlanib borgan sari takomillashib va o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarishlar ko‘p jihatidan kredit munosabatlarining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Kredit muassasalari kredit munosabatlari mazmunini chuqur o‘rgangan holda kreditning mohiyatini aks ettiruvchi yangi tamoyillar vujudga keltirishi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va shunga mos ravishda, kredit munosabatlari sub’ektlarining iqtisodiy mustaqillik doirasini kengaytirilishi ayrim kreditlashtirish tamoyillari mazmunini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Kreditlash tamoyillarining kredit mazmuni bilan aloqadorligi ularning yana bir o‘ziga xos xususiyatini vujudga keltiradi. Bizga ma’lumki, kreditning mazmuni uning umumiy va maxsus xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi. Agar umumiy xususiyatlari uni boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro bog‘liqligini aks ettirsa, maxsus xususiyatlari esa kreditni iqtisodiy munosabatlar majmuasidan ajratib turadi. Kreditlashning maxsus ya’ni konkret tamoyillari bilan tanishamiz. Kreditlashtirish maxsus tamoyillarining mazmuni kreditning ichki mohiyatidan kelib chiqib, mamlakat ssuda fondini normal harakatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu tamoyillar ichida kreditning maqsadliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda kreditning maqsadliligi deyilganda, ssuda fondi mablag‘larini korxona va tashkilotlarning xo‘jalik yuritish maqsadlaridan kelib chiqadigan xarajatlarga yo‘naltirish tushuniladi. Bu tamoyilning mohiyati kredit munosabatlari maqsadidan kelib chiqqan holda, jamiyatning asosiy iqtisodiy qonuni va vaqtni tejash umumiy qonunining talablari bilan belgilanadi. Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. YA’ni ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular: Qaytarib berish; - Muddatlilik; - Ta’minlanganlik; - Maqsadlilik; To‘lovlilik. Kreditning qaytarib berish tamoyili. Bu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligining shartidir. qaytarib berishlik kreditning muhim belgisi hisoblanadi. qaytarib berishlik o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi; u moddiy jarayonlarga, qiymatning aylanishini tugashiga asoslanadi. qarzga beriladigan qiymat faqat muayyan bir muddatgina o‘z egasi qo‘lidan uzoqlashadi, lekin egasini o‘zgartirmaydi. qaytarib berishlik muayyan shartnomada o‘zining o‘rnini topadi. Kreditdan samarali foydalanishi asosida qaytarib berishlik – butun bank faoliyatining markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi. Kreditning bu tamoyili o‘z amaliyot aksini kredit va undan foydalanganlik uchun % summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko‘chirish yo‘li bilan to‘lanadi. SHu yo‘l bilan banklar kredit resurslarining qayta tiklanishini ta’minlaydilar. Bizning amaliyotimizda markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida kreditlashning “qaytarilmaydigan ssuda degan” norasmiy tushunchasi bor edi. Kreditlashning bu shakli xalq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlarida ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida keng tarqalgan edi. £zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra qaytarilmaydigan ssudalar byudjet subsidiyasining qo‘shimcha shakli sifatidi namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharitida “qaytarilmas kredit” tushunchasi bozor iqtisodi tamoyillariga yod bo‘lib, bunday kreditning amaliyotda bo‘lishi iqtisod uchun juda xavfli hisoblanadi. Kreditning muddatligi – bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarib berish muddatini, ya’ni kreditning qanday muddatga berilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda shu muddatlilik tamoyiliga ko‘ra kredit uzoq va qisqa muddatli kreditlarga bo‘linadi. Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo‘lgan har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida ko‘rsatilgan ma’lum muddatda kreditning qaytarilishi zarurligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala tomon uchun muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan o‘z vaqtida qaytarib olsa, uni egasiga o‘z vaqtida qaytarish yoki yana uni kreditga berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. qarz oluvchi kreditni samarali ishlatib, uni o‘z vaqtida kreditorga qaytarsa unga shartnomada belgilangan jazo choralari ko‘rilmaydi. Kreditning muddati bo‘yicha kredit shartnomada ko‘rsatilgan shartlarning buzilishi narijasida qarz beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralarni qo‘llashi mumkin. Bu choralar ham yordam berilgan hollarda kredit beruvchi moliyaviy talablarni xo‘jalik sudi orqali undirib olishi mumkin. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarning tejamli qayta ishlatish muddatiga, ishlab chiqargan mahsulotini jo‘natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma fondlarning doiraviy aylanishining tezligiga bog‘liqdir. Kreditning ta’minlanganlik tamoyili – bu tamoyil yordamida xalq xo‘jaligining rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish o‘rtasida bo‘lishi zarur bo‘lgan proporsiyalarining bir me’yorda bo‘lishi rag‘batlantiriladi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo‘jalik oborotida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining har bir so‘miga muayyan moddiy boyliklarning bir sqmi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan xalq xo‘jaligi tarmoqlariga berilgan kreditlar to‘liq tovar moddiy boyliklari va ma’lum xarajatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu o‘z navbatida bankning likvidliligiga va upl muomilasga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy boyliklar va xarajatlar bilan ta’minlangan bo‘lishiga muhim e’tibor berilmoqda. Hozirgi sharoitda bu jarayonning amalga oshirilishini quyidagicha ifodalash mumkin. Kredit olayotgan korxona bankka tovar yoki tovar hujjatlarini, boshqa biror shakldagi mulkini garovga qo‘yadi. Agarda bank bergan kredit qarz oluvchi tomonidan o‘z vaqtida bankka qaytarilmasa bank tovarni sotish hisobidan qarz o‘rnini qoplash huquqiga ega bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, kreditning ta’minlanganlik tamoyili qarz oluvchi o‘ziga olgan majburiyatlarni buzish sharoitida qarz beruvchining muldorlik manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi va o‘zining amaliy aksini kreditni biror garov asosida yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. To‘lovlilik tamoyili – bu tamoyil aylanma fondlarning doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoning ta’minlovchi to‘lov resurslari summasini avanslashtirilgan zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag‘lari uchun kreditlarga foiz shaklida to‘lovni o‘tkazadilar. Kreditning to‘lovliligi uni to‘liq summada o‘z egasiga qaytarishigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to‘lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Download 43.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling