Mustaqil ish Mavzu: Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi
Download 146.34 Kb.
|
Zamonaviy iqtisod Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjetining bajarilish darajasi
- 1. Aholi sonining o’sishi.
- 3. Atrof-muhitning ifloslanishi.
- 4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.
- 5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o’sishi.
Manba: O’zR Moliya vazirligi. Mahalliy byudjet hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) byudjetlaridan iborat bo’lib, bunday bo’linish mavjud moliyaviy resurslarni nisbatan to’laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Hokimiyat quyi organlari byudjetining daromadlari o’z hududidagi korxonalar daromadi, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi. Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo’lishini taqozo qiladi. Lekin ko’pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro’y beradi. Bu holning sabablari ko’p bo’lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o’sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o’rin tutadi. Byudjet taqchilligining o’sishi yoki kamayishi mutloq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon bo’ladi. Davlat byudjetining bajarilish darajasi (YaIMga nisbatan %da)
Manba: O’zR Moliya vazirligi va VMning yil yakunlari materiallari. Byudjet taqchilligining o’zgarishi xo’jalik kon’yunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag’lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo’ladi. O’rnatilgan xalqaro standartlarga ko’ra byudjet taqchilligi YaIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Byudjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog’ozlarini sotish, nobyudjet fondlari (sug’urta fondi, ishsizlik bo’yicha sug’urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko’rinishidagi davlatning ichki va tashki qarzlari hisobiga qoplanadi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko’rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi tushuniladi. Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qiladi. Davlat o’z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Shuningdek, davlat o’z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo’lib soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo’lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq - bu davlatning o’z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo’lgan moliyaviy mablag’larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan byudjetga majburiy to’lovlarni undirish shaklidir. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi: - davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi); - ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi); - iqtisodiyotni tartibga solish vazifasi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo’lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o’sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi. 1. Aholi sonining o’sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o’zgarmay qolgan taqdirda ham, aholining o’sgan qismini ijtimoiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash qo’shimcha mablag’larni zarur qilib qo’yadi. 2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush darajasining o’sishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi. 3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o’sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko’p miqdordagi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo’shimcha xarajatlarning o’sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muhit muammosini hal qilishda asosiy vazifa davlat zimmasiga tushadi. 4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan ijtimoiy sug’urtani rivojlantirish, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot, bepul tibbiy yordam, davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kiradi. 5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o’sishi. Hozirgi davrda mamlakatimizdagi davlatning soliq siyosatini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi. Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to’lovlari soliq undirishning ob’ektlari, soliq to’lash tartibi, soliq to’lash bo’yicha imtiyozlar, soliq to’lash bilan bog’liq ravishda kelib chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonunlari va Soliq kodeksi bilan aniqlanadi. Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi: - barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog’liq bo’lmagan holda soliq undirishning majburiyligi; - soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati; - samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo’jalik yuritishning ilg’or shakllari uchun soliq me’yorlarining rag’batlantiruvchi rolini ta’minlash; - soliq to’lovi bo’yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat. Download 146.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling