Mustaqil ish Mavzu: Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi
Download 146.34 Kb.
|
Zamonaviy iqtisod Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari
Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag’lariga bo’lgan talab va pul taklifining o’zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi – bu bozorda pul sifatida muomalada bo’lgan turli-tuman moliyaviy mablag’lar, ya’ni pul agregatlari yig’indisi hisoblanadi. Mamlakatdagi pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi. Pulga talab ikki qismdan iborat bo’lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pulga bo’lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur bo’lgan pulga talab. Ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pulga bo’lgan talab aholining kundalik shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi to’lash, material, yoqilg’i va shu kabilarni sotib olish uchun kerak bo’lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori biz yuqorida ko’rsatgan formula bilan aniqlanadi. Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun ko’proq pul talab qilinadi: narxlar o’sganda va ishlab chiqarish hajmi ko’payganda. Kishilar o’zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turish mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, ya’ni investitsiyalar uchun pulga talab ham mavjud bo’ladi. Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Foiz stavkasi past bo’lsa, kishilar ko’proq miqdoridagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko’radi. Aksincha, foiz yuqori bo’lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko’payadi. 4. Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri bo’lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan holat hisoblanadi. «Inflyatsiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo’llanilib, muomalada qog’oz pullarning haddan ortiq ko’payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama ХХ asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi. Download 146.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling